Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
 
 
 
 
32-BOB. Simsiz lokal tarmoqlarni himoyalash 
 
32.1. Simli tarmoqlar satxidagi maxfiylik (WEP) 
 
IEEE 802.11 standartining WEP protokoli 1999 yilda xost va ulanish nuqtasi 
(ya’ni, bazaviy stansiya) orasida simmetrik ajratiladigan kalitlardan 
foydalaniladigan ma’lumotlarni almashishda autentifikasiyalash va shifrlashni 
ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. WEP standarti kalitlarni boshqarish algoritmini 
ko‘rsatadi, shuning uchun xost va simsiz ulanish nuqtasi tashqi polosali usulda 


436 
birgalikda ishlatish uchun kalitni qandaydir tarzda muvofiqlashtirishi ko‘zda 
tutiladi. Autentifikasiyalash quyidagi tarzda bajariladi: 
- Simsiz xost ulanish nuqtasidan autentifikasiyalashni so‘raydi. 
- Ulanish nuqtasi bu so‘rovga 128-baytli bir marttalik raqam bilan javob 
beradi. 
- Simsiz xost bir marttalik raqamni u ulanish nuqtasi bilan birga 
ishlatadigan simmetrik kalit yordamida shifrlaydi. 
- Ulanish nuqtasi xost shifrlangan bir marttalik raqamni rasshifrovkalaydi. 
- Agar shifrlangan bir marttalik raqam dastlab xostga jo‘natilgan bir 
marttalik raqamning qiymati bilan mos tushsa, u holda ulanish nuqtasi bu 
xostni autentifikasiyalaydi.
WEP texnologiyasida qo‘llaniladigan ma’lumotlarni shifrlash algoritmi 
32.1-rasmda tasvirlangan. Maxfiy 40-bitli K
s
simmetrik kalit ham xostga, ham 
ulanish nuqtasiga ma’lum deb ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, bu 40-bitli kalitga 
24-bitli initsializatsiyalash vektori (IV) biriktiriladi. Alohida kadr shifrlanadigan 
64-bitli kalit olinadi. Turli kadrlarga turli initsializatsiyalash vektorlari mos keladi, 
shuning uchun har bir kadr 64-bitli kalit bilan shifrlanadi. Mana shifrlash qanday 
bajariladi. Dastlab foydali yuklama sifatida uzatiladigan ma’lumotlar uchun 4-
baytli CRC qiymati hisoblanadi. Bundan keyin foydali yuklama va 4-baytli davriy 
nazorat kodi RC4 oqimli shifrlash yordamida shifrlanadi. Biz bu yerda RC4 shifrni 
atroflicha ko‘rib chiqmaymiz, uning batafsil tavsifi Shneyer va Edni
ishlarida 
berilgan. 


437 

Download 11,41 Mb.
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish