• 2-rasm. Switchning umumiy ko’rinishi Foydalanigan adabiyotlar
  • Kommutatsiya va marshrutizatsiya fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Avazova Oygul Tekshirdi




    Download 233,89 Kb.
    bet2/2
    Sana04.01.2024
    Hajmi233,89 Kb.
    #129898
    1   2
    Bog'liq
    kommutatsiya mi2
    Toʻlov balansi (Mamatov Qodirali), Diyorbek, 28-22 guruh, tarmoqnidasturlashasoslari2, 7-s-b-t-2-1, 4 ma\'ruza.Kompleks oʻzgaruvchili funksiyalar, ularning aniqlanish sohasi. Kompleks oʻzgaruvchili funksiya limiti va uzluksizligi, Berilganlar bazasi, Aziz, Savollar, tarmoq xavsizligi 2
    Switch (Kommutator) - bu tarmoqdagi barcha qurilmalarni ma'lumotlarini boshqa qurilmaga uzatish uchun birlashtiradigan tarmoq qurilmasi. Kommutator xabga qaraganda yaxshiroq, chunki u xabarni tarmoq orqali uzatmaydi, ya'ni xabarni tegishli bo'lgan qurilmaga yuboradi. Kommutator xabarni to'g'ridan-to'g'ri manbadan belgilangan joyga yuboradi.
    Switch – bir qancha segmentni birlashtiruvchi tarmoq kommutatoridir. Kommutator OSI modelining 2 - pag’onasiga mos keladi.
    Tarmoq administratori tili bilan switch – bu kommutator, bridge (most) deb ham ataladi. Signal uzatish tezligi 10/100/1000 Mbit/s bo’ladi. Shu bilan birga kommutatorlarni bir – biri bilan bog’lash uchun alohida 2/10 Gbit/s tezlikdagi portlar ham mavjud bo’lib, to’liq dupleks rejimda ishlaydi. Bu rejimda ma’lumot bir vaqtda ikkala yo’nalish bo’yicha ham uzatilishi mumkin.
    Telefon yordamida gaplashishni bunga o’xshatish mumkun. Bunday ma’lumot almashinish rejimi yirik kompyuter tizimlarida qo’llaniladi. Bu rejimdan ba’zi yangi modem turlarida va Microsoft Netmeeting kabi programmalar bilan ishlayotganda ham foydalanish mumkin. Microsoft Netmeeting - videokonferentsiyalar uchun dastur bo’lib, ikki yoki undan ortiq konferentsiya qatnashchilari o'rtasida audio va video aloqalarni tashkil qilish imkonini beradi. U ma’lumotni nusxasini barcha portlarga yubormaydi. Aksincha paketda qabul qiluvchining adresi bo’yicha signalni jo’natadi. Kommutator tarmoqdagi kompyuterlarning MAС manzilini (Media Access Control - vositaga kirishni boshqarish - har bir faol uskunaning birligiga yoki kompyuter Ethernet tarmoqlarida ba'zi interfeyslarga biriktirilgan noyob identifikator. Ethernet – Lokal tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib, 10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish imkoniyatiga egadir. Ethernetning yutug’i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir. Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir.) o’zining xotirasidagi jadvalda bir qancha muddatga saqlab qoladi. Bu esa paketlarni uzatilish tezligi, ishonchliligi va xavfsizligini oshiradi. Kommutator bufer xotirasida qabul qilgan signalni saqlab turadi. Kommutatorlar boshqariluvchi va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. Boshqariluvchi kommutatorning har bir portini alohida segmentga biriktirish mumkin. Kommutator 48 portga ega bo’lsa, uning juft raqamli portlarini 192.168.x.x ga, toq raqamli portlarini 172.57.x.x ga biriktirish mumkin. Yoki bo’lmasa 10 – portni 20 – portga translyastiya qilish mumkin. Umuman olganda kommutatorlarning imkoniyatlari doirasi keng. Ularni turli sohalarda, turli maqsadlarda qo’llash mumkin. Kommutatorlar yordamida WLAN (Wireless Local Area Network – Simsiz Lokal Tarmoq) hosil qilish mumkin. WLAN yordamida katta tarmoqlarni boshqarish yanada osonlashadi.
    2-rasm. Switchning umumiy ko’rinishi
    Foydalanigan adabiyotlar:

    1. www.wikipedia.org | Jahon ensiklopediyasi

    2. www.uzinfocom.uz

    3. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali TI kafedrasi Internet tarmoqlari va xizmatlari fanidan ma’ruzalar matni.

    Download 233,89 Kb.
    1   2




    Download 233,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommutatsiya va marshrutizatsiya fanidan Mustaqil ishi Bajardi: Avazova Oygul Tekshirdi

    Download 233,89 Kb.