-BOB. Tarmoqlararo ekran va ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimlari




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

33-BOB. Tarmoqlararo ekran va ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimlari 
 
33.1. Tarmoqlararo ekran 
Tarmoqlararo ekran – bu bir paketlarni o‘tkazish va boshqalarini to‘sish 
bilan tashkilotning ichki tarmog‘ini katta internetdan ximoya qiladigan dasturiy va 
apparatlar birlashmasi hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran hisoblash tarmog‘i 
ma’muriga tashqaridan amalga oshiriladigan korporativ tarmoq resurslariga 
ulanishni nazorat qilishga, shuningdek bu resurslarga bog‘liq bo‘lgan kirish va 
chiqish trafigini rostlash bilan tarmoqning resurslarini boshqarishga imkon beradi. 
Amaldagi tarmoqlararo ekran uchta amaliy masalalarni hal qiladi: 
• Tarmoqlararo ekran orqali korporativ tarmoqqa tashqaridan keladigan, 
shuningdek teskari yo‘nalishda chiqadigan butun trafik o‘tadi
. 33.1-rasmda 
ma’murlashtiriladigan tarmoq va internet chegarasida joylashgan tarmoqlararo 
ekran tasvirlangan. Katta tashkilotlarda bir necha tarmoqlararo ekran darajalari 
yoki taqsimlangan tarmoqlararo ekran lar mavjud bo‘lishi mumkin. Lekin 
tarmoqlararo ekran ni 33.1-rasmda tasvirlanganidek, tarmoqqa ulanish amalga 
oshiriladigan aniq bir joyda joylashtirish bilan xavfsiz ulanish siyosatini ancha 
ishonchli ta’minlay va uni boshqara olamiz. 
• Tizimga faqat lokal tarmoqda aniqlangan xavfsizlik siyosatini 
qoniqtiradigan trafik tushadi. Modomiki, korporativ tarmoqning butun kirish va 
chiqish trafigi tarmoqlararo ekran orqali o‘tar ekan, u tizimga faqat xavfsizlik 
siyosatini qoniqtiradigan trafikka ruxsat etish bilan bu oqimni chegaralashi 
mumkin. 
Tarmoqlararo ekranning o‘zi ruxsatsiz kirish uchun zaif bo‘lmasligi 
kerak. Tarmoqlararo ekran bu tarmoqqa ulangan qurilma hisoblanadi. Agar u 
noto‘g‘ri loyihalashtirilgan yoki o‘rnatilgan va uni buzish mumkin bo‘lsa, bundan 


441 
xavfsizlikni xatto his etish hosil bo‘ladi, bu uning yo‘qligidan ham yomon bo‘ladi! 
 
33.1-rasm. Ma’murlashtiriladigan tarmoq va tashqi dunyo orasida tarmoqlararo 
ekran ning joylashtirilishi 
33.1-rasmda tasvirlanganidek, tashkilot odatda uning ichki tarmog‘ini Internet-
provayder bilan (katta internet bilan) ulaydigan shlyuz marshrutizatorga ega 
bo‘ladi. Korporativ tarmoq ichidagi butun, kirish va chiqish trafigi bu 
marshrutizatordan o‘tadi va aynan unda paketlarni filtrlash bajariladi. Paketlar filtri 
har bir deytagrammani alohida tekshiradi, hisoblash tarmog‘i ma’muri o‘rnatgan 
qoidalarga muvofiq uni nima qilishni – tarmoqqa o‘tkazib yuborish yoki tashlab 
yuborishni aniqlaydi. Filtrlashga bog‘liq qarorlar odatda quyidagi omillarga 
asoslanadi: 

Dastlabki yoki oxirgi IP-adres; 

IP-deytagrammaning mos maydonidagi protokol turi: TCP, UDP, ICMP, 
OSPF va h.k.; 

TCP- yoki UDP-ulanishlarni qabul qiluvchi va jo‘atuvchi portlari; 

TCP bayroq bitlari: SYN, ASK va h.k.; 

ICMP xabari turi; 


442 

Bu tarmoq kirish va chiqish deytagrammalarini xarakterlaydigan turli 
qoidalar; 

Marshrutizator interfeysiga tegishli bo‘lgan turli qoidalar.
33.1-jadval 

Download 11,41 Mb.
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. Tarmoqlararo ekran va ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimlari

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish