O’zbekistonda 3D-printerlar va robotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi
Toshkentdagi «Yashnobod» texnoparkida 3D-printerlar va
robotlar ishlab chiqarish
yo'lga qo'yildi.
So'nggi yillarda fan-texnika jadal rivojlanib,
shunday ixtirolar, innovatsion
ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar
yaratildiki, ular hayotimizdan chuqur o'rin olib,
yashash sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqdi. Zamonaviy texnologiyalar
kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Binobarin, avvallari xayolimizga
ham kelmagan narsalar
bugun haqiqatga aylanib, jamiyatimizning barcha jabhasida
rivojlanishga yo'l ochmoqda.
Uzoqqa borishning hojati yo'q. 1961 yili 12 aprel kuni Yuriy Gagarin fazoga uchgan
edi. Bu insoniyat tarixida misli ko'rilmagan voqea bo'lgandi o'shanda.
Bugun esa
xalqaro kosmik kemada fazogirlar jamoasi navbatma-navbat koinotga safar
uyushtirishi oddiy holga aylanib ulgurdi. To'g'ri, ularning ismini hamma ham yoddan
aytib
bera olmasligi mumkin, biroq asosiysi, fazoni o'zlashtirishda
yangidan-yangi
yutuqlar qo'lga kiritilmoqda.