|
Topshiriq №2
Dasturiy ta’minotni o‘chirish
|
bet | 36/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiTopshiriq №2
Dasturiy ta’minotni o‘chirish.
Pusk menyusidan Vse programmы bo‘limidan DivX dasturlar guruhini
tanlang.
DivX dasturlar guruhidan Remove DivX Pro Adware bandini tanlang.
So‘rov oynasida ijobiy javob bering va dastur to‘liq o‘chirilishini kuting.
Dastur o‘chirilganidan keyin quyidagi ma’noda oyna hosil bo‘ladi:
Topshiriq №3
Antivirus bilan ishlash.
Kompyuterga o‘rnatilgan antivirus dasturiga kiring.
Diskovodga fayllari mavjud disketani kiriting.
Antivirus yordamida disketani virusga tekshiring.
Tekshiruv tugaganidan keyin disketani chiqaring.
Antivirus dasturidan chiqing.
60
Topshiriq №4
WinRAR arxivatori bilan ishlash.
Moi dokumentы (Mening hujjatlarim) papkasida bir nechta hujjat
fayllarini tanlang.
Tanlangan fayllarni belgilab, sichqonning o‘ng tugmasini bosing va hosil
bo‘lgan kontekst menyudan Add to archive bandini tanlang.
Natijada fayllarni arxivlash oynasi hosil bo‘ladi.
Mazkur oynada Imya arxiva (Arxiv fayl nomi) satriga yangi arxiv fayl
nomini kiritib, Format arxiva (Arxiv turi) bo‘limida RAR yoki ZIPni tanlab, OK
tugmasini bosing. Bundan keyin ma’lum vaqt mobaynida tanlangan fayllar
arxivlanadi va yangi arxiv fayl hosil bo‘ladi.
61
6. AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI TA’LIM JARAYoNIDA.
6.1. Kompyuterlarning takomillashuvi.
Elektron hisoblash mashinalari, ya’ni kompyuterlar shunday tez sur’atlar
bilan rivojlanmoqdaki, agar XX asrning timsoli bo‘lgan kosmonavtika va aviatsiya
shunday sur’atlar bilan rivojlanganda edi, hozirgi paytga kelib Yerdan Marsga
jamoat transportida yetib borish mumkin bo‘lar edi. Bunda bir kishini Marsga
eltish uchun energiya sarfi gugurt cho‘pini yoqqanda ajraladigan energiyadan ham oz
bo‘lur edi.
1965 yil Gordon Mur (Intel firmasi asoschilaridan biri) keyingi o‘n yil
ichida bitta mikrosxemadagi tranzistorlar soni o‘rtacha bir-ikki yilda ikki
martadan ortib boradi, deb bashorat qilgan edi. Mur bashorat qila turib biroz
yanglishdi. Mana qirq besh yildan oshdiki, o‘rtacha har o‘n sakkiz oyda
mikrosxemadagi tranzistorlar soni ikki martadan oshib bormoqda.
Bunday jadal suratlar bilan rivojlanish nafaqat mikrosxemalarga, balki
kompyuterning boshqa butlovchi qismlari uchun ham o‘rinli. Mur qonuniga1 ko‘ra,
so‘nggi bitta mikrosxemadagi tranzistorlar soni bir necha million marta oshdi.
Masalan, 1981 yilda yaratilgan IBM PC XT shaxsiy kompyuterining tezkor
xotirasi bor-yo‘g‘i 64 kilobayt bo‘lgan edi, hozirgi paytda siz shaxsiy
kompyuteringizga 4096 Megabaytgacha tezkor xotira o‘rnatishingiz mumkin.
Birinchi marta shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilgan vinchester turidagi tashqi
xotiralar bor-yo‘g‘i 5 Megabayt bo‘lgan bo‘lsa, hozir sotuvda 500 Gigabayt sig‘imli
vinchesterlar mavjud. Bu vinchesterlar bilan ishlayotganingizda bir vaqtlar 5
Megabaytli vinchester o‘rnatgani uchun IBM firmasi rahbariyati juda qattiq
tanqid qilinganini ko‘z oldingizga keltira olasizmi? Ularni kam sig‘imli xotira
o‘rnatganliklari uchun emas, balki juda ham katta: 3000 varaq hujjat saqlanadigan
xotira o‘rnatib, kompyuter narxini ikki baravar qimmat qilib yuborishda
ayblashgan.
Hozirgi paytda Toshkent kompyuter do‘konlaridan tezligi (chastotasi) 4000
Megagers bo‘lgan mikroprotsessorni sotib olish mumkin. Bu qanchalik katta
sonligini tasavvur etishingiz uchun quyidagi solishtirishni keltiramiz, bu
mikroprotsessor bitta eng sodda amalni bajargunicha yorug‘lik bor-yo‘g‘i 7,5 sm
masofani bosib o‘tadi. Siz o‘zingiz sezmagan holda ko‘zingizni yumib ochguningizcha,
yorug‘lik bir necha o‘n marta Toshkentdan Samarqandga borib kelishga ulguradi.
Tez orada Mur qonuniga ko‘ra, mikroprotsessorlarning tezligi 10 Gigagers
(10000 Megagers)ga yetadi. Bu tezlikda bita sodda amalni bajarish vaqtida yorug‘lik
nuri yoki u bilan barobar tezlikda harakatlanuvchi elektr signallari bor-yo‘g‘i 3 sm
masofani bosib o‘tishga ulguradi, bu esa mikroprotsessorning o‘lchamiga teng.
Boshqacha aytganda, mikroprotsessor tezligi 10 Gigagersdan oshganda, elektr
signallari mikrosxemaning bir uchidan ikkinchi uchiga yetib bora olmaydi, ya’ni
tezlikni boshqa oshirib bo‘lmaydi.
Mikroprotsessorning tezligini undan ham oshirish uchun ularni butunlay
yangi texnologiya asosida yaratish kerak bo‘ladi. Kvant texnologiyalari deb nom olgan
texnologiya asosida laboratoriya sharoitida 55 tagina oltin atomi bilan
tranzistor yaratildi. Bu tranzistorni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish uchun
bitta elektronning zaryadi yetarli. Bu tranzistorning o‘lchamlari naqadar
1 Kompyuter texnikasining geometrik progressiya ko‘rinishida rivojlanishi qonuni.
62
kichikligini ko‘z oldingizga keltirish uchun uni tangadek o‘lchamda kattalashtirilsa,
hozirgi mikroprotsessorlardagi tranzistorlarning o‘lchami maktab o‘yingohining
futbol maydoni kabi kattalikda bo‘ladi. Demak, Mur qonuni yana bir necha o‘n
yillar davomida amal qiladi va bu taraqqiyot natijasida kompyuter
texnologiyalari qay ko‘rinishga erishishini oldindan bashorat qilish juda qiyin.
|
| |