469
Ikkinchidan, Davra.uz mashhur ijtimoiy tarmoqlarining eng ommabop va
qulay bo‘lgan elementlari va funksiyalarini o‘zida jamlagan;
Uchinchidan, Davra.uz boshqa ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan salbiy
xarakterdagi ma’lumotlardan yiroq;
To‘rtinchidan, Davra.uz ning qulay mobil ko‘rinishi, undan bemalol mobil
qurilmalar, smartfon va planshetlar orqali foydanish imkoniyatini yaratib beradi.
Davra.uz interfeysi foydalanuvchilar diqqatiga o‘zbek, rus va ingiz tillarida
havola etilgan. Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish ID.UZ tizimi
orqali tashkil etilganligi,
500 mingga yaqin ID.UZ foydalanuvchilarining Davra.uz da ro‘yxatdan o‘tmasdan
avtorizatsiyadan o‘tib, muloqotga kirishish imkoniyatini yaratib beradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, asosiy imkoniyatlar ommabop ijtimoiy
tarmoqlarnikiga juda o‘xshash, bu esa, undan foydalanishda qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Foydalanuvchilar o‘zlarining profillarida, ma’lumotlari va
qiziqishlarini ko‘rsatgan holda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi kabi qiziqishlari
bo‘yicha ma’lumotlarni kuzatib borish, ko‘rsatgan qiziqishlariga
asosan tavsiya
etilgan guruhlar va sahifalarga qo‘shilishlari yoki a’zo bo‘lishlari mumkin.
Foydalanuvchi lentasi ularning do‘stlari nashr qilgan yoki ularga yoqqan,
shuningdek, foydalanuvchi a’zo bo‘lgan guruhlardagi qiziqarli ma’lumotlardan
shakllanadi. Darvoqe, tashkilotlarning o‘z guruhlarini yaratishlari, ular uchun
guruh orqali xodimlari yoki mijozlariga muhim va foydali ma’lumotlarni
yetkazishda juda qulay.
470
34.13-rasm. Davra milliy ijtimoiy tarmog’ining uy sahifasi.
Ijtimoiy tarmoqning funksional qismi ham boshqa taniqli ijtimoiy
tarmoqlardan kam emas – foydalanuvchi uchun qulay menyu,
rasm va video
joylashtirish uchun odatiy tartib, matn postini yaratish, «like» va «share»
tugmachalari, qiziqishlar bo’yicha guruhlarga a’zo bo’lish. Mazkur saytda do’stlar
va tanishlar, hamkasblar va sinfdoshlar qidiruvi, har bir ishtirokchi o’zining
profilida ish va o’qish joyini ko’rsatish imkoniga ham ega. Bir so’z bilan aytganda,
bu yerda ijtimoiy tarmoqlardagi kabi barcha sharoitlar mavjud.
Davra ning foydali va noyob xususiyatlaridan yana biri - fayllarni saqlash va
kerakli manzilga uzatish uchun qulay "Fayl almashish" mexanizmi.
Fayl almashinuvi yordamida xat jildini yaratish va unga faylni yuklash
mumkin, dunyoning har qanday nuqtasidan turib har
qanday qurilmada ijtimoiy
tarmoqdan kelgan fayllarni do’stlarga ulashish va kerakli axborotni saqlash
mumkin.
Fayllarni almashish uchun har bir foydalanuvchi uchun ajratilgan hajm
miqdori - 500 MB, lekin imkoniyatlarni kengaytirish mumkin.
Shunday qilib, biz quyidagi afzalliklarni ko’rishimiz mumkin:
- Sayt tilini tanlash imkoniyati (o’zbek (kirill / lotin), rus);
471
- Qulay yirik shrift, foydalanuvchilar ko’zini toliqtirmaydigan, boshqa
zamonaviy ijtimoiy tarmoqlardagidek tushunib bo’lmaydigan
tugma va
bo’limlardan holi;
- ТAS-IХ tarmog’ida fayl almashinuvini ko’pligi, internet-trafik to’lovini
sezilarli tejash.
Hozir Davra.uz da foydalanuvchilar tomonidan «Potrebiteli.uz»,
«Fotolyubiteli», «O‘zbekiston tarixi va madaniyati», «Layfxaking» guruhlari eng
ommabop bo‘lib turibdi. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi mutaxassislari
tomonidan Internet madaniyatini yanada rivojlantirish va tashviqot qilish
maqsadida yaratilgan «Onlayn tarbiya» guruhi Internet foydalanuvchilari, ayniqsa,
yoshlarga ko‘plab foydali maslahatlarni berib kelmoqda. Tarmoq doirasida ochiq
va yopiq tadbirlarni tashkil etib, ularga do‘stlarni yoki
tanishlarni taklif etish
mumkin. Ijtimoiy tarmoqning Tas-IX hududida joylashganligi foto va
videomateriallarni tezda yuklash hamda tomosha qilish imkoniyatini beradi. Nashr
qilingan havolalar, sahifasidagi yangilik sarlavhasi va undagi fotosuratni avtomatik
tarzda tortib olishi nashrlarning qiziqarli va chiroyli ko‘rinishini ta’minlab beradi.
Sayt egalari esa, saytlaridagi ma’lumotlarni Davrada ulashish imkoniyatini
beruvchi vidjetlarini saytlariga joylashtirishlari mumkin.
472
34.14-rasm. Davra milliy ijtimoiy tarmog’ida mavjud mashhur va faol guruhlar.