-diagramma Jahon sanoatida 3D texnologiyalarning sohalar boʻyicha




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana21.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#247666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3D tenologiyasining imkoniyatlari

1-diagramma Jahon sanoatida 3D texnologiyalarning sohalar boʻyicha 
qoʻllanilishi1 
Ayrim ekspertlarning fikricha yaqin 30 yil ichida har bir xonadonda 3D- printerlar 
mavjud boʻlishi va foydalanuvchi onlayn-magazin orqali kerakli buyum 


3D-printerlar: Kecha tasavvurga sig‗magan narsalar bugun haqiqatga aylanmoqda 
So‗nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib, shunday ixtirolar, innovatsion 
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o‗rin 
olib, yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy texnologiyalar 
kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Binobarin, avvallari xayolimizga 
ham kelmagan narsalar bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barcha jabhasida 
rivojlanishga yo‗l ochmoqda. 
Uzoqqa borishning hojati yo‗q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga uchgan 
edi. Bu insoniyat tarixida misli ko‗rilmagan voqea bo‗lgandi o‗shanda. Bugun esa 
xalqaro kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga safar 
uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To‗g‗ri, ularning ismini hamma ham yoddan 
aytib bera olmasligi mumkin, biroq, eng asosiysi, fazoni o‗zlashtirishda yangidan-
yangi yutuqlar qo‗lga kiritilmoqda. 
Sir emas, hozir hayotimizni muntazam ravishda takomillashtirib borilayotgan 
kompyuter va internetsiz tasavvur etish mushkul. Yaqin-yaqingacha odamlar 
ishxonada zamonaviy kompyuterlarda ishlashni orzu qilgan bo‗lsa, bugun nafaqat 
ofislarda, ayni paytda noutbuklar, netbuklar, planshetlar va ―gadjyet‖lar, deb 
ataladigan boshqa qurilmalar har bir xonadondan o‗rin oldi. 
Hozirgi davr odamlari kompyuterlaru noutbuklarga, smartfonlarga bog‗lanib qolgan. 
Chunki ushbu qurilmalar shunchaki muloqot vositasi emas, balki ko‗p qirrali 
vazifalarni bajarmoqda. Ular orqali qo‗ng‗iroq qilish, xabar yoki rasm yuborish/qabul 
qilish, onlayn xaridni amalga oshirish, yangiliklar bilan tanishish, kerakli 


ma'lumotlarni olish, foto yoki video olish, tomosha qilish, musiqa eshitish, turli 
o‗yinlarni o‗ynash mumkin. 
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng tatbiq 
etilmagan bo‗lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari odamlar 
turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. 
Ana shunday kashfiyotlardan biri shu kunlarda ommaviy axborot vositalarida bot-bot 
tilga olinayotgan 3D-printerlardir. 
Gap shundaki, bizda ―Printerlar faqatgina matn va suratni chop qiladi xolos‖, degan 
fikr shakllanib qolgan. Ammo mutaxassislarning aytishicha, printerlarning 
imkoniyatlari juda keng bo‗lib, yaqin kelajakda mazkur texnologiya jamiyat 
hayotining barcha jabhasida qo‗llaniladi. 
Uning afzalligi shundaki, zarur materiallar hamda dasturiy ta‘minot yordamida uy 
qurish, protez va implantatlar tayyorlash, qimmatbaho esdalik buyumlar, taqinchoqlar 
ishlab chiqarish mumkin. Masalan, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiyada 
ushbu yo‗nalishda amaliy natijalarga erishilgan. Ya‘ni 3D-printerlar turarjoylar hamda 
ularning qismlarini — konstruksiyalari, ichki devorlari, turli shakldagi himoya 
to‗siqlarini hech qanday qoliplarsiz ―chop etmoqda‖. Xususan, Xitoyda uzunligi 150 


metr, kengligi 10 metr bo‗lgan 3D-printer yaratildi. Ushbu qurilma bir necha soat 
ichida balandligi olti metr bo‗lgan binoni ―barpo qilishi mumkin‖. Bunda u ―siyoh‖ 
o‗rnida kuchaytirilgan shisha tolali sementdan foydalanadi. Shunday bo‗lsa-da, 
hozircha bu usulda yirik inshootlarni qurish sinov tariqasida olib borilmoqda. 
Landshaft dizayni va aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kichik arxitektura 
shakllarini tayyorlashda 3D-printerlar imkoniyatidan tobora jadal foydalanilmoqda. 

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-diagramma Jahon sanoatida 3D texnologiyalarning sohalar boʻyicha

Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish