Turli soxalar uchun mo’ljallangan super kompyuterlar




Download 64,77 Kb.
bet8/9
Sana13.05.2024
Hajmi64,77 Kb.
#230306
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turli soxalar uchun mo\'ljallangan super kompyuterlar.

Turli soxalar uchun mo’ljallangan super kompyuterlar.

Shuni qayd qilish lozimki, superkompyuterlarning ma’lum yo`nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)-fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo`la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta’minoti mosligi, ya’ni bir-biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik (bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) – “Oq yasalgan”, Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan (testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta’minoti va tegishli adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak.
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo`lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko`tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan, ham ichiga o`rnatilgan batareyalarda uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlashi mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o`zi zarad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo`ljallangan bo`ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o`z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo`lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan operatsion sistemalar MS DOS, qobiq programmalar, Windows ning oxirgi versiyalarida va boshqa operatsion sistemalar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho`ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, operatsion sistema boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
Ixtiyoriy kompyuterning ishlash prinsipini birinchi bo`lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammallashgan ko`rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning prinsipi programma asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda ko`p kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyingi paytlarda ko`p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda programmaning bo`laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan kompyuterlar ham yaratilganligini eslatib o`tish joizdir. Shunday qilib, kompyuter avvaldan tuzilgan programma asosida ishlaydi. O`z navbatida programma qo`yilgan masalani kompyuterda yechish uchun qandaydir programmalash tilida yozilgan buyruqlar (operatorlar) ketma-ketligidir. Programmalash tilida tuzilgan programmalar maxsus tarjimon programmalar yordamida kompyuter tiliga o`tkaziladi. Kompyuter tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan ketma-ketliklardan iborat. Djon Fon Neyman prinsipi bo`yicha avtomatik ravishda bajariladigan programma avval kompyuterning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan programma asosida programmani tashkil etuvchi har bir operator ketma-ket bajariladi.

Xulosa
Superkompyuterlar juda ilg'or hisoblash tizimlari bo'lib, ular nihoyatda murakkab va talabchan vazifalarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Ular keng ko'lamli sohalarda hal qiluvchi rol o'ynaydi, jumladan:
1. Ilmiy tadqiqotlar: Superkompyuterlar fizika, kimyo, biologiya va boshqa ilmiy sohalardagi murakkab hodisalarni modellashtirish va simulyatsiya qilish uchun ishlatiladi. Ular olimlarga katta ma'lumotlar to'plamini tahlil qilish, naqshlarni ochish va yangi kashfiyotlar qilishda yordam beradi.
2. Ob-havo prognozi va iqlimni modellashtirish: Superkompyuterlar murakkab ob-havo modellari va iqlim simulyatsiyalarini ishlatish uchun zarurdir. Ular meteorologlar va klimatologlarga ob-havo sharoitlarini bashorat qilish, tabiiy ofatlarni kuzatish va uzoq muddatli iqlim tendentsiyalarini o'rganish imkonini beradi.
3. Giyohvand moddalarni aniqlash va sog‘liqni saqlash: Superkompyuterlar dori-darmonlarni aniqlash jarayonlarini tezlashtirish uchun farmatsevtika tadqiqotlarida qo‘llaniladi. Ular tadqiqotchilarga molekulyar tuzilmalarni tahlil qilish, dorilarning o'zaro ta'sirini taqlid qilish va turli kasalliklar uchun potentsial davolash usullarini aniqlashga yordam beradi.
4. Aerokosmik va muhandislik: Superkompyuterlar aerokosmik muhandislikda samolyotlarni loyihalash, aerodinamikani simulyatsiya qilish va parvoz samaradorligini optimallashtirish uchun ishlatiladi. Ular shuningdek, avtomobillar, binolar va boshqa inshootlarni loyihalash uchun muhandislik simulyatsiyalarida muhim rol o'ynaydi.
5. Milliy xavfsizlik va kiberxavfsizlik: Superkompyuterlar kriptografiya, tahdidlarni tahlil qilish va razvedka maʼlumotlarini yigʻish kabi milliy xavfsizlik maqsadlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ular, shuningdek, kiberxavfsizlik va kiber tahdidlar va hujumlarni aniqlash va oldini olish uchun ishlatiladi.
6. Moliya va biznes: Superkompyuterlar moliya sanoatida xavflarni baholash, algoritmik savdo va firibgarlikni aniqlash kabi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi. Ular katta moliyaviy ma'lumotlar to'plamini tahlil qilish va real vaqtda ongli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
7. Taʼlim va tadqiqot: Superkompyuterlar ilmiy tadqiqot oʻtkazish, simulyatsiya qilish va ilgʻor hisoblash tushunchalarini oʻrgatish uchun akademiyadagi qimmatli vositalardir. Ular talabalar va tadqiqotchilarga yuqori unumli hisoblashda amaliy tajriba bilan ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, superkompyuterlar katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish va turli sohalarda innovatsiyalarni amalga oshirish qobiliyati uchun turli sohalarda ajralmas hisoblanadi. Ularning yuqori hisoblash kuchi va tezligi ularni ilmiy tadqiqotlarni ilgari surish, real muammolarni hal qilish va texnologiya chegaralarini surish uchun zarur vositalarga aylantiradi.


Download 64,77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 64,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turli soxalar uchun mo’ljallangan super kompyuterlar

Download 64,77 Kb.