496
Bu yo’nalishda, BMT jahonning 193 davlati orasida, elektron hukumatning
amaliyotga joriy qilinish va uning sifat ko’rsatkichi borasida maxsus monitoring va
reyting tizimi yuritib boradi. Reyting natijalari har 2 yilda e’lon qilib boriladi va
2012 yil mart oyida e’lon qilingan «E-Government Survey 2012:
E-Government
for the People» monitoring va reyting natijalariga ko’ra, jahon davlatlari orasida
quyidagi Top-30talik yaqqol yetakchilik qilmoqda:
Mazkur reytingda qatorasiga ikkinchi marotaba, demakki, so’nggi 4 yillikda
(!) Janubiy Koreya davlatining yetakchilik qilayotganini alohida e’tirof etish joiz.
Rasmiy Seulning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasidagi
salmoqli salohiyati va fuqarolarga ko’rsatayotgan interaktiv davlat xizmatlari
darajasi, BMTning soha ekspertlari tomonidan 0.9283 indeksi bilan baholangan.
Umuman olganda esa, mazkur reytingni
shakllantirishda BMT tomonidan,
muayyan davlatdagi elektron hukumat tizimining rivojlanganlik darajasi quyidagi
3 asosiy mezon bo’yicha baholanadi:
1) Davlat tomonidan o’z fuqarolariga ko’rsatilayotgan on-layn interaktiv
xizmatlarning miqyosi va sifati;
2) Axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasining rivojlanish
darajasi;
3) Inson kapitali.
Davlat tomonidan o’z fuqarolariga ko’rsatilayotgan onlayn interaktiv
xizmatlarning
miqyosi va sifati, kontent, interaktiv xizmatlarning foydalanish
imkoniyati darajasi va sifatiga ko’ra, davlat hukumatining asosiy portali, davlat
xizmatlari ko’rsatiladigan asosiy portal, va turli
vazirlik hamda idoralarning
saytlarini baholash orqali aniqlanadi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari infrastrukturasining rivojlanish
darajasi esa, 100 nafar aholi soniga nisbatan simli internet tizimining doimiy
abonent-foydalanuvchilari miqdori; 100 nafar aholi soniga nisbatan statsionar va
mobil aloqa vositalari foydalanuvchilari miqdori;
shuningdek, 100 nafar aholi
497
soniga nisbatan, Keng Polosali Internetga ulanish qurilmalari soniga qarab
belgilanadi.
Inson kapitali borasida esa,
aholining savodxonlik darajasi, hamda, turli
o’quv muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolarning umumiy aholi soniga
nisbatan % miqdoridagi ulushi inobatga olinadi.