501
Tashkillashtirish – elektron hukumat yaratilishini boshlab beradi.
Ushbu
jarayonda davlat muassasalari internet tarmog’ida veb saytlarini yaratadilar. O’ziga
xos “tashrif qog’ozi” vazifasini bajaruvchi ushbu saytlarda, asosan,
davlat
tashkilotlarining vazifalari, uning vakolati doirasida
mamlakatda yuz berayotgan
voqealar va o’zgarishlarni tavsiflovchi yangiliklar, manzil hamda bog’lanish
imkoniyatlari kabi umumiy ma’lumotlar joylashtiriladi.
Axborot ta’minoti bosqichida davlat tashkiloti hamda fuqarolar va xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar o’rtasida rasmiy veb-saytlar orqali “savol-javob” shaklidagi
munosabatlar o’rnatiladi. Bunda murojaat etuvchilar o’z so’rovlarini
saytdagi
maxsus bo’lim, forum yoki elektron pochta orqali yo’llash imkoniyatlari yaratiladi.
Davlat muassasasi tomonidan har bir so’rov “qo’lda” ko’rib chiqiladi,
qayta
ishlanadi, javob tayyorlanadi hamda murojaatchiga yuboriladi.
Tarmoq trankzaksiyalari – elektron hukumat
yaratishning uchinchi
bosqichi bo’lib, uning doirasida aholi va korxonalarga avtomatlashtirilgan xizmat
ko’rsatish yo’lga qo’yiladi, ya’ni kelib tushgan har bir so’rovnoma avtomatik
tarzda ko’rib chiqiladi, unga mos ravishda tegishli javob tayyorlanib murojaatchiga
yo’llanadi.
Integratsiya – elektron hukumat yaratishning yuqori bosqichi bo’lib, davlat
xizmatlari ko’rsatishning yagona integrallashgan
axborot tizimining ishga
tushirilishini taqozo etadi. Buning natijasida bir nechta turdosh bo’lmagan davlat
muassasalarining birgalikdagi ishlashlarini talab qiluvchi murakkab davlat
xizmatlarini avtomatik ravishda ko’rsatish imkoniyatlari yaratiladi.
Barcha mamlakatlar elektron hukumat yaratish jarayonida
turli davrda turli
dasturlarni amalga oshirishadi. Bu mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga,
iqlimiga, iqtisodiy o’sish omillariga bog’liq jarayon hisoblanadi. Shunga ko’ra
davlatlarning elektron hukumat yaratilishi hamda rivojlanishi
turli bosqichlarda
bo’ladi.