33
Pentium 4 protsessorining boshqarishni uzatish buyruqlari
Adreslash rejimlarini taqqoslash.
34
Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma-
ketligi - boshqarish oqimi deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini
chaqirishlar bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning
ketma-ket yacheykalaridan
chaqirib olinib bajariladilar. Quyidagi misolda Pentium 4 assemblerida
I2+J2+K2 ifodani hisoblash dasturi keltirilgan. Undagi buyruqlar xotiraning
ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib bajariladi.
Ushbu misollarda esa shartli o‘tish va dastur osti dasturlarini chaqirish
operatorlariga ega dasturlar keltirilgan.
35
Agar asosiy dasturni ishlashi davomida boshqa bir dastur, ya’ni dastur
osti dasturi chaqiriladigan bo‘lsa – uzilish (rus tilida – прерывание) sodir
bo‘ladi. Bunda asosiy dasturning buyruqlarini
xotiradan ketma-ket
chaqirish to‘xtatilib, yangi ishga tushirilgan dasturni – dastur osti dasturini
(rus tilida – подпрограмма) bajarish yo‘lga qo‘yiladi. Dastur osti
dasturi
ishlab bo‘lgandan so‘ng esa, asosiy dasturga
qaytiladi va avvalgi ketma-
ketlik to‘xtatilgan joyidan boshlab bajarilishi yo‘lga quyiladi.