|
Kompyuter savodxonligi
|
bet | 16/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiAdobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo
mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy
sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti),
deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
Adobe Photoshop dasturining oxirgi versiyalari Adobe Photoshop 7.0, Adobe
Photoshop CS, Adobe Photoshop CS2 bo‘lib, ular deyarli barcha zamonaviy
texnologiyalarni o‘z tarkibiga olgan. Adobe Photoshop dasturining oynasi
quyidagi ko‘rinishga ega:
Dastur oynasi bir nechta qismdan tashkil topgan:
• Dastur sarlavhasi – dastur va joriy ochilgan hujjat nomlarini aks
ettiradi;
• Bosh menyu – tasvir ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan barcha farmoyish va
amallar, effektlar, sozlashlarni o‘ziga olgan;
27
• Boshqaruv paneli – biror bir uskuna tanlanganida uni sozlash va
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun foydalaniladi;
• Uskunalar paneli – asosiy amallar bajarilishini ta’minlaydigan anjomuskuna va uskunalarni o‘ziga mujassam etgan;
• Joriy ochilgan hujjat – bevosita tasvir, fayl nomi va kengaytmasi, rang
tizimi va tasvirlash masshtabi (%da);
• Holat satri – joriy masshtabni %da, hujjat hajmi, joriy
bajarilayotgan amal nomini aks ettiradi;
• Navigator – tasvir masshtabini ko‘rsatish va ixtiyoriy joyini
kattalashtirish va tanlash;
• Ranglar/Namunalar/Stillar (Svet/Obrazsы/Stili) – tasvirda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ranglarni tanlash, yangisini qo‘shish, tayyor stillarni qo‘llash;
• Tarix/Amallar (Istoriya/Deystviya) – hujjat yaratilganidan (ochilganidan)
boshlab uning ustida bajarilgan barcha amal va ishlovlar ro‘yxati (tarixi);
• Qatlamlar/Kanallar (Sloi/Kanalы) – tasvirni tashkil etuvchi barcha
qatlamlar va rang kanallari bilan ishlash.
28
|
| |