3D-printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik,
mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‗zidek
ko‗paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar,
kino yulduzlari, multfilmlar
qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‗yobga chiqarish
imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‗zi, yaqinlarining qiyofalarini
shakllantirsa bo‗ladi.
Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob taqinchoqlar
hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti. Qayd etish
kerakki, eng so‗nggi rusumdagi 3D-printerlar ―siyoh‖
sifatida nafaqat plastik
materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi. Buyurtmachi
esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin.
Bugun 3D-printerlarni qo‗llash sohasi hamda ko‗lami tobora kengayib bormoqda.
Bunda zamondan ortda qolib ketmaslik lozim.
Mamlakatimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
universitetining professor-o‗qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan 3D-printerlar
yordamida qator loyihalar amalga oshirilayotganini alohida ta‘kidlash o‗rinli.
Multimedia texnologiyalari kafedrasi assistenti Jonibek Tojiyev 3D-printer
or-qali
odamdek harakatlana oladigan maxsus robot yaratgan. ―Aql gimnastikasi‖ bo‗lmish
shaxmat o‗ynay oladigan robot, qo‗l protezi ham ana shunday izlanishlar samarasidir.
Bularning barchasi ishlab chiqarish hamda tibbiyotning turli jabhalarida keng
qo‗llanilishi mumkin. Masalan, ―shaxmatchi robot‖ kimyoviy reaksiyalar va fizikaviy
jarayonlarni boshqarishga mo‗ljallangan. Chunki u mantiqiy fikrlay oladi,
vaziyatni
baholash hamda tahlil qilishga qodir.
Yoki odamdek yuradigan robotni olaylik. ―Servo‖ motoridan foydalanilgani tufayli u
bemalol harakatlanib, yo‗ldagi to‗siqlarni aniqlaydi va ularni hatlab o‗ta oladi.
Qolaversa, bu robot hatto to‗p o‗ynashi ham mumkin. Qurilma dasturlashtirilgan
topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin bo‗lgan yoki aholi
salomatligiga xavf solishi mumkin bo‗lgan vazifalarni bajarishda qatnashish
xususiyatiga ega. Kimyo sanoati korxonalarida yoxud favqulodda
holatlar oqibatlarini
bartaraf etishda ham uning xizmatidan foydalanish mumkin.
—
Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu
darajada sho‗ng‗ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida
bosh qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda
sinab
ko‗rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz.
Bunday qurilmalar bir qator oliy ta‘lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos.
Vaholanki, dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz
hozircha tibbiyot sohasida, aniqroq aytadigan bo‗lsak, zamonaviy protezlar
tayyorlashda 3D-printerlardan foydalanishga ko‗proq urg‗u berayapmiz.
Kelajakda istiqbolli yo‗nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‗llash
choralarini ko‗ramiz.
Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy ta‘lim muassasalaridagina
mavjud bo‗lib, ular tor doirada ishlatilayapti. Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-
modellashtirish bo‗yicha kadrlar tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim.
Zero, ushbu sohada dunyo miqyosida talab tobora o‗sib borayapti. Tabiiyki, yaqin
istiqbolda yurtimizda ham unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion ishlanmalar
va ilg‗or texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha jabhasiga joriy qilish
davlatimiz siyosati darajasiga ko‗tarilganligi ham bejiz emas.