signaturalarni tekshirish asosida ishlaydigan




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

signaturalarni tekshirish asosida ishlaydigan va chetga chiqishlarni aniqlash 


448 
asosida ishlaydigan toifalarga bo‘lish mumkin. Signaturalarni tekshirish asosida 
ishlaydigan ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari, hujumlar signaturalari keng 
ma’lumotlar omborini yuritadi. Har bir signatura bu u yoki bu turdagi ruxsatsiz
kirish bilan kurashish usullarini tavsiflaydigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. 
Signatura alohida olingan paketning oddiy xarakteristikalari to‘plami bo‘lishi 
mumkin (masalan, birinshi va oxirgi portlar raqami, protocol turi, bitlarni aniq 
ketma-ketligi, paketni foydali yuklamasida tekshiriladigan mavjudlik) va nafaqat 
alohida paketga, balki paketlar turkumiga kiradi. Signaturalarni shakllantirish bilan
ma’um hujumlar turlari bilan shug‘ullanadigan, tarmoq xavfsizligi bo‘yicha 
tajribali mutaxassislar shug‘ullanishadi. Tashkilot hisoblash tarmog‘i ma’muriy 
signaturani tuzatishi, shuningdek o‘z signaturalar variantlarini ma’lumotlar 
omboriga qo‘shishi mumkin.
Amalda signaturalar asosida ishlaydigan ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi 
u orqali o‘tadigan har bir paketning ma’lumotlarini uning ma’lumotlar omborida 
bo‘lgan signaturalar bilan taqqoslash bilan paketlarni tahlil qiladi. Agar paket (yoki 
paketlar turkumi) ma’lumotlar omborida bo‘lgan signatura bilan mos tushsa, u 
holda ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi ogohlantirishni generatsiyalaydi. 
Ogohlantirish elektron xabar ko‘rinishida hisoblash markazi ma’muriga jo‘natilishi 
yoki keyingi tekshirish uchun oddiy jurnalga yozib qo‘yilishi mumkin. 
Signaturalarni tahlil qiladigan ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi juda keng 
tarqalgan, ularga ayrim cheklashlar xos. Aniq signaturani generatsiyalash uchun 
bunday tizim u yoki bu hujumning mavjudligi haqida oldindan bilishi kerakligi 
barchasidan muhim. Boshqacha aytganda, bunday tizim hali hech qayerda qayd 
etilmagan yangi hujumlarga qarshi mutlaqo kuchsiz. Boshqa nozik farq shundan 
iboratki, signaturaning mos tushishi hujum bilan bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin, 
bunday holda tizim xato natijani berishi mumkin. Nihoyat, modomiki, har bir 
paketni juda katta signaturalar to‘plami bilan taqqoslashga to‘g‘ri keladi, ruxsatsiz
kirishlarni aniqlash tizimi bunday ishni oddiy eplay olmasligi va ko‘plab 
zararkunanda paketlarni “o‘tkazib yuborishi” mumkin. 


449 
Chetga chiqishlarni aniqlash asosida ishlaydigan ruxsatsiz kirishlarni 
aniqlash tizimi shtatdagi rejimda kuzatiladigan xavfsiz trafik profilini yaratadi. 
Keyin u statik g‘ayrioddiyliklarga ega bo‘lgan paketlar oqimlarini kuzatadi. 
Masalan, oqimda ICMP-paketlar sonini noproporsional ortishi yoki portlarni 
skaynerlashi, yoki manzillarning exo-testlash jadalliklarini to‘satdan keskin 
sakrashi kuzatilishi mumkin. Bunday ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining 
ajoyib xususiyati shundan iboratki, ishlashda ular mavjud hujumlar haqida 
oldindan ma’lum ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi, ya’ni ular mutlaqo yangi hali 
tavsiflanmagan hujumlarni potensial aniqlay oladi. Boshqa tomondan, normal va 
statistik o‘zgacha trafikni ajratish o‘ta qiyin. Hozirgi vaqtda ruxsatsiz kirishlarni 
aniqlash tizimlari orasida, u yoki bu darajada chetga chiqishlarni aniqlash bilan 
shug‘ullanadigan tizimlar uchrasada, signaturalar asosida ishlaydigan tizimlar 
ustun turadi.


450 

Download 11,41 Mb.
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



signaturalarni tekshirish asosida ishlaydigan

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish