Ijtimoiy tarmoqlar tasnifi, ularning maqsad va vazifalari hamda




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

34.2. Ijtimoiy tarmoqlar tasnifi, ularning maqsad va vazifalari hamda 
imkoniyatlari 
Hozirgi kunda internetdan foydalanuvchilar orasida ijtimoiy tarmoqlardan 
foydalanuvchilar 90 % ni tashkil etmoqda, shu o’rinda ijtimoiy tarmoq 
tushunchasi: uning tarkibi faqatgina ishtirokchilardan va ular o’rtasida muloqotni 
o’rnatuvchi, ko’p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan 
tarmoqdir. Mazmuniga ko‘ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo‘ladi: 
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqotni o‘rnatib beruvchi dasturiy-apparatli 
kompleks; 
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar 
orasidagi muloqot internet tarmog‘i orqali bajarilishi. 
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsadi – internetda o‘zaro qiziqishlar yoki 
faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta 
yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki 


454 
yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do‘stlar va 
guruhlar tizimidir.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g‘alabali yurishi 1995 yilda 
amerikaliklarning Classmatec.com (Odnaklassniki uning ruscha analogi 
hisoblanadi) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi bilan boshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning 
maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog‘i orqali qidirish, topish va muloqot o‘rnatish 
hisoblanadi. Vazifalari esa o‘zaro qiziqish to‘rlarini hosil qilish va muloqotni 
saqlab qolishdan iboratdir. 
Hozirda yirik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar soni millionlab, 
milliardlab kishiga yetgan. Ular o‘zaro muloqot qiladilar, saytlarga o‘zlarining, 
yaqinlarining fotosuratlari, videolarini qo‘yadilar, u yoki bu mavzuda fikr 
almashadilar. Kimlardir bu saytlarda o‘zlarining unut bo‘lib ketgan tanishlarini, 
bolalikdagi do‘stlarini topadilar. 
Ijtimoiy tarmoqlarda faqat do‘stlar, tanishlarni emas, mashhur insonlarni 
ham uchratish mumkin. Yulduzlar o‘z sahifalarini ochib, unda hayotlaridagi 
qiziqarli voqealarni yozadilar, suratlarni berib boradilar. 
Ijtimoiy tarmoqlarning ikki turi mavjud bo‘lib, bular ochiq va yopiq ijtimoiy 
tarmoqlardir. Ochiq ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar o‘z kontentlarini o‘zlari 
yaratib, o‘z fikrlari borasida ochiq muloqot o‘rnatishlari va boshqa 
foydalanuvchilarni bunga jalb qilishlari mumkin. Buning yorqin misoli sifatida 
“Facebook.com”, “Odnoklassniki.ru”, “Vkontakte.ru”, “Twitter.com” va 
boshqalarni keltirish mumkin. Yopiq ijtimoiy tarmoqlar, asosan, bir maqsad sari 
harakatlanayotgan insonlarni birlashtirib, unga “begona”lar kirmaydi. Ko‘p 
holatlarda 
yopiq 
ijtimoiy 
tarmoqlarga 
biror-bir 
kompaniya 
xodimlari 
uchunyaratilgan tarmoqlar misol bo‘la oladi. Masalan, AQSh banklari xodimlari 
uchun maxsus yaratilgan ijtimoiy tarmoq “Sbanc Network” fikrimizga dalil 
bo‘ladi. Yuqorida sanab o‘tilgan jahonga mashhur ijtimoiy tarmoqlar 
imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi natijalar berishi shubhasiz. Shunga qaramay, 
OAV hamda jurnalistlarning o‘zlarida mazkur kontent bilan ishlashda qaysi 


455 
axloqiy me’yorlarga rioya etish kerakligi xususida aniq tasavvur yo‘q. Butun 
dunyoda faoliyat yuritayotgan barcha OAV tahririyatlari uchun aniq axloqiy 
me’yorlarni ishlab chiqish zarurati Bryussel, Anqara, Lahor va Yamanda yuz 
bergan terroristik harakatlar timsolida yanada dolzarblashdi. Bunday holatlarda 
montaj qilingan, fotoshop orqali o‘zgartirilgan faktlarni haqiqat sifatida qabul 
qilish va noxolis axborot tarqatish juda ham oson. Shuningdek, zo‘ravonlik 
ko‘rinishlari auditoriya hamda jurnalistlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
ham mumkin. So‘nggi yillarda mazkur holatlarning ko‘payishi va bunday 
harakatlarning birinchi galda aynan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi Onlayn 
yangiliklar assotsiatsiyasi (ONA) tomonidan ijtimoiy tarmoqlar kontenti orqali 
tarqatilayotgan xabarlar bilan ishlovchi jurnalistlar uchun axloq kodeksini 
yaratishga undadi. Mazkur axloq kodeksining asosiy maqsadi butun dunyo 
jurnalistlar tashkilotlari yordamida ijtimoiy tarmoqlar kontenti bilan ishlashning 
eng yaxshi namunalarini topish va jurnalistlar uchun harakat standartlarni tavsiya 
etishdan iborat. Ayni paytda axloq kodeksi Onlayn yangiliklar assotsiatsiyasining 
rasmiy veb sahifasida berilgan. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ijtimoiy tarmoqlar tasnifi, ularning maqsad va vazifalari hamda

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish