Kommutatsion apparatlar




Download 27 Kb.
bet3/6
Sana11.06.2023
Hajmi27 Kb.
#71899
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shoxrux
Og\'abek, Atabek, Yusupov Hudoshukur, Atabek
Avtomatik uzgich
5.2-a rasmda A3700 rusumli avtomatik uzgichning umumiy ko‘rinishi tasvirlangan. 5.2-b rasmdagi statik holat avtomatik uzgichning uzilgan holati bo‘lib, bosh kontaktlar (3 ) va (4 ) ochiq, kommutatsiya toki esa uzuvchi kontaktlar (1 ) ning parallel zanjiri orqali o‘tmoqda. Bunday kommutatsiya tufayli bosh kontaktlarda yoy vujudga kelmaydi va kontaktlarning kuyishi oldi olinadi. Bosh kontaktlar yetarlicha ajralganida uzuvchi (yoy so‘ndiruvchi) kontaktlar (1 ) ajraladi. Tok zanjirining kommutatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan yoy so‘ndiruvchi kamerada so‘nadi. Ishonchli kontakt hosil bo‘lishi uchun uzuvchi va bosh kontaktlarga kontakt prujinalari (2 ) o‘rnatilgan.
Avtomatni ulash uchun dastak (11 ) ni bosish (dastakli yuritma) yoki elektromagnit (10 ) ga kuchlanish berish (masofadan ulash) kerak, bu elektromagnit richaglar (12 ) yordamida asosiy ko‘taruvchi detal (5 ) ni ish holatiga buradi. Shunda uzuvchi prujina (13 ) cho‘ziladi va butun tizim ilgak (6 ) da turadi.
Bosh kontaktlar (3 ) va (4 ) orqali qisqa tutashuv toki o‘tganida maksimal ajratkich g‘altagi (8) qo‘zg‘aluvchan o‘zakli g‘altakka ta’sir qiladi va ilgak (6 ) ni urib chiqaradi va prujina (13 ) kommutatsiyalovchi zanjirni uzadi.
Minimal ajratkich tarmoq kuchlanishi beriladigan g‘altak (9 ) ga va prujinaga ega. Tarmoq kuchlanishi nominal bo‘lganida ularning kuchlari muvozanatlashadi va solenoid shtoki avtomatning uzilishiga ta’sir qilmaydi. Tarmoq kuchlanishi pasayganida qo‘zg‘aluvchan o‘zak hosil qilayotgan kuch yetarli bo‘lmaydi va uning shtogi prujina ta’sirida ilgak (6 ) ni urib chiqaradi. Avtomatda, shuningdek, elektr jihozlarni knopka yordamida masofadan turib to‘xtatish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Avtomatlar elektromagnitli yoki issiqlik ajratkichga ega hamda issiqlik va elektromagnit elementlari bo‘lgan kombinatsiyalangan ajratkichga ega bo‘lishi ham mumkin. Avtomatik uzgichlarda elektromagnitli yoki issiqlik ajratkich-larning bo‘lishi, ularning kichik quvvatli motorlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmoqqa ulab ishga tushirish va motorlarni o‘ta yuklanish tokidan himoya qilish sxemalarida keng qo‘llanishiga asos bo‘ladi.
Eruvchan saqlagichlar
Elektr zanjirlarni qisqa tutashuv va maksimal toklardan himoya qiluvchi eng ko‘p tarqalgan usul bu eruvchan saqlagichlarni qo‘llashdir.
5.3-rasmda eruvchan saqlagichlarning tarkibiy tuzilish sxemasi keltirilgan bo‘lib, bu yerda 1 — izolatsiyalovchi naycha, 2 — chiqish pichoqlari, 3 — qalpoqchalar, 4 — eruvchi quyma, 5 — to‘ldirgich (masalan, har xil kvars qumlari). Saqlagichning asosiy elementi bu rux va misdan tayyorlanadigan eruvchi quymadir.
Saqlagichlarning ishlashi elektr tokining issiqlik ta’siriga asoslangan. Elektr zanjirdan ruxsat etilgandan katta tok o‘tganida eruvchi quymaning ingichka qismi tez qiziydi, eriydi va uziladi, bu bilan elektr zanjirni tarmoqdan uzib qo‘yadi.

Download 27 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27 Kb.