Kompyuter falsafasi




Download 1,16 Mb.
bet105/143
Sana03.06.2024
Hajmi1,16 Mb.
#259466
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
Bog'liq
Kompyuter falsafasi

Reja. Kompyuter etikasi

Kompyuterlar va kompyuter sistemalarini yaratish va foydalanish tufayli kelib chiqadigan falsafiy muammolar nafaqat bilish nazariyasi va epistemologiya nuqtai nazaridan, balki kompyuter etikasi sifatida paydo bo‘layotgan yo‘nalish doirasida ham o‘rganilmoqda.
Kompyuter tizimlarini ishlab chiqish va foydalanishning axloqiy masalalari bo‘yicha munozaralarning boshlanishiga sun’iy intellekt sohasida taniqli tadqiqotchi Dj. Veysenbaum tomonidan asos solingan. Veysenbaum «Hisoblash mashinalari va miya» mavzuidagi munozaralarda paydo bo‘ladigan muhim muammolar texnik yoki matematik masala emas, balki axloqiy muammolar ekanligi to‘g‘risidagi tezisni ilgari surdi. Dj. Veysenbaum fikricha, biz insonni shaxslararo munosabatlar, o‘zaro tushunish va mehr-muhabbat bilan bog‘langan sohalarda hisoblash mashinalari bilan almashtira olmaymiz, chunonchi, psixiatr yoki sudyani kompyuter bilan almashtirish axloqsizlikdir.
Axloqiy tasavvurlardan kelib chiqqan holda, kompyuter tomonidan hal qilinadigan va undan foydalanish sohalarini cheklashga o‘rinishlar mavjud. Dj. Mur, masalan, kompyuter tomonidan hal qilinayotgan muammolar doirasini cheklashni tavsiya qiladi va shu bilan birga, inson hayotini saqlab qolishga qodir bo‘lgan joylarda, masalan, tibbiyot sohasida kompyuterlarni taqiqlash axloqiy jihatdan noto‘g‘ridir, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda amerikalik olimlar tomonidan o‘rganilayotgan kompyuter etikasi muammosi kompyuterlardan foydalanishning axloqiy chegaralari to‘g‘risidagi doiradan tashqariga chiqdi. Kom­pyuter etikasi ma’lum kompyuter dasturlari ishidagi nosozliklar uchun javobgarlik muammolarini ham o‘rganadi. Kompyuter texnikasi taraqqiyoti, xususiy axborotga kirishga barham berish, mualliflik huquqi, intellektual mulk va tijorat sirlarini saqlashning axloqiy asoslarini o‘rganadi. Bunda hozirgi zamon texnikasi taraqqiyoti tufayli paydo bo‘layotgan vaziyatlarni o‘rganish doirasi turli axloqiy nazariyalar (axloqiy relativizm, deontologik konsepsiyalar, xuquq va adolat konsepsiyalari) bilan bog‘liq holda qarab chiqiladi. Bunday yondashuvga D.Djonsonning «Kompyuter etikasi» kitobi misol bo‘la oladi. Ushbu kitobning asosiy maqsadini muallif «kishilar kompyuterdan foydalanayotgan paytda o‘zlarini qanday tutishlari lozimligini tushunishdan iborat», deb ta’riflaydi.
D. Djonson va X. Nesselbaum tahriri ostida 1995 yilda nashrdan chiqqan «Kompyuterlar, etika va ijtimoiy qadriyatlar» to‘plamining bir bo‘limi kompyuter axloqlaridan foydalanishdagi maxsus axloqiy muammolarga bag‘ishlangan. Dj. Murning ushbu tuplamdan joy olgan «Kompyuter etikasi nima?» maqolasi kom­pyuter etikasining mustaqil fan sifatidagi xarakterini aniqlashga o‘rinishdan iborat. «Mening fikrimcha, — deb yozadi Dj. Mur, — kompyuter etikasi tadqiqotning dinamik va murakkab sohasi bo‘lib, u doimiy ravishda o‘zgarib turadigan kompyuter texnikasining faktlar, konseptuallashtirish, siyosat va qadriyatlar tili bilan munosabatini o‘rganadi.
Tafakkurni kompyuterda modellashtirish, uni o‘rganishda ma­tematik va texnik fanlar usullaridan foydalanish, o‘tgan asrdagi «kibernetik shov-shuv» davrida yaqin kelajakda «qat’iy tafakkur nazariyalari yaratishga umid uyg‘otdi. Lekin bunday umidlar ro‘yobga chiqmadi, butun ular psixologiya, mantiq, sun’iy intellekt, kognitiv, lingvistika kabi qator fanlarni o‘rganish mavzuiga aylandi va falsafiy izlanishlarning obyekti bo‘lib kirdi.
Kompyuterdan foydalanish me’yor, talab va tavsiyalari haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin. Kompyuter texnologiyalari orqali olinadigan bilimlar yoshlardan bir joyda o‘tirgan holda ekrandan e’tiborni uzoq muddat chalg‘itmaslikni talab etadi. Shu bois o‘qituvchi va ota-onalar kompyuter o‘quv o‘yinlari va trenajyorlardan foydalanishda belgilangan talab va me’yorlar mavjudligini yoddan chiqarmasliklari zarur. Chunki kompyuter oldida uzoq vaqt o‘tirish, me’yor va talablarga rioya qilmaslik bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. – Kompyuter qarshisida o‘tirgan yoshlarga yorug‘lik nuri yuqori chap tomondan tushishi, xona harorati 20 – 24 darajani tashkil etishi zarur, – deydi bolalar shifokori Umida Sobirova. – Ekran va klavishlar ko‘zni qamashtirmasligi, monitor va ko‘z orasidagi masofa 50 – 60 sm bo‘lishi, kompyuter qarshisida o‘tirish davomiyligi esa 25 – 30 daqiqadan oshmasligi darkor. Bu yoshlarning sog‘lom o‘sishi va bilimlarni chuqur o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.



Download 1,16 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




Download 1,16 Mb.