28
lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Еlektron
tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan
bo‘yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan
qog’ozga olib o‘tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha
qotiriladi.
SKANER
Skaner bu ma’lumotlarni qog’ozli
hujjatdan bevosita ЕHM ga
kiritish qurilmasidir. Matnlar,
sxemalar,
rasmlar,
grafiklar,
fotografiyalar va boshqa grafik
axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko‘chirish apparatiga o‘xshab
qog’ozli
hujjatning tasviri nusxasini qog’ozda еmas, balki еlektron ko‘rinishda
yaratadi — tasvirning еlektron nusxasi yaratiladi
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash еlektron tizimining muxim bo‘g’ini va
istalgan «еlektron stol» ning kerakli еlementidir. O‘z faoliyatining
natijalarini fayllarga yozib va ma’lumotni kog’ozli hujjatlardan SHK ga
obrazlarni avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib,
qog’o
zsiz ish yuritish tizimini yaratishga amaliy qadam qo‘yish mumkin.
PLOTTER
Plotterlar (plotter, grafik ko‘ruvchilar) grafik
axborotni
(chizmalar,
sxemalar,
rasmlar,
diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki
boshqacha ko‘rinishdagi tashuvchiga chiqarish
qurilmasidir.
29
DIGITAYZER
Digitayzer
(digitaizer)
yoki
boshqachasiga grafikli planshet — bu
asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab
chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan:
asosdan (planshetdan) va asos yuzi
bo‘yicha siljiydigan
ko‘rsatish
qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda
uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari
kompyuterga beriladi.
Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun
ishlatilishi munin: foydalanuvchi perokursorni planshet bo‘yicha olib yuradi,
lekin tasvir qog’ozda paydo bo‘lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.