• 34-BOB. IJTIMOIY TARMOQLAR VA MESSENJERLAR, ULARNING AHAMIYATI
  • 34.1. Ijtimoiy tarmoqlarning yuzaga kelishi, rivojlanish tarmoqlari
  • -BO’LIM. ZAMONAVIY INTERNET XIZMATLARI VA ILOVALARI




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet188/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

    14-BO’LIM. ZAMONAVIY INTERNET XIZMATLARI VA ILOVALARI. 
    ULARNING IMKONIYATLARI 
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internetning 
    hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati shiddat bilan oshib bormoqda. Bugun barcha-
    barcha sohalarda global tarmoqning chek-chegarasiz imkoniyatlarini hisobga olish, 
    u taqdim etadigan xizmatlar vazifalarini jamiyatning har qanday faoliyatida 
    qo’llashni bugungi zamonning o’zi qat’iy talab sifatida qo’ymoqda. Ushbu 
    bo’limda hozirda Internet tarmog’ida keng miqyosda qo’llaniluvchi, tarmoq 
    foydalanuvchilarining asosiy qismi bevosita kundalik xizmatlari sifatida 
    foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar, ularning vazifalari, tasnifi, 
    mashhur ilovalar to’g’risida atroflicha ma’lumotlar taqdim etiladi. 
    34-BOB. IJTIMOIY TARMOQLAR VA MESSENJERLAR, ULARNING 
    AHAMIYATI 
    Ijtimoiy tarmoqlar internet olamining ajralmas bir bo‘lagi sifatida turli-
    tuman xizmatlar to’plami bilan boyitib borilayotgan ilovalardir. Statistik 
    ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda dunyoda ijtimoiy tarmoqlardan 
    foydalanuvchilar soni 3 milliard nafardan oshgani buning yaqqol isbotidir (2017). 
    Aslida ijtimoiy tarmoqlarning asosiy vazifasi ular endigina tashkil etilayotgan 
    paytlarda odamlarga uzoqdagi tanishi bilan aloqa qilish, ular o‘rtasida o‘zaro 
    onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yish edi. Biroq bugun ularning funksiyalari tobora 
    kengayib bormoqda. 
    34.1. Ijtimoiy tarmoqlarning yuzaga kelishi, rivojlanish tarmoqlari 
    Qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlar virtual kenglikda nihoyatda 
    ommalashdi. Bu jihatdan ularni internet makonidagi chinakam yangi fenomen, deb 


    451 
    atash mumkin. Biroq, mazkur fenomen dastavval internet emas, sotsiologiya fanida 
    paydo bo‘lganini ham eslatib o‘tish o‘rinlidir. Ijtimoiy munosabatlarning yangi 
    shakli sifatida «ijtimoiy tarmoq» tushunchasi sotsiologlar tomonidan o‘tgan 
    asrning 30-yillaridan boshlab o‘rganib kelinmoqda. Ilmiy ta’rifga ko‘ra, «ijtimoiy 
    tarmoq» ijtimoiy ob’yekt (inson yoki tashkilot)lar hamda ular o‘rtasidagi ijtimoiy 
    munosabatlardan hosil bo‘luvchi ko‘plab tugunlardan tashkil topgan ijtimoiy 
    tuzilmani ifoda etadi. Shu jihatdan jamiyat ham ijtimoiy tarmoqning bir turi 
    sifatida qaralishi mumkin. Faqat bu real hayotdan olingan misol. 
    Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turganidek, internet dunyosidagi 
    ijtimoiy tarmoqlarning mazmun-mohiyati asliyatdan deyarli farq qilmaydi. Yagona 
    tafovut shuki, virtual ijtimoiy tarmoqda ob’yektlar bir-biri bilan real holatda emas, 
    virtual tarzda, ya’ni internet imkoniyatlari yordamida bog‘lanadi. Demak, ular 
    virtual makonda «hayot kechirishlari» kerak. 
    Endi bu ikki jihatga alohida to‘xtalsak. Tabiiyki, har qanday ijtimoiy 
    tarmoqning birlamchi funksiyasi ob’yektlar o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashdan 
    iborat. Avval aytganimizdek, inson – ijtimoiy mavjudot. U doimiy muloqotga 
    ehtiyoj sezadi. Shu tufayli yangi insonlar bilan tanishadi, turli qobiliyatlarini 
    namoyon etadi va albatta, boshqalarning o‘zi haqidagi fikrlarini bilishga qiziqadi. 
    Biroq, real hayotda insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish, jumladan, 
    muloqot qilish ham anchayin murakkab vazifa. Bunda turli psixologik to‘siqlarni 
    engib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Zero, biz ichki energiyamizning 90 foizini aynan 
    insonlar bilan muloqot qilishga sarflaymiz. Bu ham, bir hisobdan, mehnat. Virtual 
    olamda esa, hammasi nihoyatda oson. 
    Internetdagi 
    ijtimoiy 
    tarmoqlar 
    foydalanuvchilarga 
    ijtimoiy 
    munosabatlarning tayyor obrazini taqdim etadi. Do‘st kerakmi, marhamat, 
    millionlab profillar egalari orasidan istaganini tanlab, do‘stlashavering. Ular 
    qatorida dunyoga mashhur teleyulduzlar, xonandayu aktyorlar bo‘lishi ham 
    mumkin. Virtual ijtimoiy tarmoqda yetti yot begona inson bilan (u sizning 
    tengdoshingiz bo‘lishi shart emas!) xohlagan mavzuda gaplashib ketaverasiz. 


    452 
    Uning shaxsiy sahifasiga kirib, o‘zi haqidagi ma’lumotlarni o‘qisangiz ham, video 
    va foto fayllarni tomosha qilsangiz ham birov koyimaydi. Xuddi shuningdek, o‘z 
    suratingizni biror ommaboproq ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, millionlab 
    insonlarning olqishu tasannolari («like» lari) evaziga bir kunda butun dunyoga 
    mashhur bo‘lib ketishingiz hech gapmas. 
    Mana, endi ikkinchi masalaga ham etib keldik. Virtual makonda «hayot 
    kechirish» sizu biz o‘ylagandan ham ko‘ra xavfliroq. Masala shu qadar dolzarb va 
    murakkabki, uni, so‘zsiz, muammo darajasiga ko‘tarsa bo‘ladi. Nima uchun? 
    Avvalo, faktga yuzlansak. Bugun dunyoda har bir ofis xodimi kuniga o‘rtacha 
    hisobda 5-6 soat vaqtini kompyuter oldida o‘tkazadi. Telefon so‘zlashuvlari, 
    televizor, internet va kompyuter o‘yinlarini qo‘shib hisoblaganda bu raqam ikki 
    baravarga ortadi. Demak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan 
    foydalanish uchun kunning teng yarmini sarflar ekanmiz. Yoshlar orasida esa, 
    mobil telefonlardan keyin internet eng ommaviy aloqa vositasi ekanini 
    isbotlashning hojati bo‘lmasa kerak. Oxirgi sotsiologik tadqiqotlarga ko‘ra, Yer 
    yuzi aholisining 22 foizi internetdan har kuni foydalanadi. Yana bir qiziq 
    ma’lumot: hozir global tarmoqda eng ko‘p ko‘riluvchi yuzta veb-saytning 
    yigirmatasi ijtimoiy tarmoqlar turkumiga kiradi, yana oltmishtasi u yoki bu 
    jihatdan ijtimoiy mazmundagi saytlar, shu jumladan, blog va mikrobloglardan 
    iborat. Mazkur tendensiya internet makonida chinakam «sotsiomediali inqilob» 
    yuzaga kelganidan dalolat beradi. Uning fonida internet va ayniqsa, ijtimoiy 
    tarmoqlar foydalanuvchilarining sonigina emas, ushbu tarmoqlarning insonlarga 
    ko‘rsatayotgan ta’siri ham sezilarli ravishda ortib borayotgani yaqqol ko‘zga 
    tashlanmoqda. 
    Faol foydalanuvchilar soni bo‘yicha hozir dunyoda «Facebook» ijtimoiy 
    tarmog‘i yetakchilik qilmoqda. Uning bir oylik auditoriyasi 800 million kishidan 
    ortiq. 
    Mamlakatimizda 
    mazkur 
    ijtimoiy 
    tarmoq 
    200 
    mingga 
    yaqin 
    foydalanuvchisiga ega (2017 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra). O‘zbekistonlik internet 
    foydalanuvchilarining 2,5 millioni www.odnoklassniki.ru saytida ro‘yxatdan 


    453 
    o‘tgan. «Odnoklassniki» 1995 yilda Rendi Konrad tomonidan yaratilgan 
    zamonaviy ko‘rinishdagi birinchi ijtimoiy tarmoq – Classmates.com ning rus 
    tilidagi nusxasi hisoblanadi. Qolaversa, u hududiy ijtimoiy tarmoq bo‘lib, 
    Hamdo‘stlik mamlakatlari auditoriyasi uchun mo‘ljallangan. 
    So‘nggi yillarda Uznet tarmog‘ida ham bir qancha o‘zbek tilidagi ijtimoiy 
    tarmoqlarning paydo bo‘layotgani tasodif emas. Milliy internet segmentida 
    mahalliy – biror mintaqa, mamlakat yoki shahar miqyosidagi ijtimoiy 
    tarmoqlarning vujudga kelishi internet makonida ijtimoiy tarmoqlarning 
    rivojlanishi bilan bog‘liq umumiy tendensiyadir. Biroq mahalliy yoki milliy 
    ijtimoiy tarmoqlar ko‘pincha brend darajasiga yetgan yirik ijtimoiy tarmoqlardan 
    qisman yoki to‘liq nusxa ko‘chirish yo‘li bilan yaratilmoqda. Ularning asosiy 
    kamchiligi ham shunda. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BO’LIM. ZAMONAVIY INTERNET XIZMATLARI VA ILOVALARI

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish