10
SHaxobiddin
Ayrim mamlakatlarda undan fermentatsiya usuli bilan suyuq yonilg‘i xususan,
etanolni ishlab chiqaradi. Misol uchun Braziliyada, o‘simlik massasidan katta
miqdordagi etil spirti olinadi va bu mamlakatdagi avtomobil yoqilg‘isiga bo‘lgan
ehtiyojining to‘liq qanoatlantiradi. Etanolni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish
uchun zarur bo‘lgan xom-ashyo asosan shakarqamishdir.
Shakarqamish fotosintez jarayonida faol ishtirok etadi va ishlov beriladigan
har bir gektar yer maydoni hisobiga boshqa o‘simliklarga nisbatan ko‘proq energiya
ishlab chiqaradi.
Ayni paytda uni ishlab chiqarish Braziliyada 8,4 mln tonnani tashkil etadi va u
5,6 mln. tonna yuqori sifatli benzinga to‘g‘ri keladi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida
avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlash uchun makkajo‘xori(kukuruza)dan 10%
gacha etanoli bo‘lgan