IPsec qo’llanilganida kalitlarni boshqarish




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

31.5. IPsec qo’llanilganida kalitlarni boshqarish 
 
Agar virtual xususiy tarmoqda nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagan oxirgi 
nuqtalar bo‘lsa, hisoblash tarmog‘ining ma’muri xavfsiz uyushmalar haqidagi 
ma’lumotlarni (shifrlash/autentifikasiyalash algoritmlari, kalitlar, himoya 
parametrlari indekslari) har bir oxirgi nuqtalari SAD malumotlar omboriga qo‘lda 
kiritishi mumkin. Lekin, tushunarliki, bunday qo‘ldagi ish IPsec texnologiyasini 
ishlatadigan yuzlab va hatto minglab marshrutizatorlardan iborat bo‘lgan katta 
virtual xususiy tarmoqlarda amalda qilish qiyin. Masshtabli geografik 
taqsimlangan tarmoqlarni qurish, xavfsiz uyushmalarni yaratish uchun 
avtomatlashtirilgan mexanizmlarni bo‘lishini ko‘zda tutadi. IPsecda bu masala 
RFC 5996 standartda tavsiflangan internetda kalitlarni almashish (Internet Key 
Exchange, IKE) protokoli yordamida hal etiladi. 


434 
IKE protokoli SSL texnologiyasidagi qo‘l berish mexanizmiga 
o‘xshashlikka ega. Har bir IPsec-qurilma, bu qurilmaning ochiq kaliti 
ko‘rsatiladigan sertifikatga ega. SSL bilan holdagi kabi, IKE protokoli ikkita 
qurilmalar sertifikatlarini almashadi, autentifikasiyalash va shifrlash algoritmlarini 
muvofiqlashtiradi, shuningdek himoyalangan rejimda IPsec xavfsiz uyushmalar 
doirasida seans kalitlarini yaratish bilan kalit haqidagi ma’lumotlarni almashishni 
ko‘zda tutadi. SSLdan farqli ravishda, IKE bu masalalarni ikkita bosqichda hal 
etadi. 
Bu bosqichlarni 31.2-rasmda tasvirlangan Ml va M2 marshrutizatorlar 
misolida ko‘rib chiqamiz. Birinchi bosqich, Ml va M2 marshrutizatorlar orasida 
ikkita xabarlar juftliklarini almashish operatsiyalaridan iborat: 
• Birinchi ma’lumotlarni almashish bosqichida har ikkala tomonlar 
marshrutizatorlar orasida IKE SA ikki yo‘nalishli xavfsiz uyushmani hosil qilish 
uchun Diffi — Xellman algoritmidan (atroflicha bu bobga mustaqil ish uchun 
topshiriqqa qarang) foydalanadi. Ta’kidlaymizki, bu ikkita IKE ikki yo‘nalishli 
xavfsiz uyushmalar, IPsec xavfsiz uyushmalaridan tubdan farq qiladi. IKE xavfsiz 
uyushma ikkita marshrutizatorlar orasida autentifikasiyalangan va shifrlangan 
kanalni o‘rnatishga imkon beradi. Bu birinchi xabarlarni almashish bosqichida, bu 
IKE xavfsiz uyushmada shifrlash va autentifikasiyalash uchun ishlatiladigan 
kalitlar yaratiladi. Shuningdek, keyinroq ikkinchi bosqichda qo‘llaniladigan IPsec, 
xavfsiz uyushma kalitlarini hisoblash uchun qo‘llaniladigan bosh maxfiy kalit 
yaratiladi. E’tibor bering, birinchi bosqichda RSA ni ochiq kalitlari va yopiq 
kalitlari ishlatilmaydi. Xususan, M1 marshrutizator va M2 marshrutizator o‘z 
identifikatsion ma’lumotlarini ochmaydi, chunki xabarni yopiq kalit bilan 
imzolamaydi. 
• Xabarlarni ikkinchi almashish bosqichida, har ikkala tomonlar bir-birlariga 
o‘z xabarlarini imzolash bilan o‘z identifikatsion ma’lumotlarini ochadi. Lekin 
bunday identifikatsion ma’lumotlar passiv qo‘lga kiritadigan tahlilchi (sniffer) 
uchun mumkin bo‘lmay qoladi, chunki u IKE xavfsiz uyushmasi himoyalangan 


435 
kanali bo‘yicha uzatiladi. Bundan tashqari, bu bosqichda ikkala tomonlar IPsec 
xavfsiz uyushmalarida ishlatiladigan IPsec-shifrlash va autentifikasiyalash 
algoritmlarini muvofiqlashtiradi. 
IKEdan foydalanishning ikkinchi bosqichida, ikkala tomonlar ikkita 
yo‘nalishlardan har birida xavfsiz uyushmalarni hosil qiladi. Ikkinchi bosqichning 
oxirida har ikkala tomonlarda bu ikki xavfsiz uyushmalar uchun shifrlash va 
autentifikasiyalash seans kalitlari yaratiladi. Keyin har ikkala tomonlar 
himoyalangan deytagrammalarni jo‘natish uchun o‘z xavfsiz uyushmalarini 
qo‘llaydi. IKEning ishlashidagi ikkita bosqich birinchi navbatda hisoblash 
kechikishlarini kamaytirish uchun talab qilinadi. Modomiki, ikkinchi bosqichda 
ochiq kalitlar bilan qandaydir kriptografiya qo‘llanilmas ekan, IKE ikkita IPsec-
qurilmalar orasida minimal kechikishli ko‘p sonli xavfsiz uyushmalarni yaratishga 
imkon beradi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 IPsec qo’llanilganida kalitlarni boshqarish

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish