Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

34.2.1. Facebook ijtimoiy tarmog’i 
Facebook – dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri. Uni Mark 
Zukerberg Harvard universitetida oʻqib yurgan kezlarida – oʻquv yurti 
yotoqxonasidagi hamxonalari – Eduardo Saverin, Dastin Moskovits hamda Kriss 
Hyuzlar bilan birgalikda 2004-yilda yaratishgan. Saytning butun dunyoda 
ommalashib ketgani bois, Mark Zukerberg 23 yoshida sayyoramizning eng yosh 
milliarderi deya tan olindi. 


456 
34.1-rasm. Facebook ijtimoiy tarmog’ining ramziy belgisi. 
Facebookni yaratish fikri Mark Zukerbergga Nyu-Hemshirdagi Philips 
Exeter Academy maktabida oʻqib yurgan kezlarida keladi. Oʻsha vaqtlarda 
maktabda har yili oʻquvchilarning rasmi va manzili qayd etilgan qoʻllanma chop 
etilardi. (Tom maʼnoda „yuz kitobi“, „yuz sahifasi“, „face book“). Harvardga 
oʻqishga qabul qilingan Zukerberg oliy taʼlim muassasasi maʼmuriytiga analog 
tarmoq resursini yaratish gʻoyasi bilan chiqadi. Biroq taʼlim muasassasi bu 
innovatsion gʻoyani baʼzi sabablarga koʻra rad etdi. Zukerber 2003-yilning 28-
oktabr kuni, Facemash internet sahifasi uchun kod yozadi va unda Harvard 
universiteti kompyuter tarmogʻiga kirib koʻchirib olingan, shaxsiy rasmlarni nashr 
qiladi. Facemashda 450 ta tashrif qayd etiladi va tashrif buyurvchilar Zukerberg 
tomonidan qoʻyilgan, ikkita rasmni bir biriga qiyoslab, birini tanlash orqali 22 000 
ta rasmni koʻrib chiqishadi. Sayt qisqa muddat ichida ommalashib ketadi, biroq 
Harvard maʼmuriyati tomonidan yopib qoʻyiladi. Zukerbergni esa maʼmuriyat 
xavfsizlik qoidalarini buzishda, mualliflik huquqini poymol qilishda hamda 
insonning shaxsiy hayotiga daxl qilganlikda ayblab, oʻqishdan haydashga qaror 
qiladi. Keyinchalik esa ayblov bekor qilinadi. Zukerber ilk loyihasidayoq 
hammaning diqqat markaziga tushib qoladi. Facemashda boʻlib oʻtgan loyihani 
muhokama qilish maqsadida, oʻzining guruhdoshlariga alohida sayt yaratadi. 
Keyingi semestrdan boshlab, Zukerberg yangi veb-sahifa uchun kod yoza 
boshlaydi. Unga “Harvard Crimson” da Facemash mojarolari haqida yozilgan 
maqola ilhom bagʻishladi. Va nihoyat 2004-yilning 4-fevralida Zukerberg 


457 
Thefacebookni www.thefacebook.com internet manzilida joylashtiradi. Gʻoya 
Facebook nomini oladi, bu Markning eski maktab davridagi xotiralari bilan 
bogʻliqdir. 
34.2-rasm. Facebook ijtimoiy tarmog’i foydalanuvchi interfeysi. 
Ijtimoiy tarmoqqa aʼzo boʻlish Harvard talabalari uchun avvaliga cheklangan 
boʻlib, cheklov olingandan soʻng undan universitetning yarmidan koʻp talabalari 
roʻyxatdan oʻtishadi. Tez orada saytning faoliyat yuritishida Zukerbergga yordam 
uchun, moliyaviy direktor – Eduardo Saverin, dasturchi – Dastin Moskovits, badiiy 
rassom – Endryu Mak-Kolum va Kris Hyuzlar qoʻshiladi. Avvaliga 
thefacebookdan faqat Harvard universiteti talabalarigina foydalana olishardi holos. 
2004-yilning mart oyidan boshlab Thefacebook Stenford, Yelya va Kolumbiya 
universitetlarigacha, keyinchalik Ligi Plyusha, Boston, Nyu-York universitetlarida 
va Massachustet texnologiya institutida, shuningdek, AQSH va Kanadaning 
koʻpgina oliygohlarida ommalshib ketdi. Saytdan AQSHning har qanday .edu 
elektron manzil domeni boʻlgan taʼlim muassasasi foydalanish huquqini qoʻlga 
kiritdi. 


458 
Ayni damda (2017-yil 1-dekabr) Facebook foydalanuvchilari 1.86 milliardan 
oshib ketgan boʻlib, bu saytga kirib roʻyxatdan oʻtgan va unda hech boʻlmaganda 
bir oyda bir marta yoki muntazam „Like“ tugmalarini bosuvchilardir. 
Facebookning mobil versiyasidan esa bir oy davomida 1.1 mlrd.ga yaqin inson 
foydalanadi. Shuningdek, sayt foydalanuvchilari kuniga 3,2 milliard marta „like“ 
tugmachasini bosishadi, oʻz izohlarini qoldirishadi va 300 million donaga yaqin 
rasmlar nashr qilishadi. Saytda, ayni vaqtda 125 milliard „doʻstlik munosabatlari“ 
qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2011-yil 31-dekabrga qadar 100 milliardni tashkil 
qilar edi. Saytga joylashtirilgan reklamadan tushgan foyda kompaniyaga 872 
million AQSH dollarini, ayrim manbalarda esa kamroq, 186 million AQSH 
dollarini olib kelgan. Facebookning hozirda (2017 yil 1-yanvar) aylanma summasi 
34.638 mlrd.ni, sof foyda esa 10.217 mlrd.ni tashkil etmoqda. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish