|
Kompyuter savodxonligi
|
bet | 3/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligi1.1.4. Zaharli moddalar.
Lazerli printerning kukuni tarkibiga zaharli moddalar kiradi. Ular
qog‘ozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va butunlay zararsizlantiriladi.
Printerga tiqilib qolgan qog‘oz sug‘urib olinganda undagi kukunning bir qismi
kuydirilmagan bo‘ladi va havoga chang tarzida tarqalishi, kiyim va teriga yuqib,
inson organizmiga kirib borishi mumkin. Bunday chala kuydirilgan qog‘ozlarni
qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va axlat qutilariga
tashlash mumkin emas. Ularni darhol avvaldan tayyorlab qo‘yilgan yupqa sellofan
yoki qog‘oz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash kerak.
Lazerli printerlarda faqat ularda foydalanish ko‘zda tutilgan qog‘ozlarni
ishlatish kerak. Boshqa turdagi, ayniqsa, qipiqlanadigan gazeta qog‘ozlaridan
foydalanish tavsiya etilmaydi.
1.1.5. Sanitariya-gigiena talablari.
Informatika darsida o‘quvchilar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa
darslardan farqli o‘laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo‘ladi va
kompyuterda uzoq muddat ishlash to‘liq shakllanib ulgurmagan o‘quvchilarning
badanlari zo‘riqishiga va noto‘g‘ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning
oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1) Kompyuter monitori o‘tirgan o‘quvchilarning ko‘zlari darajasidagi
balandlikda bo‘lib, o‘quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lgan masofada o‘tirish
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
2) Kompyuterning klaviaturasi o‘tirgan o‘quvchilarning bukilgan tirsaklari
darajasida bo‘lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan yetarlicha
joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo‘lishlari kerak.
3) Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko‘rinishidagi
mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo‘lsa, ular
o‘quvchilarning o‘tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit
bermasligi kerak.
4) Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o‘quvchilar uchun 30 minutdan
oshmasligi lozim.
5) Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan
kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko‘p bo‘lishi kerak.
6) Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyatsiya tizimiga ega bo‘lishi
lozim.
7) Kompyuter klaviaturasida iflos qo‘llar va o‘stirilgan tirnoqlar bilan
ishlashga ruxsat berilmaydi.
8) Yuqumli kasalliklar xuruji paytida o‘quvchilar kompyuterda ishlashdan
oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
9) Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda
qolishi va unda chang yig‘ilib qolishining oldini olish lozim.
Matnlarning chap tomoniga (har bir yoki bir nechta abzasga) quyidagi belgilardan mosini qo‘yib
matnni qayta o‘qing.
“√”
|
“+”
|
“-”
|
“?”
|
Bu haqida aniq bilaman
(avvaldan)
|
Men uchun yangilik
|
Bilganlarimga qarama
qarshi fikr (ma’lumot)
|
Tushunarli emas yoki
qo‘shimcha ma’lumot kerak
|
8
|
| |