• Kurs ishining ilmiy yangiligi
  • Kurs ishining nazariy ahamiyati
  • Himoyaga olib chiqiladigan holatlar
  • Muammoning oʻrganilganlik darajasi




    Download 1.57 Mb.
    bet3/11
    Sana23.06.2022
    Hajmi1.57 Mb.
    #24315
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Kompleks sonlar nazariyasi tayyor
    2-Amaliy, Falsafa 21-mavzulari mundarija, ABC, 8-lekciya, O’zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari, 3-Mavzu Boshlangich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, MO\'M -1 new, jurnal (3), 9-sinf.kimyo test, 9-sinf.kimyo test, Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari – mobt-azkurs.org, 002-mavzu (1), Ochiq dars ishlanmasi-kompy.info, 001dars
    Muammoning oʻrganilganlik darajasi. Masalalar orqali arifmetik amallarni oʻrgatish metodikasi masalalari bilan M.I. Moʻro, A.S. Pchyolko, A.M. Pishkolo, L.I. Skatkin, M.A. Bantova, A.A. Stolyar, B.A. Drozd, A.Sh. Levenberg, N.U. Bikbayeva, R.I. Sidel’nikova, G.A. Adambekova, P.I. Sorokin. M.E. Jumayev, Z.Gʻ. Todjiyeva va bir qancha olimlar, shu jumladan, ilmiy tekshiruv institutining xodimlari shugʻullanganlar.
    N.U. Bikbayeva, R.I. Sidel’nikova, G.A. Adambekova “Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi”da (Toshkent: Oʻqituvchi. 1996-yil) arifmetik materialni oʻrgatishning nazariy asoslarini ochib bergan va boshlangʻich sinflarda arifmetik amallarni oʻrgatishdan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlarni sanab oʻtgan.
    Kurs ishining ilmiy yangiligi:
    1. Boshlangʻich sinflarda masalani o‘rganishga oid arifmetik amallarni oʻrgatishning didaktik ta’minoti mazmuni, turlari, qoʻllash metodikasi asoslandi va izchil bayon etildi;

    1. . Arifmetik usulda yechiladigan masalalar mazmunidagi diktantlar, qiziqarli masalalar, arifmetik usulda yechiladigan masala materiali boʻyicha testlar, didaktik oʻyinlar jamlandi, tuzildi va ishga kiritildi.

    3. Boshlangʻich sinf matematika darslarida arifmetik elementlar bilan tanishtirish pedagogik muammo ekanligi asoslandi.
    4. 1-sinf matematika darslarida arifmetik masala materialini oʻrgatish metod va usullari oʻrganildi va ishlab chiqildi.
    5. Arifmetik amallarni oʻrganishga oid mavzular va topshiriqlar holati 1-sinf matematika darsliklari boʻyicha tahlil qilindi.
    6. Arifmetik amallarni o‘rgatishda zamonaviy yondashgan holda AKT dan foydalanish;
    Kurs ishining nazariy ahamiyati: Ishda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga masalalar orqali arifmetik hisoblashni oʻrgatish metodikasi koʻrsatildi. Ushbuda foydalaniladigan tushuncha va atamalar bilan boyitilgan pedagogik asoslar ishlab chiqildi.
    Kurs ishning amaliy ahamiyati: Ishda koʻrsatilgan arifmetik materialni oʻrgatishda qoʻllaniladigan metodik koʻrsatmalardan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari foydalansa boʻladi. Aniqlangan ilmiy yondashuvlardan masalalar yechishda arifmetik amallarni oʻrgatish texnologiyasidan didaktik-pedagogik bilimlarini boyitish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda keng foydalanish mumkin.


    Himoyaga olib chiqiladigan holatlar:
    1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻrgatishga toʻgʻri munosabatni shakllantirishga oid bilim, tushuncha va koʻnikmalarini rivojlantirishning pedagogik asoslarini ishlab chiqish dolzarb pedagogik muammo ekanligi.
    2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida masalalar yechishda arifmetikani oʻrgatishda didaktik usullarning ahamiyati.
    3. Masalalarni arifmetik amallar orqali bajarishni oʻrgatishning Milliy dastur boʻyicha tahlili.
    4. 1-sinf matematika darsliklarida masalalar yechishda arifmetik materiallarning berilish holati.
    5. 1-sinf matematika darslarida masalalar yechishda arifmetik amallarni oʻrganish texnologiyasiga oid bilim hamda koʻnikmalarini dars jarayonida integratsiyalashtirilgan oʻquv materiallari vositasida rivojlantirish yoʻllari va ularning samaradorlik darajasi.

    Download 1.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoning oʻrganilganlik darajasi

    Download 1.57 Mb.