|
Kompyuter savodxonligi
|
bet | 8/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiSichqon bilan ishlash.
Zamonaviy dasturlar bilan ishlashni sichqonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu
sichqon yordamida bor-yo‘g‘i bir necha amallarni bajarish mumkin. Lekin ular barcha
dasturlarda juda keng qo‘llaniladi:
1) Sichqonni stol ustida harakatlantirish. Bunda sichqonning ekrandagi
ko‘rsatkichi ham mos yo‘nalishda harakatlanadi.
2) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini chertish.
Bunda ushbu ob’ekt tanlanadi (ba’zan bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi).
3) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini ikki marta
chertish. Bunda bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi.
4) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmani bosish va uni
qo‘yib yubormasdan sichqonni harakatlantirish. Bunda ob’ekt sichqonning ko‘rsatkichi bilan birga harakatlana boshlaydi. Tugma qo‘yib yuborilgach, ob’ekt yangi
joyda qoladi. Bu amal ob’ektni sichqon bilan sudrash deb ataladi.
5) Sichqonni ob’ektning ustiga olib kelib, o‘ng tugmasini chertish. Bunda
ob’ekt ustida shu vaqtda bajarish mumkin bo‘lgan amallardan ba’zilarining
ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan birini uning ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib
kelib, chap tugmasini chertish bilan bajarish mumkin. Bu amal kontekst menyuni
chaqirish deb ataladi.
6) Sichqon tugmalarining o‘rtasida joylashgan g‘ildirakchani aylantirish.
Buning natijasida ekranga sig‘maydigan ob’ekt (ro‘yxat yoki matn) yuqoriga yoki
pastga qarab siljiy boshlaydi. Bu amal ob’ektni aylantirish deb ataladi. Bunda
agar ob’ekt to‘laligicha ekranda bo‘lsa, uning masshtabi kattalashishi yoki
kichiklashishi ham mumkin.
14
Amaliy mashg‘ulot
Takrorlash uchun savollar
1. Kompyuter xonasidagi inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillar
nimalar?
2. Qanday kuchlanishdagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi?
3. Qaysi omillar insonning tok urishi xavfini kuchaytiradi?
4. Qaysi sabablar yong‘in chiqish xavfini vujudga keltiradi?
5. Kompyuter xonasida zaharlanish xavfi mavjudmi?
6. Kompyuterning qaysi qismi yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘lishi
mumkin?
7. Kompyuter qanday qismlardan tashkil topgan?
8. Monitor qanday vazifani bajaradi?
9. Klaviatura nimaga xizmat qiladi?
10. Sistema blokining tarkibiga nimalar kiradi?
11. Qaysi kompaniyalarning protsessorlari keng tarqalgan?
12. Klaviatura tugmalarini nechta guruhga bo‘lish mumkin?
13. Sichqon yordamida qanday amallar bajariladi?
14. O‘nta barmoq bilan matn terishda barmoqlar qaysi tugmalarning ustida
joylashgan bo‘ladi?
|
| |