• Mastixin
  • Palitra (frantsuzcha palette




    Download 2,75 Mb.
    bet2/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,75 Mb.
    #236243
    1   2   3
    Bog'liq
    Kompozitsiyani moybo

    Palitra (frantsuzcha palette) 1). to`g’ri burchak yoki oval shakliga ega bo`lgan yupqa yog’och taxtacha yoki metall, chinni, sirlangan sopoldan yasalgan plastinka bo`lib, undan asosan moybo`yoqda rangtasvir ishlash jarayonida bo`yoqlarni qorishtirish uchun foydalaniladi. 2). ko`chma ma`noda esa ma`lum bir rassomga taalluqli bo`lgan ranglar uyg’unligi tushuniladi.
    Tyubiklardagi barcha ranglar nisbatan to`q va quyuq ko`rinishda bo`lganligi bois ham ularni och tuslari hamda qo`shimcha ranglarni hosil qilishda ularning barchasiga oq rang aralashtirib ishlatiladi. SHuning uchun ham aksariyat rassomlar palitrasi markazidan oq rang joy oladi. Issiq va sovuq ranglar esa ketma - ketlik tartibida oq bo`yoq atrofiga joylanadi. Palitraga ranglarni qanday tartibda joylashtirish ham har bir rassomning o`ziga xos ishlash uslubiga bog’liq hisoblanadi.
    Moybo`yoq bilan rangtasvir ishlash jarayonida foydalaniladigan mo`yqalamlar uzun, kalta, dumaloq, yo`g’on, ingichka, kuraksimon, fleyts va shu kabi juda ham turfa xil ko`rinishda bo`lishiga qaramay, ularning barchasiga xos jihati akvarel’ va guash’ bo`yoqlarida foydalaniladigan mo`yqalamlarga nisbatan mo`ynasi qattiqroq bo`lishi hisoblanadi.
    Mo`ynalarning qattiqligi deyarli bir xil bo`lishiga qaramay tuklarining uzunligi, qalinligi esa juda ham turli xil ko`rinish va shaklda bo`lishi mumkin. Ularning qaysi biridan foydalanish esa bevosita rassomning hoxish - istagi va bajariladigan badiiy asarning mazmuni, g’oyasi, katta yoki kichikligi bilan bog’liq bo`ladi. (8-9-rasmlar.)


    Moybo`yoq bilan ishlashni boshlaganlar uchun mo`ljallangan mo`yqalamlar va uni turlari.


    Tajribali rassomlar foydalanadigan turfa xil mo`yqalamlar.


    Mo`yqalamlar bilan qo`shimcha ranglarni hosil qilib, kerakli miqdordagisini ishlatgandan keyin mo`ynalarda saqlanib qolgan ortiqcha bo`yoqlarni ba`zi joylarning tag zaminiga surtish bilan tozalab olish mumkin. SHunda ham mo`ynalar tarkibida qolib ketgan ortiqcha bo`yoqlarni suyultirgich yordamida to`liq yuvib, ketkazish qiyin bo`lganligi bois ularni latta yordamida artib, tozalab turiladi.
    Palitrada qolib ketgan ortiqcha bo`yoqlar tozalab turilmasa unda ortiqcha bo`rtiqlar, iflosliklar paydo bo`ladi. Natijada keyingi ishlarda uni salbiy oqibati ijodkorga halaqit qiladi.

    M astixin va uni turlari.


    Bundan tashqari, rassomlar tomonidan “palitrani tozalash” iborasi ko`chma ma`noda ham ishlatiladi. Rassomlar bir-birlariga “palitrani tozalaymiz”- desa bilingki, ular “ochiq havoga chiqib, tabiat qo`ynida ijod qilamiz” degan ma`noni anglatadi. Rassom uzoq vaqt ustaxonada qolib ketishi natijasida asarlaridagi ranglar sovuq tus olib, kir bo`lishiga sabab bo`ladi. SHuning uchun ham juda ko`plab mashhur rassomlar tez - tez tabiat qo`yniga chiqib, ochiq havoda ijod qilishni ma`qul ko`rishadi. Tabiat qo`ynidagi ijod esa rassom palitrasini yanada boy bo`lishiga olib keladi.
    Moybo`yoqning mo`yqalamlardan tashqari yana bir ajralmas anjomi bo`lib, uni mastixin deb ataladi. Mastixin (italiyancha mestichino) kurakcha yoki pichoq shaklidagi yupqa elastik po`lat plastinka, palitra pichog’i3. (10-rasm) Palitra pichog’idan, birinchi navbatda gruntovka qilingan yuzaning alohida bir joyida to`planib qolgan ortiqcha bo`yoq qatlamini olib tashlashda foydalaniladi. Bundan tashqari, palitrada qotib qolgan ortiqcha bo`yoqlarni qirib tozalashda ham palitra pichog’i qo`llaniladi.
    Ba`zan esa mastixindan mo`yqalam sifatida foydalanib tekis qatlamlarni yoki bo`rtma, rel’efli qo`rinishlarni hosil qilib, o`ziga xos ko`rinishga ega bo`lgan rangtasvir asarlari ishlanadi. Mastixindan foydalanilgan yuzalarda ranglar kontrasti ham o`ziga xos ko`rinish kasb etadi. Avvallari mastixin bir xil ko`rinishga ega edi, hozirgi kunga kelib uni turlari, shakli va soni ko`payib ketgan. Zamonaviy rassomlar tomonidan palitra pichog’idan mohirona foydalanib badiiy asar yaratish juda ham keng ommalashib bormoqda. (11-rasm)

    Download 2,75 Mb.
    1   2   3




    Download 2,75 Mb.