Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

36.1.2. Texnologik tamoyillar 
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik 
tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat 
tizimi ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi 
tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N 
(Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor. 
Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak: 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat 
boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli 
davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron 
hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari 
faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar 
amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, 
fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat 
organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda 
yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, 


498 
ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, 
turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar 
bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, 
Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga 
tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza 
masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi 
nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, 
yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil 
rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, 
shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish