Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

Siyosat 
Tarmoqlararo ekranning 
sozlanishi 
Korporativ tarmoq tashqarisida 
Internetga ulanishni ta’qiqlash 
80-port orqali istalgan adreslarga 
boradigan barcha chiqish 
paketlarini tashlab yuborish 
Tashkilotning umuiy 
foydalanishdagi serveridan
keladiganlardan tashqari, kirit 
TCP-ulanishlarni ta’qiqlash 
80-port 130.207.244.203dan 
tashqari istalgan IRdan barcha 
kirish TCP SYN paketlarini 
tashlab yuborish 
Internet-radio trafigiga 
ma’lumotlarni uzatish polosasi 
aktiv sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik 
DNS-paketlardan tashqari barcha 
kirish UDP- paketlarni tashlab 
yuborish 
Sizning tarmog‘ingizni 
o‘zgartirilgan adreslarli (smurf 
attack) va keyingi xizmat 
ko‘rsatishga rad etishli ICMP-
so‘rovlar bilan hujumlar uchun 
ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
Keng uzatishli adreslar (masalan, 
130.207.255.255) bo‘yicha 
yo‘naltiriladigan ICMP 
protokolining barcha ping-
paketlarini tashlab yuborish 
Sizning tarmog‘ingizni 
trassalashtirishdan himoyalash 
ICMP protokoli bo‘yicha 
uzatiladigan va tugagan TTL 
qiymatga ega bo‘lgan butun trafikni
tashlab yuborish 


443 
Hisoblash tarmog‘i ma’muri, tashkilotda amalda bo‘lgan qoidalarga tayanish 
bilan tarmoqlararo ekran ni konfiguratsiyalaydi. Siyosat foydalanuvchining ishlash 
jadalligi va ma’lumotlarni uzatish polosasini sarflanishining aktivligi, shuningdek 
tashkilotda amalda bo‘lgan xavfsizlik mulohazalarini hisobga olishi mumkin. 33.1-
jadvalda tashkilotda amalda bo‘lishi mumkin bo’lgan bir qator siyosatlar sanab 
o‘tilgan, shuningdek ular paketli filtr yordamida potensial ishlatilishi mumkinligi 
tavsiflangan. Masalan, agar kompaniya uning web-serveri initsializatsiyalaydigan 
TCP-ulanishlardan tashqari, boshqa hech qanday kirish TCP-ulanishlarni qabul 
qilishni istamaydi, u holda bunday tarmoq tarmoqlararo ekran i web-serverning 80-
porti va IP-adresi ko‘rsatilganlardan tashqari, barcha kirish TCP SYN 
segmentlarini to‘sib qo‘yishi mumkin. Agar tashkilot, uning foydalanuvchilari 
internetga ulanish polosasini radio-ilovalar bilan to‘liq egallashini istamasa, u 
holda tarmoqlararo ekran butun keraksiz UDP-trafikni to‘sib qo‘yadi (chunki 
Internet-radio ko‘pincha UDP protokoli bo‘yicha translyatsiya qilinadi). Agar 
tashkilot 
jinoyatchilar 
borishi mumkin bo‘lgan o‘z ichki tarmog‘ini 
trassalashtirilishini oldini olishga intilsa, u holda u korporativ tarmoqning 
tashqarisiga yo‘naltiriladigan tugagan TTL qiymatli barcha ICMP-xabarlarni 
(hayot vaqti oldindan belgilangan) to‘sib qo‘yishi mumkin. 
Filtrlash siyosati asosida adreslar va portlar raqamlari kombinatsiyalari ham 
yotishi mumkin. Masalan, filtrlovchi marshrutizator faqat ro’yxatda ko‘rsatilgan 
ko‘plab IP-adreslardan chiqadigan yoki bu ro‘yxatdan adreslarga yo‘naltiriladigan 
Telnet-deytagrammalarni (23-portga boradigan) uzatishi mumkin. Bunday siyosat 
faqat ruxsat etilgan adreslar ro‘yxatiga kiritilgan xostlardan-xostlarga Telnet-
ulanishlarni o‘rnatilishiga ruxsat etadi. Afsuski, tashqi adreslar asosida siyosatni 
qurishda adreslari spufingga uchragan deytagrammalardan himoyalanish mumkin 
emas. 
Filtlash TCP ASK biti o‘rnatilganligi belgisi bo‘yicha ham amalga 
oshirilishi mumkin. Agar tashkilot o‘z ichki mojozlariga tashqi serverlarga 
ulanishga ruxsat berishni, lekin bir vaqtda tashqi mijozlarga tashkilotning ichki 


444 
serverlariga ulanishga ruxsat bermaslikni rejalashtirsa, bunday usul juda foydali 
bo‘ladi. Har bir TCP-ulanishda birinchi segmentda ASK-bit nolga o‘rnatilgan, u 
holda ulanish doirasida barcha qolgan segmentlar 1 ga o‘ratilgan. Mos ravishda, 
agar tashkilotda tashqi mijozlar va ichki serverlar orasida ulanishlarga yo‘l 
qo‘ymaslik talab qilinsa, u holda tizim ASK-biti 0 qiymatga ega bo‘lgan barcha 
kirish segmentlarini oddiy filtrlashi kerak bo‘ladi. Bunday siyosat tashqaridan 
o‘rnatiladigan barcha TCP-ulanishlarni to‘sib qo‘yadi, lekin korporativ tarmoqning 
ichidan initsializatsiyalanadigan ulanishlarga ruxsat etadi. 
Tarmoqlararo ekran qoidalari marshrutizatorlarda ulanishni nazorat qilish 
ro‘yxatlari yordamida ishlatiladi, binobarin, marshrutizator interfeysi o‘z 
qoidalariga ega. 222.22/16 tashkilot uchun ulanishni nazorat qilish ro‘yxatiiga 
misol 33.2-jadvalda keltirilgan.
33.2-jadval 
Marshrutizator interfeysi uchun ulanishni nazorat qilish ro‘yxati 
Amal 
Dastlabki 
adres 
Oxirgi 
adres
Protokol 
Dastlabki 
port 
Oxirgi 
port 
Bayroq 
biti 
Ruxsat 
etish 
222.22/16 Tashqi 
222.22/1

TCP 
>1023 
80 
Istalgan 
Ruxsat 
etish 
Tashqi 
222.22/16 
222.22/1

TCP 
80 
>1023 
ASK 
Ruxsat 
etish 
222.22/16 Tashqi 
222.22/1

UDP 
>1023 
53 
— 
Ruxsat 
etish 
Tashqi 
222.22/16 
222.22/1

UDP 
53 
>1023 
— 
Ta’qiqlas

Barcha 
Barcha 
Barcha 
Barcha 
Barcha Barcha 
Qoidalar bu interfeys orqali yuqoridan pastga o‘tadigan har bir 
deytagrammada qo‘llaniladi. Birinchi ikkita qoidalar birgalikda foydalanuvchilarga 
Internet bo‘ylab sayr qilishga imkon beradi. Birinchi qoida yuborilishi 80-portli 
paketga tashkilotni tark etishga imkon beradi. Ikkinchi qoida dastlabki 80-portli va 


445 
o‘rnatilgan ASK-bitli istalgan paket, tashkilotning tarmog‘iga kira olishini 
kafolatlaydi. E’tibor bering, agar tashqi manba ichki xostilan TCP-ulanishni 
o‘rnatishga urinsa, hatto agar jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi porti 80-port 
hisoblansada, bunday ulanish to‘sib qo‘yiladi. Ikkinchi ikkita qoidalar birgalikda 
DNS-paketlarga tashkilot tarmog‘iga kirishga va uni tark etishga imkon beradi. 
Umuman olganda yetarlicha qat’iy ulanishni nazorat qilish ro‘yxati, biinchidan 
tashkilotdan chiqadigan Internet-trafikdan, ikkinchidan DNS-trafikdan tashqari 
butun trafikni to‘sib qo‘yadi. “Packet Filtering for Firewall Systems” hujjatda 
namunaviy tarmoq, amaliy masalalaridagi qator keng tarqalgan illatlardan 
qochishga imkon beradigan port/protokol prinsipi bo‘yicha tavsiya etiladigan 
filtrlash variantlari ro‘yxati berilgan. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish