|
Kompozitsiyani moybo`yoqda ishlash
|
bet | 1/3 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,75 Mb. | | #236243 |
Bog'liq Kompozitsiyani moybo
Kompozitsiyani moybo`yoqda ishlash
Moyli bo`yoq yordamida murakkab bo`lgan natyurmort kompozitsiyalarini, odam portretini, erkak va ayol yarim qomatini, milliy libosdagi odamning to`liq qomatini, yarim yalang’och odam gavdasini, inter’erda ikki kishi ishtirok etgan mavzuli kompozitsiyalarni ishlash malaka va ko`nikmalarini egallashlari talab qilinadi. SHuning uchun ham talabalar avvalo, moybo`yoq va u bilan ishlash uslublari haqida to`liq ma`lumotlarga ega bo`lishlari zarur.
Moybo`yoq noorganik moddalarning kukunini oqartirilgan zig’ir yog’iga aralashtirish yo`li bilan hosil qilinadi. Ba`zan moyli bo`yoqlarni tayyorlashda yong’oq va kungaboqar moyidan ham foydalaniladi. Dastgohli rangtasvirda moybo`yoq yordamida xolstga, kartonga, maxsus gruntovka bilan qoplangan yog’ochga, metall va shu kabi boshqa ko`plab yuzalarga badiiy asar ishlash mumkin. Mahobatli rangtasvirda esa ohak bilan maxsus ishlov berilgan devor yuzalariga tempera va moybo`yoqdan foydalanib katta hajmdagi rangtasvir asarlari ishlanadi.
Moybo`yoq o`zining yorqinligi, jozibadorligi, ifodaviyligi va shu kabi boshqa ko`plab afzallik tomonlari bilan boshqa bo`yoqlardan alohida ajralib turadi. Ushbu bo`yoq yordamida tekis yuzalarda perspektivani, hajm, vazni va fazoviylikni hosil qilish juda ham qulay. Betakror, turfa xil ranglarning bir - biriga ketma - ket va bir vaqtda ko`rsatadigan o`zaro ta`siridan foydalangan holda rangtasvir asaridagi uyg’unlik, yaxlitlik, fazoviylik va ichki harakat yuzaga chiqariladi.
Moybo`yoqdan foydalanib yaratilgan ilk asarlar haqidagi ba`zi bir ma`lumotlarni antik davr va o`rta asarlarda saqlanib qolgan ayrim qo`lyozmalarda uchratish mumkin. Biroq, XV asrga qadar moybo`yoq tempera bo`yog’ichalik mashhurlikka erisha olmadi. XV asr birinchi yarmida YAn Van eyk tomonidan qayta ishlab chiqilgan, takomillishtirilgan moybo`yoq dastgohli rangtasvirda keng tarqala boshlangan1. XVI asr boshlarida hozirgi kunga qadar dastgohli rangtasvirda etakchi texnikaga ega bo`lgan betakror bo`yoq sifatida moybo`yoq muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
XIX asr boshlariga qadar loklangan maxsus yuzalarga lok qorishmasi bilan moybo`yoqni bir necha marotaba navbatma - navbat surtish orqali, ko`p qavatli rangtasvir asarlari ishlangan. Asr boshidan esa ishlov berilgan toza yuzalarga va nozik rang bilan ishlov berilgan maxsus yuzalarga moybo`yoqda alla prima uslubini qo`llash orqali badiiy asarlar yaratish boshlangan. SHu paytdan boshlab lok juda ham kam qo`shiladigan bo`lgan.
Moybo`yoq yordamida turli xil uslublardan foydalanib betkaror rangtasvir asarlarini yaratish juda ham qiziqarli jarayon hisoblanadi. Asosan mozok, rang surtmasi ko`rinishidagi bo`yoqlarning yorqin tusidan, nozikligi, silliqligi, zichligi, hajmli(rel’efli), ko`p qatlamligi va shu kabi boshqa ko`plab xususiyatlaridan foydalanib badiiy asar yaratiladi.
Bunga oddiy bir misol qilib, puantalizmni keltirish mumkin. Puantalizm (frantsuzcha “poitillisme”, “point” - “nuqta” ma`nosini bildiradi) - “pointiller”- nuqtalar bilan yozish, chizish degani bo`lib, rangtasvirdagi yirik yo`nalishlardan biri.2 Bu uslubda moybo`yoq rang surtmalari mayda dumaloq nuqtalar shaklida neoimpressionizmga xos xarakter ko`rinishida qo`llaniladi. Ayrim hollarda esa ushbu uslubni divizionizm (“divizionnizme” frantsuzcha - “ajratish”) deb ham yuritiladi.
Moybo`yoq yordamida yaratilgan dastgohli rangtasvir asarlari o`zining yorug’likka, issiq va sovuqqa chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Guash’ bo`yoqlari singari uni ustini lok bilan qoplash, fiksator bilan biriktirish shart emas.
6-rasm. Tyubiklardagi moybo`yoq.
Q uriganidan keyin ranglari o`zgarmaydi, chaplanmaydi, ko`chib tushmaydi, suvda erimaydi. Shuning uchun ham uni mo``tadil haroratli xonalarda juda uzoq vaqt saqlash imkoniyati bor.
7-rasm. Tyubiklardagi moybo`yoq va suyultirgichlar.
Dunyoning istalgan davlatiga yoki jahonga mashhur bo`lgan muzeylarga tashrif buyurgan san`at ixlosmandi zamonaviy rangtasvir san`atining eng asosiy tasviriy vositasi moybo`yoq ekanligining guvohi bo`ladi. Akvarel’ dastgohli rangtasvirni o`rganish yo`lidagi grafik vosita bo`lsa, guash’ esa dekorativ rangtasvir vositasi sanaladi. Ushbu suvli bo`yoqlar yordamida tasvir ishlash moyli bo`yoq yoramida rangtasvir ishlashga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Moybo`yoq dastgohli rangtasvirning eng asosiy ifoda vositasi hisoblanadi.
Tasviriy san`at tarixidan ma`lumki, XIX asrdan boshlab dastgohli rangtasvir yuzlab oqim va yo`nalishlar ta`sirida yanada rivojlanib, o`zining yangi-yangi qirralarini namoyon qilib kelmoqda. Rassom qaysi oqim va yo`nalish, maktab yoki uslub vakili bo`lishidan qat`iy nazar, u albatta moybo`yoq yordamida ijod qiladi. Mabodo badiiy asar moybo`yoq yordamida bajarilmagan bo`lsa, aksariyat hollarda uni dastgohli rangtasvir asari deb ham hisoblanmaydi.
Moybo`yoqda alla prima va lessirovka uslublarida to`qdan – ochga qarab o`tish tamoyili asosida rangtasvir ishlanadi. Moybo`yoq tyubiklarda, qo`yiq, bo`tqasimon ko`rinishda bo`ladi. Uni ishlatish jarayonida, qo`shimcha ranglar hosil qilish uchun palitraga siqib olinadi. Suyultirishda suvdan foydalanilmaydi, chunki, u suvda umuman erimaydi. Moybo`yoqda maxsus ishlab chiqarilgan razbavitel’, rastvoritel’, lok hamda oddiy o`simlik yog’i kabi turli xil suyultirgichlardan foydalaniladi. (6-7 -rasmlar)
|
| |