1.2. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari sohasida respublikamizda amalga
oshirilayotgan ishlar
So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy
sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi. Jumladan, Respublikada iqtisodiyot barqaror o‘sishini ta’minlashga va
aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan
talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika,
ko‘mir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi
amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining mavjud quvvatlari energiya
resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni to‘liq darajada ta’minlamayapti,
mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning
o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqoridir.
Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta
tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyasi umumiy hajmining atigi o‘n foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta
salohiyat mavjud quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
imkoniyatlaridan to‘liq darajada foydalanish zarurdir.
Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan
salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi
texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi
13
SHaxobiddin
ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona
va samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunida qator imtiyoz va preferensiyalar
berilgan, shu jumladan quyidagilar:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha
turlarini to‘lashdan;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt
va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan
e’tiboran o‘n yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band
bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan; ishlab turgan energetika
resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan yashash uchun mo‘ljallangan joylarda
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘ini
to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari 2017 yil 8 noyabrdagi «Energiya resurslaridan oqilona
foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3379-son qarori bilan
o‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2018 yil 1 yanvardan boshlab:
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‘p
kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va
foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor
texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga
muvofiqligi tekshiriladi; yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va
inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti
uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya
tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
14
SHaxobiddin
O‘zbekiston Respublikasida 2019-2022 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va
ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi
texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
kompleks dasturi muvofiq quyidagilarni amalga oshirilmoqda:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadida
iste’mol ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy
hajmining 25 foizga etkazish; mintaqalarda ijtimoiy soha ob’yektlarini (ta’lim
muassasalari, shu jumladan maktabgacha ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash
ob’yektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash;
xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (o‘rtacha 2 kVt) va
quyosh suv isitkichlarini (o‘rtacha 200 litr) o‘rnatish; maishiy iste’molchilarning,
shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-
gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga
almashtirish belgilangan.
Iqtisodiyotning energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali
ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya
resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilg‘i balansini diversifikatsiyalash. Bunda
an’anaviy yoqilg‘i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish
hisobiga ularning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini
kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab
chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga
oshirish, sanoat faoliyati hududlarining ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi.
Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs
sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalarni keng
joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
15
SHaxobiddin
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning
sanoat turlarini olishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu uglevodorodlarning
o‘rnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, jumladan, polimerlar,
yoqilg‘ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Xususan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi,
“O‘zbekgidroenergo” AJ, Xalqaro quyosh energiyasi instituti, “O‘zbekenergo” AJ
Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan
foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi
sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan
o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil etish asosida
iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini
maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
rejasini ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi
belgilangan.
Bundan tashqari, energiyani tejaydigan texnologiyalarning kirib kelishini
kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlari berish hisobiga qayta tiklanuvchi
manbalardan energiya hosil qiluvchi uskunalarni qo‘llagan holda, energiyadan
foydalanishni rag‘batlantirish; qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan
oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish,
shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan
barqaror ta’minlab borish; qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya
iste’moli jihatidan samarador texnologiyalarni transfer qilish, ushbu sohadagi
uskunalar va butlovchi qismlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish; aholi uchun
kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini ta’minlash, ayniqsa, uzoq qishloq
hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirish.
16
SHaxobiddin
Bugun jahon ilm-fani qayta tiklanuvchi energiya manbalarini izlab topish,
yaratish, foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari
olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Nima uchun? Chunki bosqichma-bosqich
qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga o‘tilmas ekan, tabiiy boyliklarimiz
bo‘lgan neft, gaz zaxiralari tugashi natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan
yuzma-yuz keladi.
|