• 35.2. Davlat interaktiv xizmatlari va ularning tasnifi Interaktiv xizmatlar tushunchasi .
  • -bob. Interaktivlik, interaktiv xizmatlar to’g’risida asosiy tushunchalar




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet200/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

    35-bob. Interaktivlik, interaktiv xizmatlar to’g’risida asosiy tushunchalar. 
    Davlat interaktiv xizmatlari va ularning imkoniyatlari 
    35.1. Interaktiv xizmatlar, uning asosiy tushunchalari, ish tamoyillari 
    Interaktivlik tushunchasi. Interaktivlik deganda biz, faqatgina, biz 
    o‘rganayotgan fan kesimida texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda 
    foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqatni tashkil etish tushuniladi. Demak, 
    Kompyuter dasturlari shunday yaratilganki, Biz u yordamida kompyuter bilan 
    muloqot o‘rnatamiz. Umuman olganda interaktivlik bu muloqot tizimini tashkil 
    etish bilan bog‘liq. Ya’ni, maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axboriy 
    ma’lumotlar almashinuvi. Ushbu tushuncha axborot nazariyasi, informatika va 
    dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya va boshqa sohalarda keng 
    qo‘llaniladi. 
    35.2. Davlat interaktiv xizmatlari va ularning tasnifi 
    Interaktiv xizmatlar tushunchasi
    . Interaktivlik orqali foydalanuvchi 
    moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axborot va ishlab chiqarishning turli 
    manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan 
    deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv 
    xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. 


    488 
    Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari 
    vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan 
    xizmatlar turkumidir. Interaktiv davlat xizmatlari quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi: 

    umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) – tegishli 
    axborot tizimlari, shu jumladan, Internet orqali davlat axborot resurslaridan 
    foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish; 

    bir tomonlama o‘zaro hamkorlik – elektron shakldagi hujjatlarning har xil 
    formulalaridan foydalanish imkoniyatini berish; 

    ikki tomonlama axborot ayirboshlash – so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil 
    (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari 
    (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini 
    taqdim etish va/yoki berish); 

    elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, 
    shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi 
    mumkin. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Interaktivlik, interaktiv xizmatlar to’g’risida asosiy tushunchalar

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish