O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA RAQAMLI
INFRATUZILMANI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy
va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy
etilmoqda.
Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar
tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi
natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini ko‘rsatmoqda.
Raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi
tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy
infratuzilmani qo‘llash maqsadida:
Oldingi
tahrirga qarang.
( 1 — 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y.,
07/21/5187/0686-son)
4. Agentlik va Jamg‘arma yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ikki oy
muddatda samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy
etish uchun zarur texnik bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 —
2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish Konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda
— Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetarli
tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish orqali innovatsion menejmentni joriy etish;
ichki kuch va mablag‘larni safarbar etish, telekommunikatsiya uskunalarini modernizatsiya
qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global
tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;
barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga ishlov berish markazlari
orqali ko‘rsatilishini ta’minlash.
Oldingi
tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli
qaroriga
asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
7. Operatorga:
Oldingi
tahrirga qarang.
faqat o‘z tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga ovozli telefoniya va
internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish huquqisiz xalqaro
telekommunikatsiya tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, “IP-
telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish huquqi berilsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi
PF-34-sonli
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi
PF-34-sonli
Farmoniga
asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y.,
06/21/34/1164-son)
Belgilab qo‘yilsinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori
ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka
razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yo‘nalishda xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan
mutaxassislarga nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xaraktyerga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)
9. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun
hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar
Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.
Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
direktorining birinchi o‘rinbosari D.R. Li zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-noyabr,
PQ-4022-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2018-y., 07/18/4022/2199-son; 31.12.2020-y.,
07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son;
16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
|