Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
 
 
 
 


490 
36-BOB. INTERNET VA DAVLAT BOSHQARUVI. ELEKTRON 
HUKMAT 
Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo’g’inlarini 
boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish – bugungi zamon talabi bo’lgan 
dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada 
ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, 
fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar 
uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi. Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari 
boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilot va 
muassasalari o’rtasidagi o’zaro uzviylik) va davlat tashkiloti, muassasalarining 
fuqarolar hamda biznesga ko’rsatadigan xizmatlarining samaradorligini oshirishda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklari va imkoniyatlaridan 
foydalanish – zamonaviy ilg’or yo’nalishlardan biri bo’lib, xalqaro leksikonda u 
«Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi. 
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida 
AQSH da paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSH ning o’sha 
vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida 
e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida 
davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» 
tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida 
davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» 
va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi. 
Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asarida 
davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan 
internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa; 2002 yilda 


491 
chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil 
xulosasi» nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning 
texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar 
hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi 
sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli 
xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. Ularning har birida, mazkur 
tushunchaning o’ziga xos talqinini ko’rish mumkin, masalan: 

Download 11,41 Mb.
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish