Davlat boshqaruvi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
36.1. Davlat boshqaruvi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo’llashning maqsad va vazifalari 
Yuqorida ko’rinib, turibdiki, «Elektron hukumat» tushunchasiga nisbatan 
nufuzli xalqaro tashkilotlarning yondoshuvida, ham umumiylik jihatlari, ham 
farqlar mavjud. Umuman olganda, dunyo mamlakatlarining ko’pchiligida 
«Elektron hukumat» tushunchasi jamoatchilik orasida munozaralarga sabab 
bo’layotganini ta’kidlash joiz. Xususan, «Elektron hukumat» so’zining ingliz 
tilidagi muqobili – «Electronic government» so’zi, ko’pchilik o’ylagani singari, 


492 
hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati 
tushunchasinigina taalluqli emas, balki kengroq ma’noda bo’lib, ya’ni, u – davlat 
boshqaruvi organlarining o’z funksiyalarini amalga oshirishda elektron axborot 
kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi. Shu 
tufayli, mutaxassislar orasida «elektron hukumat» dan ko’ra, «elektron boshqaruv» 
tushunchasini kiritish haqida g’oyalar ham mavjud. 
Mazkur ikki tushuncha va atama yuzasidan davom etayotgan munozaralarga 
qaramasdan, amaliyotda ularning har ikkalasi odatda mazmunan bir-birini 
to’ldiruvchi so’zlar sifatida qo’llanilishi kuzatilmoqda. Chunki ularning har ikkisi 
ham umumiy ustuvor muddaolarni ifodalaydi: Hukumat organlari va davlat 
tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va biznesga 
ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali ko’rsatish; umuman olganda esa 
demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish uchun axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari potensialidan unumli va keng foydalanish. Bunda «Elektron 
hukumat», davlat boshqaruvi sohasining alohida qismi yoki hukumatning yangicha 
shakli sifatida tasavvur qilinishi emas, balki, Davlat boshqaruvining an’anaviy 
yo’nalishlariga qo’shimcha, tarkibiy qism sifatida kiritilishi nazarda tutiladi. 
Mazkur tamoyillarning har qanday kombinatsiyasi uchun, «Elektron hukumat»ga 
qo’yiladigan quyidagi asosiy talablarni, boshqacha aytganda, elektron hukumatni 
joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsadlarni keltirib chiqarish mumkin: 

Jismoniy va Yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining 
yuqori sifat darajasida operativ ravishda, yagona standartlar asosida ko’rsatilishi; 

Davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat 
hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi; 

Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli 
bo‘g’inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralar aro ichki munosabatlarda 
samaradorlikning ortishi; 


493 

Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-
xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish. 
Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o’z aksini topishi natijasida, davlat va 
jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha 
samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: 

Fuqarolarga va biznesga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik 
ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to'g'ridan-
to'g'ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo’ladi. Davlat 
xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) onlayn 
to’ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni 
onlayn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan 
foydalanishi mumkin bo'ladi; 

Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan 
foydalanib, yuridik shaxs, o’zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida on-layn 
foydalanishi imkoni paydo bo’ladi. Masalan, yuridik shaxs, o’z faoliyatini yuritish 
uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko’rigi kabi) olishi yoki, 
davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun 
tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko’zlangan maqsadga 
erishishi mumkin. Bunda to’lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki 
SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi; 

Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va 
muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat 
almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot 
tizimini qo’llash orqali, o’zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi; 

Masofa va vaqt faktori. Fuqaro, o’zi uchun zaruriy davlat xizmatidan 
foydalanishda yoki, davlat idorasiga murojaat etishda, mazkur idora joylashgan 
manzilga shaxsan tashrif buyurishi, idora mas’ul xodimi, masalan rahbarini qabul 
vaqtini poylashi, kutib o’tirishi kabi holatlar bartaraf etiladi. Qolaversa, bu orqali 
mansabdor shaxslarning tamagirlik qilish holati cheklanadi. 


494 

Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko’zda 
tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni 
ham o’z o’rnida e’tirof etib o’tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog’oz 
iste’moli qisqaradi, ya’ni qog’oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida 
vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali 
yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o’zidayoq belgilangan manzilda hoziru-
nozir bo'ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy 
hujjatlarni to’plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli 
manzilga yo’llaydi, murojaatni ko’rib chiqish va unga munosabat bildirishning 
keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan 
ko’rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi. Ya’ni, murojaat 
etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to’plamini, yoki, murojaatnomani ko’tarib, 
idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko’rib chiqishda jarayonining kuryeri 
sifatida qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi 
xarajatlarga tushishi oldi olinadi. Bunda murojaatni ko’rib chiqishi va unga javob 
berishi zarur bo'lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori 
tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan 
muddatda murojaatni ko’rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat 
tashkiloti tomonidan chora ko’rilishi mumkin bo'ladi. Murojaatni ko’rib chiqish 
jarayoni qaysi bosqichga yetgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya 
vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo’lib turishi 
imkoniyati yaratiladi. 
Ilm-fan va texnikaning barcha yo’nalishi kabi axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, 
elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o’zida 
joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy. Shunga 
ko’ra kelajakda, elektron hukumat bizning maqolamizda nazardan chetda qolgan 
yoki, tasavvurimizga sig’magan yangicha qulayliklar va foydali xususiyatlarga ega 
bo’lsa ajab emas. Umuman olganda esa, xorijiy davlatlarning ayrimlarida, 


495 
zamonaviy elektron hukumat rivojlanishi tendensiyalari, vaqti kelib, hattoki 
saylovlar tizimini ham interaktiv, on-layn ko’rinishga kelishini bashorat 
qilishmoqda. Balki bu tasavvur haqiqatdan yiroqdir, lekin, elektron hukumatni 
joriy qilish va uni takomillashtirish borasida, o’sha xorijiy davlatlarning 
ayrimlaridagi ilg’or tajribalarni, va uning rivojlanish bosqichlari bilan tanishib 
chiqsak foydadan holi bo’lmaydi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Davlat boshqaruvi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish