Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
 
31.3-rasm. IPsec-deytagramma formati 
Shifrlangan ma’lumotlar blokining oldiga ESP-sarlavha qo‘yiladi, u 
shifrlanmagan ko‘rinishda uzatiladi va ikkita himoya parametri indeksi va tartib 
raqami maydonlaridan tashkil topgan. Indeks yuborish (qabul qiluvchi) 
qurilmasiga deytagramma qaysi xavfsiz uyushmaga kirishini ko‘rsatadi. Yuborish 
qurilmasi o‘z SAD ma’lumotlar omborini bu indeks bilan to‘ldirishi va to‘g‘ri 


432 
keladigan autentifikasiyalash va deshifrlash algoritmlari, uning kalitlarini aniqlashi 
mumkin. Tartib raqamli maydon takror hujumlardan himoyalashga yordam beradi. 
Jo‘natuvchi qurilma, shuningdek, deytagrammaga autentifikasiyalash MAS-
kodini biriktiradi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, bu qurilma butun “enchilada taomi” 
uchun MAS-kodni hisoblaydi (ESP-sarlavha, dastlabki IP-deytagramma, 
shuningdek deytagramma va shifrlangan ko‘rinishda uzatiladigan ESP oxiridan 
tashkil topgan). Shuningdek eslatamizki, MASni hisoblash uchun jo‘natuvchi 
“enchilada taomiga” maxfiy MAS-kalitni biriktiradi, keyin esa natija uchun qayd 
etilgan uzunlik xeshini hisoblaydi.
M2 marshrutizator IPsec-deytagrammani olganida, u aynan uning o‘zi, M2 
marshrutizator ekanligiga ishonch hosil qiladi (sarlavhadagi IP-adres bo‘yicha) va 
bu IP-deytagrammani qabul qiluvchi hisoblanadi. Bundan keyin M2 marshrutizator 
deytagrammani qayta ishlaydi. Binobarin, protokol maydoni (IP-sarlavhadagi 
chapki chetdagi) 50 qiymatga ega ekan, M2 marshrutizator bu deytagramma bilan 
ma’lumot sifatida ishlash kerakligi qarorini chiqaradi. M2 marshrutizator 
“enchilada taomiga” qarash bilan birinchi bo‘lib himoya parametri indeksini oladi 
va u bo‘yicha deytagramma kiradigan xavfsiz uyushmani aniqlaydi. Keyin u 
“enchilada taomining” MAS-kodini hisoblaydi va bu natija ESP MAC maydonida 
yozilgan qiymatga mos kelishiga ishonch hosil qiladi. Shunday qilib, M2 
marshrutizator bu deytagramma M1 marshrutizatordan kelganligini va yo‘lda 
o‘zgartirilmaganligini biladi. Uchinchilarini u tartib raqami maydonini tekshiradi 
va olingan deytagramma yangiligiga (takroran qayta tiklanmaganligiga) ishonch 
hosil qiladi. To‘rtinchilarida u xavfsiz uyushma bilan bog‘langan deshifrlash 
algoritmi va kalitni qo‘llash bilan shifrlangan axborot birligini deshifrlaydi. 
Beshinchilarida u to‘ldiruvchi baytlarni tashlab yuboradi va dastlabki oddiy IP-
deytagrammani ajratib oladi. Nihoyat, oltinchilarida u dastlabki deytagrammani 
qayerga mo‘ljallangan bo‘lsa, ofis yoki filial tarmog‘iga uzatadi.
Bu yerda muhokama qilish kerak bo‘ladigan yana bir muhim nozik tafsilot 
mavjud. U quyidagi savolga javob berishdan iborat: agar Ml marshrutizator bosh 


433 
ofisda joylashgan xostdan deytagrammani (himoyalanmagan) olsa va bu 
deytagramma bosh ofisdan tashqaridagi qandaydir IP-adresga yo‘naltirilsa, M1 
marshrutizator bu deytagrammani IPsec formatiga o‘zagrtirish kerakligini qanday 
qilib bilib oladi? Agar u IPsec yordamida o‘zgartirilishi kerak bo‘lsa, M1 
marshrutizator qaysi xavfsiz uyushma (yoki SAD ma’lumotlar omboridan bir 
necha uyushmalar) IPsec-deytagrammani yaratilishi uchun ishlatilishi kerakligini 
qanday biladi? Mana qanday muammo hal etiladi. SAD ma’lumotlar ombori bilan 
bir qatorda IPsec-qurilma, xavfsizlik siyosati ma’lumotlar ombori (Security Policy 
Database, SPD) deyiladigan ma’lumotlar tuzilmasini qo‘llaydi. U IPsec 
qo‘llanilishi bilan deytagrammalarning qanday turlarini qayta ishlash zarurligini 
(dastlabki IP-adres, oxirgi IP-adres va protokol turiga bog‘liq ravishda) ko‘rsatadi. 
Bunday deytagrammalar uchun SPD, qaysi xavfsiz uyushma qayta ishlashda 
hisobga olinishi kerakligini ko‘ratadi. Aytish mumkinki, SPD ma’lumotlar 
omboridan ma’lumotlar kelgan deytagramma bilan nima qilishni, SAD 
ma’lumotlar omboridan ma’lumotlar esa buni qanday qilish kerakligini 
tushunishga imkon beradi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish