• Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari.
  • -mavzu: Kompyuter etikasi. Kompyuter jinoyatchiligi




    Download 1,16 Mb.
    bet103/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    11-mavzu: Kompyuter etikasi. Kompyuter jinoyatchiligi

    1. Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari

    2. Olimning ma’suliyati va erkinligi

    3. Kompyuter etikasi

    4. Kompyuter jinoyatchiligi



    1. Reja. Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari

    Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari. XIX-XX asrlar dagi falsafiy ta’limotlardan axloqiy muammolarga eng ko‘p e’tibor qaratganlar personalizm, «hayot falsafasi», ekzistensializm va boshqalar edi. Personalizm nuqtai nazaricha, shaxslarning o‘z-o‘zlarini axloqiy kamolot sari yo‘llashi to‘la ijtimoiy uyg‘unlikka olib kelishi mumkin. Nemis personalizmi asoschilaridan biri M.Sheler (1874-1928) fikricha, insonda ikki bir-biriga qarshi bo‘lgan ibtidoning kurashi: axloqiylik va «hayot kuchi» yuz beradi. Inson birinchisiga yoki ikkinchisiga intilishi mumkin. Muammo shundaki, inson qanchalik axloqiy, ma’naviy jihatdan boy bo‘lsa, u shunchalik «hayotiy kuch» jihatidan zaif bo‘ladi.
    F.Nisshe «hayot falsafasi»ning eng yorqin vakillaridan biridir. Shelerdan farqli o‘laroq, u o‘zining butun kuchi va oshkoraligi bilan «hayot kuchi» (vitalizm)ni targ‘ib qilib, ma’naviy qadriyatlar va axloqsizlikka mensimaslik bilan qaraydi.
    Ekzistensializm ta’limoti amalan butunlay axloqiy muammoga bag‘ishlangan. Bu ushbu falsafiy yo‘nalishning kelib chiqish davri bilan bog‘liqdir: birinchi jahon urushining oxiri va ikkinchi jahon urushining arafasi. Insoniyatning barcha muammolarining keskinlashuvi (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo) axloqiy masalalarda o‘z ifodasini topmasdan iloji yo‘q edi. Ekzistensializm o‘z manbasini shu yerdan olib, hayot ma’nosi, zino, xavfxatar, haqiqat, adolat, bema’nilik, isyon, ozodlik va boshqa shu kabi muammolarga katta qiziqish bilan yondashadi. Ekzistensializmda axloqiy tanlash muammosi haqiqatan ham har tomonlama xususiyat kasb etdi. Yirik fransuz ekzistensialisti J.P.Sartr (1905-1980) yozgan edi: «Mavjud bo‘lish uchun inson biror narsani tanlashi lozim, ichki tomondan ham, tashqaridan ham unga biror narsa kelmaydiki, uning uchun uni qabul qilishgina qolgan bo‘lsin. Inson butunlay va qaytarilmas darajada shunga mustahaq etilganki, u o‘z mavjudligini eng mayda juz’iy qismlarigacha juda ham zaruriy tarzda o‘zi yaratishi kerak».
    XX-XXI asrlar orasi faqat siyosiy, bilish va boshqa jihatlardangina emas, balki ma’naviy-axloqiy muammolardagi yangi yo‘nalish va yondoshishlarning shakllanishi jihatidan ham haqiqatan burilish nuqtasi bo‘ldi. Jumladan, biologik axloq, tabiat axloqi, ekologik axloq va shu kabi yo‘nalishlar shakllandi. Shunday qilib, axloqiy mas’uliyat doirasining kengayishi yuz berdi. Masalan, biologik axloq ta’limotining asoschilaridan biri bo‘lgan ingliz faylasufm R.Atfild hyech bir istesnosiz barcha yirik mavjudotlarni axloqiy maqomga ega qilib qo‘yadi. «Yer yuzi axloqi» ta’limotining asoschilaridan biri O.Leopold undan ham o‘zib ketadiki, uning fikricha, faqat biologik obyektlargina emas, balki ekologik tizimlar ham, biosfera, yer yuzi ham yo‘laligicha axloqiy maqomga egadirlar.
    Axloq falsafasida yangi yo‘nalishlarning shakllanishi, hali unda an’anaviy ma’naviy-axloqiy muammolarga qiziqishning barham topishi ma’nosini anglatmaydi. Ezgulik va illatlar, hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik, ulug‘vorlik va pastkashlik, altruizm va xudbinlik – bu va boshqa ko‘plab masalalar asrlar davomida insoniyatning eng asl aql egalarini, faqatgina faylasuflarnigina emas, doim qiziqtirib kelgan.
    Yana bir muhim muammo, bu - biologik axloq. Mazkur hodisa so‘nggi bir necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operasiyasi yo‘li bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi. Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi - insonlarning «o‘z-o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq ichki» axloqiy masalalar. Biz odatda «ekologik Axloq falsafasi» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, lekin o‘z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik buhroilarning ba’zi ko‘rinishlariga to‘xtalib o‘tdik. Biroq, yana undan tashqari so‘nggi paytlarda jahon bo‘ylab sintetik jismlar ishlab chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilganligi, hayvonot va ayniqsa o‘simliklarning gabrid usulida yangi turlarining vujudga keltirilishi singari hadislar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo‘sh, ular tabiat bilan silngishib, uyg‘unlashib keta oladimi, tabiat ularni o‘ziniki qila biladimi? Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqorida aytib o‘tganimiz - muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon bo‘lar?... Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq. Shuningdek, totli o‘lim - evtonaziya ham biotibbiy axloqning global muammolaridan. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar 189 sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam - shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z yechimini kutmoqda. Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’latvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 36 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin? Biologik axloq Axloq falsafasining anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib ko‘raylik. Ularda «yaxshilangan» - sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan odamlar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish tajribalarini olib borish mo‘ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta-sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg‘armasining (genofondining) bir yoqlama o‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, insoniy tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish, nafaqat katta gunoh, balki o‘ta axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham Axloq falsafasi javob topmog‘i lozim.
    Mustaqil O’zbekistonning milliy g‘oyasini shakllanishi va rivoji do‘stlik, xayrixohlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, poklik, kattalarga hurmat, bag‘ri kenglik, ma’rifatparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liqdir56. Jamiyatning haqiqiy gullab-yashnashi, taraqqiyoti faqat shundagina mumkinki, agarda unda ma’naviy-axloqiy asos mustahkam o‘rnatilgan bo‘lsa.
    Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi, axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi - nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko‘rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko‘p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat -asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi. Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo‘lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o‘yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o‘ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi - san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ularni, avval aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: «Kalila va Dimna», «Qobusnoma», «Guliston», «Zarbulmasal» singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya 176 vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan-qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu - namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo‘lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta’lim berish usullaridan tortib, to «mayda-chuyda» xattiharakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz-shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir. Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko‘rsatuvlar ham berib boriladi. O’zbek tilidagi «Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi», «Rivoyat», «Oqshom ertaklari» singari ko‘rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hyech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo‘shiqlar, salkam pornografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan «o‘ldir-o‘ldir»lardan iborat videofilmlar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiyaning aqliy-ma’naviy va jismoniy tarbiya bilan qo‘shib olib borilishi maqsadga muvofiq. O’shanda jamiyatimiz har jihatdan kamol topgan fuqarolik jamiyatiga aylanadi. Mamlakatimizda buning uchun barcha huquqiy-ijtimoiy shart-sharoitlar yaratilgan.
    Insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma-xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqye bo‘ladi, ya’ni axloqiy xatti-harakatlar asos - e’tibori bilan ikki turga bo‘linadi. Ulardan biri-obro‘parvar (avtoritar) axloq, ikkinchisi insonparvar - (gumanitar) axloq. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. «Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, - deb yozadi Erix Fromm, - bir odam - obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun-qoidalari va me’yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik 126 axloqi esa bu qonun - qoidalar va me’yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi.» 106 Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – rasional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, rasional obro‘ egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq rasional obro‘parvarlik vaqtinchalik hadisa, u obro‘ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi – norasional obro‘parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Norasional obro‘parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Rosional obro‘parvarlik obro‘ egasi tamonidan subyektga nisbatan axloqiy tenglikni taqazo etsa, norasional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» - fazilat, «quloq somaslik» - illat hisoblanadi. Odatda, obro‘parvarlik axloqi deganda, ko‘proq norasional obro‘ egasi o‘rnatgan qonun-qoidalar, me’yorlar nazarda tutiladi.
    Ushbu rejani A. Eynshteyning so‘zlarini keltirish bilan tugallash maqsadga muvofiqdir: «Oxir oqibatda insoniy qadriyatlarning barchasini asosida axloqiylik yotadi».



    1. Download 1,16 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Kompyuter etikasi. Kompyuter jinoyatchiligi

    Download 1,16 Mb.