|
Kompozitsiyani moybo`yoqda ishlash
|
bet | 3/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,75 Mb. | | #236243 |
Bog'liq Kompozitsiyani moyboGrizayl’ - (frantsuzcha – “grizaille”, “griz – kulrang”) kulrang yordamida, bir rangning har xil tuslari orqali ishlangan tasvir. Odatda san`atga ixtisoslashgan barcha o`quv yurtlarida rangtasvir ishlash axromatik rang bo`lgan oq va qoraning qo`shilishidan hosil bo`ladigan kulrangning turli tuslarida tasvir ishlashdan boshlanadi. Bundan tashqari jigarrang, to`q zangori, qizg’ish tuslardan ham grizayl’ ishlashda foydalaniladi4.
Talabalar birinchi bosqichda akvarel’ bo`yog’i yordamida sodda buyumlardan tashkil topgan natyurmortni grizayl’ uslubida ishlab tajriba orttiradi. Ular uchun moybo`yoq yordamida grizal’ ishlash ham o`ziga xos qiziqarli mashg’ulot bo`lib, uni vazifasi turfa xil ranglardan foydalanib rangtasvir ishlash uchun xizmat qiladi.
|
| |