465
34.9-rasm. LinkedIn ijtimoiy tarmog’ining ramziy belgisi.
Ijtimoiy tarmoq 2002 yil dekabr oyida Ridd Xoffman tomonidan asos
solingan hamda 2003 yil may oyida faoliyatini boshlagan.
Kompaniya
Bosh ofisi
Kaliforniya shtatida joylashgan.
2015 yil yakunlariga ko’ra kompaniya 2,9 mlrd. dollar sof foyda ko’rgan (bu
2014 yilgi sof foydadan 35 % ko’p demakdir.).
Ijtimoiy tarmoqning qariyb yarim foydalanuvchilari AQSHda istiqomat
qilishadi. Shuningdek, Yevropa qit’asida ham aksar foydalanuvchilar mavjud.
So’nggi yillarda undan jadal sur’atlar bilan o’sib borayotgan ro’yxatdan o’tuvchi
foydalanuvchilari Hindiston hissasiga to’g’ri kelmoqda.
34.10-rasm.
LinkedIn
ijtimoiy tarmog’ining uy sahifasi.
LinkedIn foydalanuvchilari turli maqsadlarda kontaktlar ro’yxatidan
foydalanish imkoniyatiga egalar:
Professional darajadagi rezyumelarni tahrir qilish hamda
ish qidirish;
Tavisya etilishlari yoki tavsiya etishlari (ish faoliyati uchun);
Vakansiyalarni topish va yaratish;
Foydalanuvchilar qiziqishlari, kasbiy faoliyatlariga
doir guruhlarni
yaratish.
466
Sayt 2016 yil iyun oyida 26,2 mlrd dollar evaziga
Microsoft
kompaniyasiga
sotilgan. U 2016 yil 4 avgustidan buyon Rossiya Federatsiyasi uchun bloklangan.
34.2.6. Muloqot.uz milliy ijtimoiy tarmog’i
“Muloqot.Uz” – mamlakatimiz hududida faoliyat yurituvchi mashhur
ijtimoiy tarmoqdir. Uning funksional vazifalari yuqoridagi boblarda ko’rib o’tilgan
xalqaro ijtimoiy tarmoqlar bilan deyarli o’xshash. Mazkur milliy ijtimoiy tarmoq
2011 yil avgust oyida ishga tushgan. Loyiha rahbari Farhod Fayzullayev.
34.11-rasm. Muloqot.uz milliy ijtimoiy tarmog’ining logotipi.
“Muloqot.Uz” ijtimoiy tarmog‘i millati, diniy eʼtiqodi, jinsi va ijtimoiy
holatidan qatʼi nazar, fuqarolik jamiyati rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shish niyatida
bo‘lgan sog‘lom va mustaqil fikrlovchi hamda mas’uliyatli kishilarni birlashtiradi.
«Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog‘i umuminsoniy qadriyatlar va milliy anʼanalar,
tenglik va bag‘rikenglik tamoyillarini tan oladi va qo‘llab-quvvatlagani holda har
qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik hamda tahqirlashga qarshi chiqadi.
«Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog‘i shaxsning har tomonlama rivojlanishi g‘oyalarini
amalga oshirish maqsadida yoshlarning maʼnaviy
va jismoniy barkamolligi,
yoshlar orasida oliy qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarning zamonaviy bilimlar va
texnika taraqqiyoti yutuqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun qiziqish
uyg‘otish maqsadida zarur sharoitlarni yaratib beradi. «Muloqot.Uz» ijtimoiy
tarmog‘ida aʼzo nafaqat muloqotga
kirishish imkoniyati mavjud, shu bilan birga
turli sohalardagi o‘z ijod namunalari,
tajribasi, bilim va g‘oyalarini
hammaslaklarning ko‘pming kishilik auditoriyasi bilan baham ko‘rishi mumkin.
«Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog‘ining barcha aʼzolari – bir-biri bilan ochiq muloqot
467
qiladigan hayotda bor shaxslardir. Bizda anonimlarga o‘rin yo‘q, ammo har bir
aʼzoning shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi saqlanishiga kafolat beriladi.
„Simple Networking Solutions“ MChJ Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i egasi
va ishlab chiquvchisi hisoblanadi. «Muloqot.Uz» nomi va «Muloqot.Uz» tasviriy
beligisiga (logotipi)
tegishli barcha huquqlar, muloqot.uz va mqt.uz domenlari,
«Muloqot.Uz» dasturiy kodi va «Muloqot.Uz» dasturiy kodi saqlanadigan serverlar
„Simple Networking Solutions“ MChJga tegishli. Muloqot.Uz O‘zbekiston
Matbuot va axborot agentligi tomonidan ommaviy axborot vositasi (OAV) sifatida
ro‘yxatga olingan (Guvohnoma raqami: 0676, berilgan vaqti: 20.06.2011).
34.12-rasm. Muloqot.uz milliy ijtimoiy tarmog’ining foydalanuvchi interfeysi.
«Muloqot.Uz» ijtimoiy tarmog‘i serverlari „O‘zbektelekom“ AKning
„Biznesni rivojlantirish markazi“ filiali maʼlumot markazida joylashgan.
«Muloqot.Uz» fayllari TAS-IX tarmog‘ida joylashgani
uchun ham sayt traffigi
O‘zbekistonning ko‘plab internet-provayderlari (mobil aloqa operatorlaridan
tashqari)
uchun bepul hisoblanadi. «Muloqot.Uz» aʼzolarning shaxsiy
maʼlumotlari maxfiyligi hamda xavfsizligi „Simple Networking Solutions“ MChJ
uchun birinchi darajali vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda «Muloqot.Uz»
468
aʼzolarning parol va mobil telefon raqamlarini shifrlaydi. Yaqin vaqt ichida SSL-
bog‘lanishni joriy etish va EV SSL-sertifikatni qo‘lga kiritish rejalashtirilgan.