O’zbekiston modeli va uning joriy holati. Tarix. Me’yoriy-huquqiy




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

36.1.3. O’zbekiston modeli va uning joriy holati. Tarix. Me’yoriy-huquqiy 
baza 
Mamlakatimizda 
elektron hukumat 
va uning tarkibiy 
qismlarini 
shakllantirish tarixi 2002 yildan boshlangan edi. 2002 yil 30 mayda imzolangan 
PF-3080, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Prezident Farmoni bu borada dastlabki 
qadamlardan biri bo'lgan edi. Mazkur farmon orqali, O’zbekistonda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga joriy etishni yanada chuqurlashtirish, 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari potensialidan keng foydalanish borasida 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi boshlangan, yurtimizda elektron 
hukumat tizimining keyingi istiqboli uchun zamin yaratilgan edi. Albatta, har 
qanday ishda bo’lgani kabi, elektron hukumatni amaliyotga tadbiq etishda ham
qonunchilik, me’yoriy-huquqiy baza eng asosiy o’rin tutadi. Bu borada, 2003 yil 
so’ngida qabul qilingan «Axborotlashtirish haqida» va «Elektron raqamli imzo 


499 
haqida»gi qonunlar muhim qadam bo’lib xizmat qildi. 2007 yil esa, O’zbekistonda 
elektron hukumatni shakllantirish borasida muhim amaliy qadamlar tashlangan, 
e’tiborga molik yil bo'ldi. Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan (VMQ №181, 
23.08.2007), Davlat organlarining o’zaro hamda, fuqarolar va muassasalar bilan 
munosabatlarini, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etish orqali yo’lga qo’yish 
borasida ustuvor yo’nalishlar belgilab olindi. Maxsus nizom orqali, axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari qo’llash orqali ko’rsatiladigan interaktiv davlat 
xizmatlarining standartlarini yaratish va asosiy davlat interaktiv xizmatlari ro’yxati 
qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil, 17 dekabrdagi №259 qarori bilan, 
hukumat portalida axborot taqdim etish va interaktiv xizmatlar ko’rsatishni 
takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 2009 yil, 21 apreldagi, 
№116 hukumat qarori bilan, davlat organlarining internet tarmog’ida taqdim etishi 
lozim bo'lgan, 9 xil tematikaga biriktirilgan, jami 102 xil axborot turlari ro’yxati, 
shuningdek, ularning yangilanib turishi muddatlari o’rnatildi. 
Umuman olganda esa, 2002-2017 yillarda, O’zbekistonda axborot 
kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari 
va elektron hukumatni shakllantirish borasida 20 ga yaqin qonun hujjatlari va 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. O’zbek elektron hukumatini 
shakllantirishning huquqiy asoslari borasida 2012 yil eng katta burilish yili bo’ldi 
desak mubolag’a bo’lmaydi. 2012 yilda qabul qilingan jami 4 ta qonun 
hujjatlarida, O’zbekistonda elektron hukumatni amaliyotga joriy etishni 
jadallashtirish borasida asosiy chora-tadbirlar va aniq yo’nalishlar belgilab olindi. 
Avvalo, 2012 yil, 21-mart kuni imzolangan, PQ-1730, «Zamonaviy axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora 
tadbirlari» haqidagi Prezident qarori orqali, o’z ichiga 21 ta aniq chora-tadbirlarni 
qamrab olgan, 2012-2014 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur tasdiqlandi va 
uning ijrosi maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengashga yuklandi. Vazirlar 
Mahkamasining 2012 yil, 1-noyabrdagi, №313 qarori bilan, Elektron hukumatning 
asosiy interaktiv xizmatlari ro’yxati (reestri) yangilandi (87-band), va nihoyat, bu 


500 
borada, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi, №378 «Interaktiv davlat 
xizmatlari ko’rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog’ida O’zbekiston 
Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida» qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va 
davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda 
ko’maklashish maqsadida, Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali (Yagona 
portal) tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon qilingan nizom 
qabul qilindi. 
Sohadagi bosh me’yori-huquqiy baza sifatida 2015 yil 9-dekabrda qabul 
qilingan 
O’zbekiston 
Respublikasining 
“Elektron hukumat to’g’risidagi 
Qonuni”ning qabul qilinishini yaqqol ko’rsatish mumkin. Mazkur Qonun e’lon 
qilingan kundan e’tiboran 6 oy o’tgach kuchga kirdi. 
Yuqorida eslab o’tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari
O’zbekistonda interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish, 
uni rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni 
yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib, 
aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O’zbek elektron hukumatining huquqiy 
poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan 
ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 2013 
yil, 18-sonli qarori bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda 
jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatish sifatining oshirilishini 
ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa 
qilib belgilandi.

Download 11,41 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston modeli va uning joriy holati. Tarix. Me’yoriy-huquqiy

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish