|
Bilaman
Bilib oldim
|
bet | 13/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiBilaman
|
Bilib oldim
|
Bilishni xohlayman
| |
21
2.2. Windowsning fayl tizimi.
! Matnni diqqat bilan o‘qing va tasvirlangan slaydlar yordamida
kompyuterda Windowsning fayl tizimini mustaqil ravishda ko‘rib
chiqing.
Kompyuter o‘chirilganda uning tezkor xotirasidagi barcha ma’lumotlar o‘chib
ketadi. Ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun ularni tashqi xotirada saqlab
qo‘yish kerak bo‘ladi. Tashqi xotirada ma’lumotlardan tashqari dasturlar ham,
xususan Windows ning o‘zi ham saqlanadi.
Kompyuterning tashqi xotirasiga juda katta hajmdagi ma’lumotlarni
joylash mumkin. Hajmi 700 Megabayt bo‘lgan oddiy kompakt diskdagi elektron
kutubxonada minglab kitoblar bo‘lishi mumkin. Vinchester turidagi disklarda
bunday kompakt disklardan 100 va undan ortig‘ini sig‘dirish mumkin. Oddiy hisobkitob bilan vinchesterdagi ma’lumotlarning barchasi qog‘ozga tushirilsa, bu
qog‘ozlar bir necha million varaq bo‘lishini ko‘rish mumkin. Shuncha qog‘oz ichidan
keraklisini topish naqadar mashaqqatli ekanligini ko‘z oldimizga keltirish ham
qiyin.
Bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni joylash va ularni boshqarish uchun
maxsus tizim ishlab chiqilgan bo‘lib, bu diskning fayl tizimi deb ataladi.
Diskdagi ma’lumotlar fayllarda saqlanadi va bu ma’lumotlarni topish uchun
uning nomini va joyini bilish kifoya. Fayl tizimining ishini kutubxona ishiga
qiyoslash mumkin.
Toshkent davlat texnika universiteti kutubxonasida bir milliondan ortiq
kitob bor. Talabalar bu kitoblarning qaerda joylashganligidan bexabarlar va
kutubxona xodimlari yordamisiz kerakli kitobni topishlari juda mushkul. Lekin
talabalar kitobning nomini va mualliflarini bilsalar, uni kutubxona kataloglaridan topa oladilar va kutubxona xodimi kitobning shifri orqali uni bir necha
daqiqa ichida topib kelib sizga beradi.
Talabalik yillaringizda o‘qib chiqqan kitoblaringiz 100 tacha bo‘lgani kabi
kompyuter disklaridagi o‘n minglab fayllardan juda ozgina qismidan Siz
bevosita foydalanasiz. Ular orasida o‘zingiz yaratgan fayllar alohida o‘rin
tutadi. Sizning fayllaringiz boshqa fayllar orasida yo‘qolib ketmasligi uchun
ularni boshqa fayllardan alohida saqlagan ma’qul.
Fayllar diskda qanday ko‘rinishda saqlanadi? Umuman olganda, fayl
yaratilayotgan paytda unga diskning bo‘sh yeridan joy ajratiladi va bu joy boshqa
fayllar tomonidan egallanmasligi uchun band deb e’lon qilinadi va yaratilgan
fayl mavjud fayllar ro‘yxatiga kiritilib qo‘yiladi. Fayllarning barchasini
bitta ro‘yxatda saqlash juda noqulay, shuning uchun diskda bir necha kataloglar
yaratiladi va fayllar bu kataloglarning ichida saqlanadi. Lekin barcha fayllarni
bir necha katalogda saqlash ham noqulay: ularning soni kam bo‘lsa, ulardagi
fayllar ko‘p bo‘ladi. Katalogdagi fayllar kam bo‘lishi uchun kataloglarning soni
ko‘p bo‘lishi kerak, bu esa yana noqulay. Bu muammoni katalog ichida yana katalog
ochish orqali hal qilish mumkin. Yangi kataloglarning ichiga fayllarni
joylashimiz va tabiiyki, yangi kataloglar ochishimiz mumkin. Shunday qilib,
diskdagi kataloglar daraxtga o‘xshab shoxlab ketaveradi.
Kerakli faylni topish uchun uning nomini va u joylashgan katalogni bilish
kerak bo‘ladi. Faylning joyini topish uchun u joylashgan kataloglar ro‘yxatini
22
ketma-ket sanab o‘tish kerak. Bu ichma-ich joylashgan kataloglar ro‘yxati faylga olib
boruvchi yo‘l yoki qisqacha fayl yo‘li deb ataladi.
Siz o‘zingizning fayllaringizni saqlash uchun foydalanuvchilar katalogini
tuzishingiz, unda o‘zingiz uchun alohida katalog ochib, uning ichida o‘zingizning
fayllaringizni ham tartiblash uchun yana bir katalog ochishingiz kerak bo‘ladi.
Kompyuterning fayl tizimi bilan ishlash uchun Pusk (Boshla) tugmasini
bosib, Windowsning bosh menyusiga kiramiz va undan Moy kompyuter (Mening
kompyuterim) bandini chertamiz. Natijada Sizning kompyuteringizda
o‘rnatilgan disklar ro‘yxati bor Mening kompyuterim oynasi paydo bo‘ladi.
Bu oynadagi disklarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan
birinchisi, Sizning kompyuteringiz sistema blokiga o‘rnatilgan mahalliy
vinchester turidagi disklar; ikkinchisi esa kompyuterdan chiqarib olish mumkin
bo‘lgan disklar va uchinchisi mahalliy kompyuter tarmog‘i orqali ulangan, boshqa
kompyuterlarda joylashgan tarmoq disklari.
Ikkinchi tur disklariga disketalar, kompakt disklar, elektron flesh
disklar kiradi. Disklardan birortasini tanlab, sichqonni bossangiz, bu disk
haqidagi ma’lumotlar oynaning chap tomonida paydo bo‘ladi. Disk ustida sichqonni
ikki marta bosib, diskdagi kataloglar va fayllar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.
Agar kataloglarning biri ustida sichqonni ikki marta bossak, katalog ichiga
kiriladi va u yerdagi fayllar bilan tanishish mumkin. Katalogdan chiqib ketish
uchun oynaning yuqori qismida joylashgan uskunalar panelidagi tugmani bosish
kerak. Natijada ekranda oldingi katalog paydo bo‘ladi.
Mening kompyuterim yordamida fayl tizimi bilan tanishib chiqish, kerakli
dastur va hujjatlarni topish qulay. Fayl tizimiga o‘zgartirishlar kiritish uchun
maxsus dastur mavjud bo‘lib, bu dasturning nomi Provodnik (Boshlovchi) va u
23
|
| |