WatsApp messenjeri, uning xarakteristikalari




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

34.3.2. WatsApp messenjeri, uning xarakteristikalari 
WhatsApp – matnli xabarlarni bepul hamda mobil platformalarda ovozli 
axborotlarni almashinish uchun mo’ljallangan mashhur messenjerdir. Ilova orqali 
matn, rasm, video va audio ma’lumotlar internet tarmog’i bo’ylab uzatiladi. 
WhatsApp klient qismi
Android, BlackBerry OS, BlackBerry 10, iOS, Series 40, 
Symbian (S60)
va Windows Phone platformalarda ishlaydi. WhatsApp ning server 
qismi
Erlang dasturlash tilida yozilgan. 


475 
34.17-rasm. 
WhatsApp 
messenjerining ramziy logotipi. 
WhatsApp Inc. kompaniyasiga Yan Kum va Brayan Ektonlar tominidan 
2009 yil 24 fevralda asos solingan, 
uning bosh ofisi
Kaliforniya shtati, Santa Klara 
shahrida joylashgan.
WhatsApp orqali 2012 yil aprel oyida kuniga 2 milliard xabar, 2012 yil 
avgust oyida kuniga 10 mlrd, 2013 yil iyun oyida esa kuniga 27 mlrddan ko‘p sms 
xabarlari jo‘natilgan. Bundan oldingi rekord xam WhatsApp ga tegishli bulib, 2012 
yil 31 dekabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 24 soat ichida 18 mlrd sms yuborilgan 
edi. 
WhatsApp ning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni bo‘yicha ham 
rekordsmen hisoblanadi. Uning kunlik aktiv foydalanuvchilari soni 200 mlndan 
ko‘proqni tashkil etadi, bu vaqtning o‘zida Nimbuzz da 150 mln.ni, KakaoTalk da 
90 mln.dan ortiqni, Viberda esa 50 mln.dan ko‘proqni tashkil etadi. 


476 
34.18-rasm. 
WhatsApp 
messenjerida matnli xabarlarni almashish oynasi. 
Financial Times jurnalining xabar berishicha Skype xalqaro telefon 
qo‘ng‘iroqlariga qanday ishlov bersa WhatsApp sms xabarga shunday ishlov 
beradi. WhatsApp da ham VoIP-qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoni mavjud 
(xizmat 2015 yil mart oyida ishga tushdi). Shuningdek, ilova video qo’ng’iroqlar 
uchun ham xizmatlarni qo’llab-quvvatlaydi (video qo’ng’iroq xizmati 2016 yil 
oktabr oyida ishga tushdi). 
2014 yil 19 fevralda Facebook kompaniyasi WhatsApp ni 16 mlrd. dollar 
evaziga sotib oladi. 
WhatsApp Extensible Messaging and Presence Protocol mod protoklidan 
foydalangan holda sms larni jo‘natadi. Programma smartfonga o‘rnatilgach, 
s.whatsapp.net serverida akkaunt ochiladi, va u yerda foydalanuvchining ismi 
sifatida uning telefon nomeri registratsiya qilinadi. 


477 
WhatsApp telefondagi kontaktlarni avtomat tarzda sinxronizatsiya qiladi bu esa 
ushbu dasturning afzalligini o‘z o‘zidan ma’lumligini ko‘rsatib turadi. 
Apple kompaniyasining iPhone modellari uchun WhatsApp ning rasmiy 
kliyent dasturi 2013 yildan boshlab bepuldir. Bundan avval uning narxi – 0.99$ 
bo‘lgan. 
Boshqa kompaniya smartfonlariga (Android, BlackBerry, Windows Phone, 
Nokia) o‘rnatilgan WhatsAppdan birinchi yil davomida bepul foydalanishlari 
mumkin. Keyingi yillar uchun esa yiliga 99 sent to‘lagan holda foydalanishlari 
mumkin. 
Ilova yaratuvchisi Yan Kumning aytishicha hozirda WatsApp ning 1 
mlrd.dan ortiq (2017 yil yanvar) ktiv foydalanuvchilari bor. Har oyda 25 mln. 
yangi foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishadi (yoki kuniga 833 000 foydalanuvchi). 
WatsApp mijozlarining katta qismi Hindistob hissasiga to’g’ri keladi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



WatsApp messenjeri, uning xarakteristikalari

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish