Interer dizaynida 3D printerlar ko‘pincha mebellar, dekor elementlari, san‘at




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana21.05.2024
Hajmi1,17 Mb.
#247666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3D tenologiyasining imkoniyatlari

Interer dizaynida 3D printerlar ko‘pincha mebellar, dekor elementlari, san‘at 
buyumlari, lampalar yaratish uchun ishlatiladi 
3D-sensor ilovalariga yuzni tanish funksiyalari qo‗shildi, bu noutbuklar va 
mobil qurilmalar xavfsizligini yaxshilash, raqamli fotosuratlar sifati va ruxsatini 
oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, biometrik skanerlash va boshqa 3D sensor 
ilovalari maishiy elektronika olamini qayta belgilamoqda. 
3D modellashtirish ham ayni paytda qiziqarli va eng ko‗p talab qilinayotgan 
yo‗nalishdir. Bu sohaga qarab, interyer yoki arxitektura vizualizatsiya, 
modellashtirish, 
animatsiya, 
maxsus 
effektlarni 
yaratish 
– kino sanoati, 
multiplikatsiya, o‗yinlarni ishlab chiqish va 3D print yo‗nalishlari bo‗lishi mumkin. 
Har bir vazifa turi uchun maxsus dasturiy ta‗minotlar ishlab chiqilgan va ularning soni 
juda ko‗p. Aniq bir reja bo‗lsa, dastur tanlash shunchalik oson bo‗ladi. 
Ushbu maqola doirasida barcha paketlarni tahlil qilib chiqish mumkin emas, 
shuning uchun biz dunyo tendensiyasidagilarni to‗pladik. 4 ta universal dasturlardan 
boshlaymiz: Blender, 3dsMax, Maya va Cinema 4D. Ularning har birida ob‗ekt va 
personaj modellarini yaratish, sahnani yig‗ish, yorug‗lik va materiallarni sozlash, 
animatsiya qo‗shish, renderda yakuniy rasm yoki videoni ko‗rish mumkin. 
3ds max. O‗yin va kino san‗ati, sanoat ishlab chiqarish, interyer dizayn kabi 
sohalarda keng qo‗llaniladigan Autodesk tomonidan yaratilgan kuchli 3D 
modellashtirish muhiti. Bu sizga har qanday darajadagi detallashtirilgan real modellar 
Va hajmli animatsiyalarni yaratish, minglab ob‗ektlar bilan eng murakkab 
sahnalarni yaratish, turli muhitlar va qismlarni o‗xshatish, teksturalarni qo‗llash va 
o‗rnatilgan Arnold komponentida nurli kuzatuv renderini amalga oshirish imkonini 
beradi. Shuni ta‗kidlash kerakki, Arnold renderi yordamida ―Pacific Rim‖ 
(Тихоокеанский рубеж) va 
―Gravity‖ (Гравитация) filmlar uchun grafikalar yaratilgan. 
3D Max modellashtirishni osonlashtiradigan turli xil modifikatorlarning katta 
kutubxonasiga ega. Ushbu dastur keng professional vositalar to‗plamini taklif etadi. 
Shuning uchun uni o‗rganishga o‗quv materiallar yetarlicha. Bundan tashqari 
AutoCAD bilan yaxshi integratsiyalashgan. Faqat 3ds Max macOS tizimida qo‗llab- 
quvvatlanmaydi. 


Maya. Katta hajmdagi modellarni, animatsiyalarni, simulyatsiyalarni tayyorlash, 
murakkab sahnalarni ko‗rsatish uchun Autodeskning yana bir mashhur mahsuloti. 
Maya asosan o‗yinlar, maxsus effektlar va kinematik ko‗rinishlarni yaratadigan 3D 
dizaynerlar va rassomlar tomonidan qo‗llaniladi. Dasturda siz kuchli portlashlarni, 
kiyim yoki sochlarning real harakatini, kichik to‗lqinlar bilan suv yuzasini yoki 
o‗qning otilishini modellashtirish mumkin – buning uchun maxsus uskunalar va 
modullar mavjud. Shu kabi Maya modellashtirish va vizualizatsiya vositalariga ega, 
ammo uning eng kuchli tomoni personajlar animatsiyasidir. Ko‗pincha ZBrush bilan 
birgalikda ishlatiladi. U barcha asosiy animatsiya va o‗yin studiyalarida, jumladan 
Disney va Naughty Dogda qo‗llaniladi. Maya shuningdek, Magic the Gathering 
treylerini yaratishda ham ishlatilgan. 
Blender. 3D grafika va 2D animatsiya bilan ishlash uchun bepul, ammo kuchli 
vosita. U modellashtirish va haykaltaroshlik, renderlash, post-processing va video 
tahrirlash vositalarini amalga oshiradi. Aynan Blender 3D modellashtirish va 
haykaltaroshlik uskunalari assortimentiga egaligi bilan alohida ajralib turadi va pullik 
modellashtirish dasturiga munosib alternativ hisoblanadi. Soch, jun va hatto mato 
simulyatsiyasini yaratish uchun vositalar, qattiq va yumshoq jismlar dinamikasi uchun 
uskunalar, modellarda teksturalarni chizish, o‘yinlarda mantiqni yaratish va vazifalarni 
avtomatlashtirish uchun Python qo‗llab-quvvatlashi mavjud. O‗quv materiallarini 
topish qiyin emas. Dastur frilanserlar va kichik studiyalar tomonidan sevib 
ishlatilinadi. Ammo katta studiyalar kamdan-kam hollarda boshqa dasturlarga nisbatan 
Blenderni bilishni talab qiladi. Shunga qaramasdan, Blender yordamida yaratilgan 
―Spring‖ qisqa metrajli filmi ko‗pchillikning diqqatini tortgan. 
Cinema 4D. Dastur modellashtirish (arxitektura va interyerni modellashtirish 
uchun mos emas), haykaltaroshlik, chizish, kompozitsiya yaratish, treking va 
animatsiyani, shuningdek, murakkab animatsiyalarni yaratish va jismoniy 
xususiyatlarni (ishqalanish, sirpanish, almashinuv) o‗xshatishga, yuqori sifatli 
renderni, g‗ayrioddiy uch o‗lchovli effektlarni real amalga oshirish imkonini beradi. 
Cinema 4D motion dizaynerlari tomonidan juda yaxshi ko‘rilib foydalaniladi. Bunga 
sabab o‗rnatilgan MoGraph animatsiya moduli va Adobe mahsulotlari, xususan After 
Effects 
Bilan mukammal integratsiyalashgani tufayli. Ushbu dastur dastlab motion 
dizayn uchun, filmlar va o‘yinlar uchun modellar va animatsiyalarni yaratish uchun 
ishlab chiqilgan. Ammo oddiy interfeys va past tizim talablari tufayli Cinema 4D 
reklama dunyosini ham zabt etdi. Bu borasida ko‗plab darsliklar, videolar va 
Cineversity o‗quv sayti ham mavjud. 
Zbrush. ―Raqamlashtirilgan loy‖ iborasini eshitganmisiz? Bu Pixologic 
kompaniyasining 
ZBrush 
dasturi 
haqida. 

modellashtirishni 
haqiqiy 


haykaltaroshning ishiga aylantiradi. Tom ma‗noda kerakli 3D modelni haykal 
ko‗rinishida yasash mumkin. ZBrush organik shakllarni yaratish uchun juda mos 
keladi: hayvonlar, personajlar, o‗simliklar. Boshqa paketlarda 3D animatsiyalarni 
yaratish uchun modellarni yaratish, optimallashtirish va eksport qilish imkonini beradi. 
Bundan tashqari, UV xaritalarini yaratish va teksturalarni bo‗yash uchun ham 
foydalanish mumkin. O‗yin ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Biz o‗ynagan hamma 
o‗yinlar 90% I ZBrush da amalga oshirilgan. Renderga tayyor kiyim va rekvizitlar 
yordamida butun figuralarni yaratishingiz mumkin. Ushbu dastur 3D print ishqibozlari 
orasida mashhur. U 3D printerda o‗yinchoqlar va figuralarni chop etish imkonini 
beruvchi maxsus vositalarni o‗z ichiga oladi. 
Houdini. Ko‗rib chiqilayotgan dasturlar orasida Houdini o‗rganish eng qiyini, 
bu nafaqat 3D grafik dasturi, balki vizual dasturlash muhiti. Shu bilan birga, u eng 
yaxshi natijalarni ko‗rsatadi. Professional dastur blokbasterlar, o‗yinlar va VR uchun 
grafikalar uchun maxsus effektlarni yaratadi, shuningdek, motion dizayn va video 
VFX uchun ishlatiladi. Uning asosiy farqi – o‗rnatilgan vizual dasturlash muhiti: 
modellashni osonlashtirish uchun siz bloklardan kod yaratishingiz mumkin. Houdini 
da ―Game of Thrones‖ (Игра престолов) va ―Moana‖ uchun grafikalar, Far Cry 5 
uchun muhit, Xiaomi va Audi uchun reklama yaratilgan. 
AutoCad. 3D modellar va chizmalarni yaratish uchun kompyuter yordamida 
loyihalash tizimi. Unda murakkab loyihalarni yaratish, ularni oddiy komponentlarga 
ajratish, belgilar qo‗shish va ularni yerdagi haqiqiy koordinatalar bilan bog‗lash qulay. 
Dastur qurilish, mashinasozlik va boshqa sohalarda keng qo‗llaniladi. Startapchilar va 
ishqibozlar bu yerda 3D print yoki lazer bilan kesish uchun kichik modellarni ham 
yaratadilar. AutoCAD da 3D skanerlash natijalari bilan ham ishlashingiz mumkin. 
3D bilan ishlash murakkab vazifa bo‗lib, u modellarni yaratish bilan 
cheklanmaydi. Maksimal lol qoldiradigan natijaga erishish uchun maxsus qayta 
ishlash dasturidan foydalaniladi. Masalan, teksturalar uchun Substance Painter, 
materiallar uchun Substance Designer, real vaqtda renderlash uchun Marmoset 
Toolbag 4 va KeyShot. 
Bundan tashqari aytib o‗tganimizdek, 3D texnologiya hamma sohaga aloqador. 
Marvelous Designer nomli dasturni ham ko‗rishimiz mumkin. Marvelous Designer 
mato va teridan kiyim va boshqa mahsulotlarning uch o‘lchovli elementlarini yaratish 
dasturi: pardalar, choyshablar, divan qoplamalari va boshqalar. 
Bugungi kun bizni turli texnika va ilmiy yutuqlar yordamida taqdim etilgan 
dunyoga yangicha qarashga majbur qiladi. 3D texnologiyasi yaqin kelajakda deyarli 
barcha sohalarga sezilarli ta‗sir ko‗rsatadi. 3D texnologiyasi asosida qismlarni ishlab 
chiqarish va ob‗ektlarni qurish bo‗yicha xorijiy va mahalliy tajriba uning maqsadga 


muvofiqligini ko‗rsatdi, shuning uchun uni yanada rivojlantirish tavsiya etilmoqda. 
Sababini 3D texnologiyalarning asosiy jarayonlarga ta‗sir qilishida ko‗rishimiz 
mumkin: Mahsulotni ishlab chiqarish kamroq vaqt talab etadi; talab va daromad 
manbalari o‗zgaradi; yangi raqobat muhiti paydo bo‗ladi; yangi imkoniyatlar: 3D 
ishlab chiqarish imkonsiz chegaralarni deyarli yo‗q qiladi, cheksiz tasavvur parvozini 
ta‗minlaydi va turli sohalarda amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu 
to‗g‗risida yuqorida ko‗rib chiqildi. Ya‗ni har bir sohadagi o‗rniyu natijalarini ko‗rib 
chiqildi. Shundan so‗nggi yillardagi tendentsiya 3D printerga aylanganligini bilib 
oldik. 3D printerlardan foydalanish modellashtirish, fizika, matematika va dasturlash 
bo‗yicha zarur bilimlarning butun majmuasini birlashtiradi. 3D bosib chiqarish kuchli 
ta‗lim vositasi bo‗lib, bolaga nafaqat tayyor mahsulotdan foydalanish, balki o‗zi uchun 
yaratishni o‗rgatish mumkin. 
Bugungi kunda 3D bosib chiqarish iqtisodiy faoliyatning turli turlari vakillari 
uchun katta qiziqish uyg‗otmoqda. 2021 yilda global 3D bosib chiqarish bozori 15 
milliard dollarga yetgandi va 2030 yilga kelib taxminan 100 milliard dollarga yetishi 
kutilmoqda. Ekspertlarning fikricha, 3D bosib chiqarish dunyo bozori keyingi o‗n 
yillikda ham o‗sish davom etish tendentsiyasini ko‗rsatmoqda. Birinchi 3D printerlar 
paydo bo‗lganidan beri o‗tgan juda qisqa vaqt ichida odamlar idish-tovoq, kiyim- 
kechak, o‗yinchoqlar, printer uchun sarflanadigan materiallar va printerlarni o‗zlari, 
mashinalar va hatto inson a‗zolari va to‗qimalarini, shuningdek zargarlik buyumlarini 
chop etishni o‗rgandilar. 3D bosib chiqarish texnologiyasini rivojlantirishning 
navbatdagi bosqichi qurilish konstruksiyalari va turar-joy binolarini bosib chiqarish 
edi. 3D texnologiyalaridan foydalanish deyarli har qanday shakldagi binolarni 
qurishga imkon beradi, birinchi navbatda, bu dizaynerlar va arxitektorlarga o‘zlariga 
ma‘lum chegara qo‗ymasliklariga, erkin fikrlash imkoniyatini beradi. 3D 
texnologiyalaridan foydalanishda ochiladigan navbatdagi imkoniyat bu tezlikdir. 
Masalan, Shanxayda bir kunda har biri 200 kvadrat metr maydonga ega o‗nta 3D-
bosma uy qurildi. Uylarni loyihalashda kompyuter modellashtirishdan foydalanib, 
izolyatsiyalash, quvurlar, elektr simlari va deraza bloklari uchun ulagichlarni yotqizish 
mumkin. 
3D prototiplash tufayli yangi mahsulotlarning maketlari katta sarmoyasiz, 
qimmatbaho uskunalarni jalb qilmasdan tayyorlanishiga, bu esa mahsulotni ishlab 
chiqarish vaqtini qisqartirish va uning tannarxini pasayishiga olib keladi. 



Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interer dizaynida 3D printerlar ko‘pincha mebellar, dekor elementlari, san‘at

Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish