• MAXAMADJONOV DAVRONNING BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu:3Ds Max dasturida Vizualizatsiya va effektlar Bajardi: D. Maxamadjonov
  • II bob. 2.1 Vizuvalizatsiya 3d max 2.2 Vizuvalizatsiya va efffektlar XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR Kirish
  • Kompyuter grafikasi va dizayn operatori




    Download 0.76 Mb.
    bet1/11
    Sana29.04.2023
    Hajmi0.76 Mb.
    #54902
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    DAVRONNNI DIPLOM ISHI
    TEXNIK~2, Delphi dasturlash tili va unda amaliy dasturlar yaratish, TITUL REFERAT, Internet, HTML ASOSIY TEGLAR, 1 Amaliy mashg’ulot (19 variant) virtualbox platformasini o‘rnat-fayllar.org



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIYVA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    ANDIJON VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI


    QO’RG’ONTEPA TUMAN 1-SON KASB-HUNAR MAKTABI


    3.52.01.03 – “KOMPYUTER GRAFIKASI VA DIZAYN OPERATORI “ YO’NALISHI II-BOSQICH 18-HURUH O’QUVCHISI
    MAXAMADJONOV DAVRONNING

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Mavzu:3Ds Max dasturida Vizualizatsiya va effektlar

    Bajardi: D. Maxamadjonov
    Ilmiy rahbar: A. G’ulomov

    ANDIJON-2023

    Kirish
    I bob.
    1.1 Animatsiya va uni tarixi haqida tushuncha
    1.2 Animatsiyalar vidyolarni yaratish
    II bob.
    2.1 Vizuvalizatsiya 3d max
    2.2 Vizuvalizatsiya va efffektlar
    XULOSA
    FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
    Kirish
    Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. "Internet", "Elektron pochta", "Elektron ta'lim", "Elektron boshqaruv", "Elektron hukumat", "Masofaviy ta'lim", "Ochiq ta'lim", "Axborotlashgan iqtisod" kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta'sir ko`rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o'tmoqda, ya'ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90 % so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo'lib, ular hajmining ko'payib borishi axborot kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda.
    Ko'plab mamlakatlar o'zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot kommunikatsiyalari asosida yo'lga qo'yishni anglab yetishgan. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o’qitishni rivojlantirish bo'yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to'g'risida» 2002 - yil 30 - maydagi PF-3080-son Farmoni asosida 2010- yilgacha Axborot kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo'lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda.
    Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish-ning asosi hisoblangan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim sharti sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.
    Hayotimizning har jabhasida faol qo‘llanilayotgan axborot almashinuv texnologiyalaridan samarali foydalanish ulardagi dasturiy ta’minotlarning o‘ziga xosligi, ommabopligi va innovatsion yangiligiga bog‘liq. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Telekommuni-katsiyalar to‘g‘risida”gi, “EHM dasturlari va ma’lumotlar bazasini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
    Bugun yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib bormagan sohaning o‘zi yo‘q. Bu esa, o‘z navbatida, softver sanoatining izchil rivojlanishiga keng yo‘l ochmoqda. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni yaratish, ishlab chiqarish va joriy qilish bilan shug‘ullanuvchi 260 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda.
    Mamlakatimizda dasturiy ta’minot sanoatini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar, sohaga daxldor mustahkam qonunchilik bazasini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Hozirgacha 10 dan ziyod qonun, Prezident va Vazirlar Mahka-masining qator farmon hamda qarorlari qabul qilindi.
    Dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 20 sentyabrida imzolangan
    “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘ldagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
    Hozirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari dasturiy mahsulotlarning faol iste’molchisi hisoblanadi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik korxonalarning xarajat smetasi va biznes rejalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, dasturiy mahsulotlar hamda interfaol davlat xizmatlarini joriy etishga qaratilgan xarajatlarni nazarda tutish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda
    Mazkur hujjat dasturiy ta’minot sanoatini rivojlantirish, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, “Elektron hukumat” loyihasini amalga oshirishda mahalliy kompaniyalarning faol ishtirokini rag‘batlantiradi.


    Download 0.76 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasi va dizayn operatori

    Download 0.76 Mb.