Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 1.5 Mb.
bet2/14
Sana18.06.2022
Hajmi1.5 Mb.
#23998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Loyiha (2)
1bef2a730d402c0d2e0e08b0ced7f663
KALENDAR — yil, oy va kunlar, hafta kunlari, asosiy bayramlar haqidagi axborotlardan iborat, baʼzan astronomik maʼlumotlar ham beriladigan bosma nashr. Kalendar kitobcha, jurnal, sovga va reklama albomlari, yirtma va varaklama jadval, plakat va b. shakllarda nashr etiladi. Qad. Rimda qarz daftarlari Kalendar deyilgan, unga qarz beruvchi har oyning dastlabki kunlarida kiritiladigan foizlar — kalendarni (nomi shundan olingan) yozib borgan. Bizgacha maʼlum boʻlgan eng qad. Rim K. ga mil. 354 sanasi qoʻyilgan. Oʻrta asrlarda Kalendar nashri bilan cherkov shugʻullangan, 14-a. dan Yevropada dunyoviy mazmundagi Kalendar paydo boʻldi. Bunday Kalendar larda yilning fasl va oylari, yulduzlar turkumi va b. ni jadval tarzida koʻrsatish rasm boʻlgan. Bunday Kalendarlar musulmon mamlakatlarida ham keng tarqalgan (q. Zijlar). Kitob bosish ixtiro etilishi bilan turli mamlakatlarda bosma Kalendarlar ham tayyorlana boshlandi. Oʻzbek tilida birinchi bosma Kalendar Shohimardon Ibrohimov tomonidan tuzilib, 1871-y. Toshkentda Turkiston harbiy okrugi bosmaxonasida chiqarilgan (uning 1872-y. 2-nashri Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida saqlanadi). Bu K. da astronomik maʼlumotlardan tashkari yarmarka-bozorlar, davlat banki boʻlimlari, Turkiston va Rossiyadagi shaharlarga olib boriladigan yoʻllar, sud nizomlari, pochta aloqasi tartib-qoidalari, baxtsiz hodisalar roʻy berganda koʻrsatiladigan birinchi tibbiy yordam va sh. k. haqida maʼlumotlar keltirilgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Oʻzbekistonda, asosan, jadval Kalendarlar nashr etilgan. «Choʻntak kalendari» chiqarilgan (1966-67). 1963-y. dan boshlab «Oʻzbekiston» nashriyotida muntazam ravishda (faqat 1973-y. da chiqmadi) «Oʻzbekcha kalendar» (tuzuvchilar: Meli Joʻra, Komiljon Abdullayev) nashr etilib, adadi 400 mingga yetgan (1963—83). Keyin shunday Kalendarni Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida tashkil etilgan kalendar boʻlimi chiqardi (1983—89). «Oʻzbekiston» nashriyotida 1994-y. dan muntazam varaklama kalendar, plakat kalendar chiqarilmoqda. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasi yillik musulmonlar yili taqvimi (musulmonlar kalendarini chiqargan (1943-y. dan). Hoz. «Movarounnahr» nashriyoti yilning har choragi uchun alohida «Musulmonlar taqvim kitobi» chiqarmoqda (1977-y. dan). Unda quyosh chiqishi va botishi, tush, qibla yoʻnalishi hijriy sana va namoz vaqtlari koʻrsatiladi. «Movarounnahr» nashriyotida har yili «Ramazon» taqvimi ham chiqadi. Unda roʻza tutiladigan kunlar, saharlik va iftorlik vaqtlari koʻrsatiladi.



Download 1.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 1.5 Mb.