• Respublikamizning qayta tiklanuvchan energiya manbalari bo‘yicha salohiyat ko‘rsatkichlari
  • O‘zbekistonda qayta tiklanaligan energiya manbalarining texnik imkoniyat ko‘rsatkichlari
  • O‘zbekiston hududidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining potensial energiya zaxiralari, (mln. kVt soat/yil).
  •  O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/7
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #248812
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Nazariy qism

    1.3. O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
    energetik potensiali
    O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega.
    Bu qariyb 51.0 milliard t.n.e. iqdorida baholanmoqda (1.9- rasm).
    1.9-rasm.
    Respublikamizning qayta tiklanuvchan energiya manbalari bo‘yicha
    salohiyat ko‘rsatkichlari
    Bugungi kunda dunyodagi mavjud texnika va texnologiyalar 179,0 million t.n.e.
    foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakatda qazilma yoqilg‘ini qazib olish
    bo‘yicha yillik joriy miqdordan uch marta ko‘pdir (1.10-rasm).


    17
    SHaxobiddin
    1.10-rasm.
    O‘zbekistonda qayta tiklanaligan energiya manbalarining texnik
    imkoniyat ko‘rsatkichlari
    Ayni paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy salohiyati
    baholanmagan. Texnik salohiyat biomassa resurslari - o‘simlikshunoslik, chorvachilik,
    sanoat va maishiy chiqindilar hisobga olinmasdan baholangan. Aslida bu salohiyat
    yaqin kelajakda baholanishi lozim. Masalan, paxta ekilgan bir gektar maydondan 2
    tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olish mumkin, bu esa faqat
    g‘o‘zapoya resurslari 1-2 million t.n.e. tashkil etishi mumkin.
    Qayta tiklanadigan barcha energiya manbalarining katta miqdordagi
    salohiyatining mavjudligi qayta tiklanadigan energetikani muvaffaqiyatli
    rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi.
    O‘zbekistonda qulay iqtisodiy
    muhitning yaratilishi esa ushbu texnik salohiyatning sezilarli qismini o‘zlashtirish
    imkonini beradi (1.1-jadval).
    1.1- O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati
    Salohiyat
    Jami
    (mln.t.n.e.)
    Shu jumladan energiya (mln.t.n.e.)
    gidro
    quyosh shamol geotermal suv
    Yalpi
    50984,6
    9,2
    50973,0
    2,2
    0,2
    Texnik
    179,0
    1,8
    176,8
    0,4
    -
    O‘zlashtirilgan
    0,6
    0,6
    -
    -
    -
    Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)dan foydalanish ahamiyati roli
    baholaganda ma’lum haqiqat – Yerdagi organik yoqilg‘ilar zaxirasining tugallanishini,
    ularning hamma tezlashadigan sarflash sur’atlarini oshishi va shuning bilan birga
    alternativ energiya manbalarini izlash zaruratini, shuningdek, yoqilg‘ienergetik
    resurslar tejashning qattiq tartibini amalga oshirishni hisobga olish zarur.


    18
    SHaxobiddin
    Bir qator ilmiy va texnik isbotlangan va qandaydir darajada bu muammoni
    echishning raqobatlashuvchi yo‘nalishlari mavjud. Kelajak nuqtai nazaridan ma’lum
    rivojlanish bosqichida hozir eng iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan yo‘nalishni
    ma’qul ko‘rib, yangi energiya manbalarini izlashning barcha yo‘nalishlarini
    rivojlantirish zarurati bor.
    U yoki bu darajada energetika bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy
    muammolarni yechish yo‘llaridan biri mahalliy energiya resurslari (rivojlangan
    infrastrukturali tumanlardagi ko‘mir, gaz, neft kichik zaxiralari)ni aktiv o‘zlashtirish
    shuningdek, O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan ekologik havfsiz tiklanuvchi
    energiya manbalaridan masshtabli foydalanish hisoblanadi.
    Tiklanuvchi energiya manbalari tushunchasiga quyidagi energiya shakllari
    kiradi: quyosh, geotermal, shamol, dengiz to‘lqinlari energiyasi, oqimlar, bo‘g‘ozlar
    va okean, biomassa energiyasi, gidroenergiya, past potensialli issiqlik energiyasi va
    tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari.
    Shartli ravishda QTEMlarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan:
    -
    Odatiy: 30 MVt dan ko‘proq quvvatga ega gidroelektrostansiyalar yordamida
    elektr energiyaga aylantiriladigan gidravlik energiya, odatiy yondirish usullari bilan
    (o‘tin, torf va pech yoqilg‘isining boshqa turlari issiqlik olish uchun ishlatiladigan
    biomassa energiyasi hamda geotermal energiya.
    -
    Noodatiy: quyosh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz to‘lqinlari, oqimlar,
    bo‘g‘ozlar energiyasi, kichik va mikroGESlar tomonidan ishlatiladigan energiya turiga
    aylanadigan gidravlik energiya, odatiy usullar bilan issiqliq olish uchun
    ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik energiyasi va tiklanuvchi
    energiyaning boshqa «yangi» turlari.
    QTEMlarning potensial zaxiralari valli, texnik va iqtisodiyga bo‘linadi.


    19
    SHaxobiddin
    QTEMning valli potensiali – berilgan QTEM turi tarkibidagi foydali
    ishlatilayotgan energiyaga to‘la aylantirib borganda tarkibidagi o‘rtacha yillik
    energiya hajmi.
    QTEMning texnik potensiali – valli potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydali
    energiyaga aylanishi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga amal qilishda
    texnik vositalarni berilgan rivojlanish darajasida mumkin bo‘ladi (1.11-rasm).
    1.11-rasm.
    O‘zbekiston hududidagi qayta tiklanuvchi energiya
    manbalarining potensial energiya zaxiralari, (mln. kVt soat/yil).
    QTEMning iqtisodiy potensiali-texnik potensialning bir qismi bo‘lib, uni
    foydalaniladigan energiya aylanishiga berilgan narx, qazib olinayotgan yoqilg‘i,
    issiqlik va elektr energiyasi, jihozlar, materiallar va transport xizmatlari hamda
    mehnat narxi darajasida iqtisodiy tarafdan maqsadga muvofiq bo‘ladi va h.k.


    20
    SHaxobiddin

    Download 0,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining

    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish