|
Klaviatura va sichqon bilan ishlash.
Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi
|
bet | 6/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligi1.3. Klaviatura va sichqon bilan ishlash.
Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi.
Klaviatura yordamida kompyuterga matn va turli farmoyishlar kiritiladi.
Klaviatura tugmalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
• Yozuv mashinasi tugmalari;
• Holat va xizmat tugmalari;
• Kursorni boshqarish tugmalari;
• Raqamlarni kiritish yoki kursorni boshqarish tugmalari;
• Funksional tugmalar.
Yozuv mashinasi tugmalari.
Yozuv mashinasi tugmalari o‘zbek, rus va lotin alifbosi harflarini kiritish
uchun xizmat qiladi. Bir alifbodan ikkinchisiga o‘tish Alt+Shift, Ctrl+Shift yoki Shift
(chap)+Shift (o‘ng) qo‘shtugmalaridan biri orqali bajariladi. Bu qo‘shtugma Windows
o‘rnatilayotgan paytda tanlanadi va qaytadan o‘rnatilishi mumkin. O‘zbek tiliga xos
bo‘lgan o‘, q, g‘, h harflari o‘zbek tili o‘rnatilgan bo‘lsa, klaviaturada mos ravishda
щ, ы, – , = tugmalar orqali kiritiladi. Bundan tashqari, ba’zi dasturlarda o‘zbek
tilining bu harflari rus alifbosida Alt+u, Alt+k, Alt+g, Alt+x qo‘shtugmalar
orqali kiritilishi (va ular foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi) mumkin.
Holat va xizmat tugmalari.
Holat va xizmat tugmalari quyidagi vazifalarni bajaradilar:
• Shift: bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o‘zgartiradi va kichik
harf o‘rniga katta harfni kiritadi va aksincha;
•
: tugmaga mos boshqarish farmoyishini kiritish uchun mo‘ljallangan;
• odatda amaliy dastur yoki foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladigan
alternativ farmoyishni berish uchun mo‘ljallangan;
• CapsLock
klaviturani katta harflar tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha;
• Tab: satrlarni bitta ustun qilib tekislash uchun xizmat qiladi;
• Esc: tugallanmagan farmoyishni bekor qiladi;
• Enter: keyingi satrga o‘tish farmoyishi;
• : kursordan oldingi timsolni o‘chiradi va qolganlarini bitta
oldinga suradi;
• PrintScreen: ekranning nusxasini oladi va uni almashish buferiga
joylaydi;
• ScrollLock: kursorni boshqarish tugmalarini ro‘yxatni sudrash tartibiga
o‘tkazadi;
•
: ishlayotgan dasturning ishini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatadi;
• : matnni orasiga yozish tartibidan ustiga yozish tartibiga o‘tkazadi yoki
aksincha;
•
kursordan keyingi timsolni o‘chiradi;
• : qo‘shimcha tugmalarni raqamlarni kiritish tartibidan kursorni
boshqarish tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha.
12
|
| |