485
15-BO’LIM. INTERNET INTERAKTIV XIZMATLARI. ZAMONAVIY
INTERAKTIV XIZMATLARNING RIVOJLANISH HOLATI
XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va
insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot
kommunikatsiya texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z
taraqqiyotining yuqori
cho’qqisiga chiqdi desak yanglishmagan bo’lamiz.
Axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari,
rivojlanishning
turli
bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali
matn jo’natish bilan, qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki
yangilik, o’z vaqtida, oddiy qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va
manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini
qanchalik inqilobiy tarzda o’rin almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga
moslashganligi singari kamchiliklarini, Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi.
Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni masofaga
maqsadli uzatish texnologiyasi,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamida yana bir o’ziga xos burilish
yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning
eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini boshlab bergan bo’lsa, XX
asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan,
kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.
Biz sanab o’tgan axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining har biri, o’z
zamonasi uchun muhim ahamiyat kasb etgani rost. Ularning har biri jamiyat
hayotiga chuqur singib, hattoki, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga
ham sabab bo’lgan. Xususan, yuqorida biz sanoqdan chetda qoldirgan –
matbuotning taraqqiy etishi, jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa
qo’shgan bo’lsa, radio va teletranslaytsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim
siyosiy, madaniy va ma’naviy axborot olish vositasiga ega bo’lgan edi.
486
Bizning o’z zamonamizda, shundoqqina ko’z o’ngimizda
startga chiqqan
uyali aloqa vositalari va internet texnologiyalari taraqqiyoti esa, yuqorida sanab,
qisqacha ta’riflab o’tilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’shini
qudratiga yanada quvvat bag’ishladi. Ayniqsa internet global tarmog’i kelgusi
asrlarda ham, bizning davrimiz uchun o’ziga xos tashrif qog’ozi sifatida namoyon
bo’lsa ajab emas.
Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va
kommunikatsiya vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha
telegrafdan
boshlab
ixtiro
qilingan
barcha
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari – matnli xabar uzatish,
tovush uzatish,
tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit tizimga mujassamlashtirgan
mukammal axborot-kommunikatsiya vositasiga aylandi. O’z ajdodlaridan farqli
ravishda, endi
internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi bo’lib qolmasdan,
interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi. Bu jihatlariga
ko’ra,
internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir qatorda,
insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan
bo’lamiz.
Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni
viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-
bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan
xizmatlarga haq
to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy
kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy
interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy
tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim
(e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-
Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat
hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda,
tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab
etilmaydigan xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham
487
ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda.
Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va
ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib
qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak
samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda.