Alisher Navoiy nomidagi Toshkent




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#43264
1   2   3   4   5
Bog'liq
raxmonov-x.e.-sunatov-j.t.-ozbek-tili-kompyuter-lingvistikasi-yonalishida-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqotlar
Ichki ishlar boshqarmasiga, Документ Microsoft Word (2) (Автосохраненный), kompyuter chiqarish, Topshiriq 2, 2 hafta laboratoriya, Дастурлаш 4.1 машгулот (2), 9, 2, SQL 1-lab Umarov Amirjon, Topshiriq 2.05(Texnikum), 1.1, 7.1 машгулот, MB 2-amaliy ish, 5-amaliy, 1-lab Sirqilarga AbstraktMT
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: 
MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya  
Vol. 1
№. 01 (2022) 
http://compling.navoiy-uni.uz/
 
224 
Kompyuter texnologiyalari fakultetida 2001-yilning sentabrida kompyuter 
lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriyada o‘zbek tilining matematik 
va kompyuter modellarini yaratish, o‘zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish, inglizcha-
o‘zbekcha kompyuter tarjima dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy-
tadbiqiy ishlar olib borilmoqda. Unda lingvistikaga doir masalalar, ya’ni tillarga 
o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima 
qilish kabilar bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning kompyuter bilan 
hamkorlikdagi vazifalari: badiiy asarni referatlashtirish, dunyo kutubxonasini 
yaratish, adabiyot uchun obyektiv va universal tahlil dasturini yaratish, asarlarni 
tartibga solish, joylashtirish, topishga oid tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda [2]. 
Kompyuterdan foydalanilgan holda ko‘plab chastotali lug‘atlar yaratilgan, 
ular o‘z navbatida mashina tarjimasi uchun zamin bo‘ldi. Ko‘rinadiki, rus 
kompyuter lingvistikasidagi mazkur to‘rt yo‘nalishning rivojlanishi rus tilining 
dunyoviy tillar sirasiga kirishi, ommalashuvi, uni o‘rganish va o‘rgatish 
jarayonining optimallashuvi uchun asos bo‘lgan. Bunda shubhasiz, kompyuterchi-
dasturchilar bilan bir qatorda tilshunoslar ham muhim rol o‘ynadilar. Ayniqsa, prof. 
R.G.Piotrovskiyning izlanishlari o‘zining serqirraligi, har to‘rt yo‘nalishni o‘zida 
qamrab olganligi, obyektivligi, aniq va izchilligi bilan ajralib turadi. Olim nafaqat 
rus tilshunosligida, balki o‘zbek, qozoq, qirg‘iz va boshqa tilshunosliklarda ham 
injenerlik lingvistikasining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan [2]. 
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida dunyodagi ko‘plab davlatlarda 
ilmiy tadqiqot laboratoriyalari va markazlari ochilmoqda, u yerda professorlar
kompyuter mutaxassislari va tilshunos olimlar ish olib bormoqda. 
Kompyuter lingvistikasi yangi yo‘nalish hisoblanadi. Kompyuter 
lingvistikasini yanada rivojlantirilsa, bu yo‘nalish ustida ilmiy tadqiqot ishlarini 
amalga oshirilsa va kadrlar tayyorlansa, kelajakda keng ko‘lamli sohaga aylanadi va 
uning negizida bir qator yo‘nalish va sohalar yuzaga keladi. 



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish