|
Kompyuter savodxonligi
|
bet | 40/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligigiperbog‘lanishlar deb ataladi. Giperbog‘lanishlar bilan to‘ldirilgan matn
gipermatn deb ataladi.
Multimedia mahsulotlari ana shu gipermatnlarning o‘zidir, faqat uning
tarkibiga matn va grafik axborotlar bilan birga ovoz va video axborotlar ham
kiradi. Masalan, zoologiya darsligida bulbullar haqidagi mavzu bilan tanishib
chiqayotib, uning ovozini eshitish yoki geografiya darsida o‘lkaning ekologik
ahvolini o‘rganayotib, daryo qirg‘oqlarining yemirilishi jarayoni aks etgan
videolavhalar bilan tanishish bir tomondan darsning qiziqarliligini oshirsa,
ikkinchi tomondan uning samaradorligini ko‘taradi.
Multimedia mahsulotlariga
– elektron kataloglar;
– elektron kitoblar;
– birgalikda malaka oshirish, o‘qish, o‘rganish;
– tijorat va marketing taqdimotlari;
– o‘quv trenajyorlari;
– kompyuter o‘yinlari va boshqalar misol bo‘la oladi.
Multimedia internet tarmog‘ida juda keng qo‘llaniladi.
Gipermatn va multimedia mahsulotlari tarkibiga kiruvchi
giperbog‘lanishlar HTML3 deb nom olgan til yordamida yaratiladi. Bu til
ommaviylashib ketishining asosiy sabablaridan biri uning yordamida nafaqat
bitta faylda joylashgan matnlar orasida, balki turli fayllarda va hatto turli
kompyuterlarda joylashgan matn, hujjat va ob’ektlar orasida bog‘lanish yarata
olish mumkinligidir.
3
HTML so‘zi qisqartma bo‘lib, Hyper Text Managing Language (gipermatnlarni boshqarish tili)dan olingan.
66
6.4. Kompyuter tarmoqlari.
Shaxsiy kompyuterning imkoniyatlari qay darajada rivojlanmasin, agar
ular bir-biri bilan bog‘lana olmasa, ularning boy imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi. Masalan, Toshkent Davlat Texnika Universitetida mingga yaqin
shaxsiy kompyuterlar bo‘lib, ularning deyarli barchasi o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi. Agar ular bir-biri bilan bog‘lanmaganida edi, mingga yaqin odam qo‘lidagi disketalar bilan binoma-bino chopib yurgan bo‘lar edi. Agar gap talabalarning
test natijalarini yig‘ish to‘g‘risida bo‘lsa, u holda garchi ancha noqulay bo‘lsa-da, natijalarni disketalar orqali yig‘ish mumkin. Lekin agar tayyoraga chipta sotishni
shu usulda bajarsak, u holda bir o‘ringa bir nechta chipta sotib qo‘yish hech gap emas.
Shu sababli kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash zarur.
Kompyuterlarning bir-biri bilan bog‘lanishi juda ko‘p muammolarni hal
qiladi. Bu bog‘lanishlarning o‘zi ishlash prinsipiga ko‘ra ikki turda bo‘ladi: bir
xonada yonma-yon turgan kompyuterlarning o‘zaro bog‘lanishi turli shaharlarda
joylashgan kompyuterlarning bog‘lanishidan farq qiladi. Bir-biriga yaqin
joylashgan kompyuterlar lokal (mahalliy) tarmoq orqali ulansa, bir-biridan
olisda joylashgan kompyuterlar tashqi tarmoq orqali bog‘lanadi.
Mahalliy tarmoqni yaratish uchun kompyuterlar orasida maxsus sim (kabel)
tortib chiqiladi; tashqi tarmoqda esa ko‘pincha sim tortib chiqishning jismonan
iloji bo‘lmaydi va shuning uchun mavjud aloqa vositalari, jumladan, shaharlararo
telefon liniyalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Telefon liniyalarida tovush
to‘lqinlari va ularni zichlashtirish natijasida hosil bo‘lgan elektr signallari
uzatiladi. Bu signallar esa analog4 ko‘rinishidagi signallardir. Kompyuterda esa
signallar raqamli, ya’ni diskret signallardir. Shu sababli kompyuterlarni telefon liniyalari orqali bir-biri bilan ulash uchun signallar avval analog ko‘rinishiga o‘tkazilib, telefon tarmog‘iga uzatiladi, so‘ngra telefon tarmog‘idan qabul
qilib olingach, yana diskret ko‘rinishiga keltiriladi.
Signallarni bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish modulyatsiyalash deb ataladi.
Modulyatsiyalangan signalni yana avvalgi holiga qaytarish demodulyatsiyalash deb ataladi. Bu amallarni bajaruvchi qurilmalar mos ravishda modulyator va demodulyator deb ataladi. Odatda, bu ikki amalni bitta qurilma bajaradi va bunday
qurilmalar modulyator-demodulyator yoki qisqacha qilib modem deb ataladi.
Kompyuter ichida diskret signallar odatda parallel ravishda, ya’ni bir
vaqtning o‘zida bir nechta diskret signallar (8 ta, 16 ta, 32 ta, 64 ta, 128 ta va hokazo) qayta ishlanadi. Yonma-yon turgan ikkita kompyuter bir-biri bilan bog‘langanda,
ular orasida 8 ta (16 ta, 32 ta va h.k.) simlar tortish noqulay bo‘lgani uchun bir necha simda parallel kelayotgan signallar avval bitta simda ketma-ket keladigan signallarga aylantirib olinadi, so‘ngra kompyuterlarni bog‘lovchi tarmoq simiga
uzatiladi. Bu signal ikkinchi kompyuterga uzatilgach, qabul qiluvchi kompyuter
ketma-ket kelayotgan signallarni yana parallel signallarga aylantiradi. Bu amalni
bajaruvchi qurilma mahalliy tarmoq platasi deb ataladi.
Shunday qilib, ishlash prinsipiga ko‘ra kompyuter tarmoqlari ikki turda:
diskret signallarni uzatuvchi va uzluksiz signallarni uzatuvchi tarmoqlarga
bo‘linadi.
Tarmoqlar tashkil etilishiga qarab asosan uch turga bo‘linadi:
– chiziqli ko‘rinishda;
4Esingizda bo‘lsa, analog ko‘rinishidagi signallar deb uzluksiz ravishda o‘zgaradigan signallarga aytiladi.
67
– halqa ko‘rinishida;
– yulduzcha ko‘rinishida.
|
| |