25
tuman muxitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animaciya va b. ishlatgan
holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy)
yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi
chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u erda avj olayotgan
xodisalarda faol ishtirok еtadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun
odatlangan tilda — birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo‘lib
o‘tadi.
Multimedia vositalari ga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio — (nutqli)
va videokiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori sifatli tovushli (sound) va
video — (video)
platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular
videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga
kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoеkranli
akustik va videoqabul qiladigan tizimlar,
hozirdayok keng tarqalgan
skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik
kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko‘pincha tovushli va
video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli
videodisklardagi katta sig’imli Tashqi еslab qolish qurilmalarini ham kiritish
mumkin.